(retseptor);
8
- bosh miyaning po'stloq qava
tidan miyachaga boruvchi yo'l.
yuboradi. Bunday o'tkazuvchi (erkin harakatni) yo'l ikki neyrondan iborat.
Birinchi neyron bosh miyaning oldingi markaziy pushtasidan boshlanib,
ichki kapsulaning orqa 2/3 qismidan, miya oyoqlari, ko'prik va uzunchoq
miyadan o'tib, orqa miyaga o'tishda tolalaming bir qismi kesishib, o'ng
tomondagi tolalar chap tomonga, chap tomondagi tolalar esa o'ng tomonga
o'tadi. Tolalaming kesishmagan qismi to'g'ridan-to'g'ri orqa miyaga borib,
ulaming segmentlarida kesishib, kulrang moddaning oldingi shoxida tugaydi.
P 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkinchi neyron orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxlaridan bosh
lanib, orqa miya nervlari bo'lib muskullarga tarqaladi.
2. Miya po'stlog'i bilan miya yadrolari o'rtasidagi yo'l ham ikki
neyronli bo'lib, birinchi neyron miya po'stlog'idan boshlanadi, ichki
kapsuladan o'tib, bosh miya nervlarining (III, IV, VI va VII juft) yadrolarida
tugaydi. Ikkinchi neyron esa shu nerv yadrolaridan III, IV, VI va VII juft
bosh miya nervlari bo'lib chiqadi.
3. Qizil yadro bilan orqa miya o'rtasidagi yo'l olti neyronli o'tkazuvchi
yo'lning bir qismi bo'lib, ikki neyronli harakatlantiruvchi yo'ldir. Bu
yo'l tana muskullarining avtomatik ishlashini boshqaradi. Birinchi neyron
miya oyoqchalari tarkibidagi qizil yadrodan boshlanib, ko'prik oldida
tolalar kesishib, o'ng tomondagi tolalar chapga, chap tomondagi tolalar
o'ng tomonga o'tadi va uzunchoq miya orqali orqa miyaning har bir
segmentidagi kulrang moddaning oldingi shoxlarida tugaydi. Ikkinchi
neyron kulrang moddaning oldingi shoxlaridan orqa miyani harakatlanti
ruvchi nervlar sifatida chiqib, ishchi a’zolar (muskullar)ga boradi.
4. Orqa miya bilan bosh miya po'stlog'i o'rtasidagi og'riq va harorat
ni o'tkazuvchi yo'l uch neyrondan iborat bo'lib, birinchi neyron orqa
miyaning orqa shoxidagi tugunchalarda va bosh miya nervi tugunchalari-
da joylashadi, ular periferik o'simtalar, retseptorlar (sezuvchi nerv oxirlari)
hosil qilib, terida tugallanadi. Markaziy neyronlar esa orqa miyaning
orqa shoxlari sohasida ikkinchi neyron bilan qo'shilib tugallanadi. Ikkinchi
neyron orqa miya shoxlarining xususiy yadrosida joylashadi, ulaming
tolalari orqa miyaning oq moddasi oldingi qo'shuvchi tarkibida kesishib,
qarama-qarshi tomonning yon tizimchalar sohasiga o'tib, ko'rish do'mbog'i-
da tugallanadi.
Uchinchi neyron tanasi ko'rish do'mbog'idan ko'rish do'mbog'i-po'stloq
o'tkazuv yo'li orqali miya po'stlog'ining orqa markaziy pushtasida tugal
lanadi.
5. Orqa miya bilan bosh miya po'stlog'i orasidagi chuqur — sezgilar
ni o'tkazuvchi yo'l muskullar va bo'g'imlardan nerv tolalarining oxirgi
tolalari orqali sezgilarni qabul qiluvchi uch neyronli yo'ldir. Uning birinchi
neyroni muskullar va bo'g'imlardan boshlanib, orqa miyaning orqa shox-
chalaridagi tugunchada tugaydi. Ikkinchi neyron tugunchadan boshlanib,
orqa miyaning qovuzloq kesishmasi orqali medial qovuzloqni hosil qilib,
so'ngra ko'rish do'mbog'ining chetki yadrolarida tugaydi. Uchinchi neyron
ko'rish do'mbog'idan boshlanib, bosh miyaning po'stloq ostida joylashgan
ichki kapsula tolalari tarkibida bosh miya po'stlog'ining oldingi markaziy
pushtasiga borib tugallanadi.
6. Miyachaning harakatini tartibga soluvchi murakkab yo'l — 6 ney
ronli sezuvchi murakkab yo'l (qizil yadro bilan orqa miya oralig'idagi
yo'l)ning qolgan 4 neyronidan iborat. Bu yo'l orqali muskullar ishini,
www.ziyouz.com kutubxonasi
muvozanatini, muskullar tonusini saqlashni avtomatik ravishda tartibga
solib turadi. Bu yo'lning I, II, III neyronlari orqa miya bilan miyacha
o'rtasidagi oldingi va orqa yo'llardan tashkil topgan. Ulaming birinchi
neyronlari orqa miya nervlarining ildizidagi sezgi tugunchalaridan boshlanib,
orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlari segmentlarida tugaydi.
Ikkinchi neyron orqa shoxlar hujayralaridan chiqib, oldingi yo‘l tolalari
bilan kesishib, so‘ngra miya ko'prigidan o ‘tib (qo'shuvchi yelka orqali),
miyachaning ustki chuvalchang po'stlog'iga borib tugaydi. Uchinchi neyron
bu yerdagi hujayralardan boshlanib, miyachaning tishli yadrosida tugaydi.
To'rtinchi neyron bu yerdan boshlanib, miyachani ustki oyoqchalari orqali
miya oyoqchalari tarkibidagi qizil yadroga borib tugaydi.
7. Fleksig-orqa miya-miyacha orqasidagi yo'l. Bu yo'lning birinchi
neyroni orqa miyaning ildizdagi sezgi tugunchalaridan boshlanib, orqa
miya kulrang moddasining orqa shoxlarida tugaydi. Ikkinchi neyron bu
yerdan boshlanib, kesishmay o'z tomonidan uzunchoq miyaga, undan
miyachaning pastki oyoqchasi orqali miyacha ostki chuvalchang po'stlo
g'iga borib, o'zaro kesishib tugaydi. Uchinchi neyron ostki chuvalchang
po'stlog'idan boshlanib, tishli yadroda tugaydi. To'rtinchi neyron miya
cha harakatini tartibga soluvchi murakkab yo'l neyron sifatida miyachaning
tishli yadrosidan boshlanib, ustki oyoqchalari orqali miya oyoqchalari
bag'ridagi qizil yadrolarga borib tugaydi.
Orqa miya-miyacha orqa va oldingi yo'llarining beshinchi va oltinchi
neyronlari qizil yadro bilan orqa miya o'rtasidagi yo'l orqali (3-yo'lga
qaralsin) orqa miya kulrang moddasining oldingi shoxiga va undan orqa
miya nervlari tarkibida skelet muskullariga boradi.
8. Eshitish yo'li to 'rt neyrondan tuzilgan. Birinchi neyron quloq
chig'anog'i ichidagi Korti a’zosi yaqinidagi burama tugundan boshlanib
(tugun hujayralaridan ta’sirot Korti a’zosi orqali keladi), chig'anoq nervlari
sifatida miya ko'prigi yadrolarida tugaydi. Ikkinchi neyron ko'prikdan
rombsim on chuqurchaga borib, eshituv nervlari b o 'lib kesishib,
trapetsiyasimon tana orqali yuqori olivada tugaydi. Uchinchi neyron ustki
olivadan boshlanib, ichkarida tizzadan va to'rt tepalikning pastki tepacha-
si (po'stloq osti eshitish markazi)da tugaydi. To'rtinchi neyron ana shu
markazdan boshlanib, bosh miyaning ustki chakka pushtasida tugaydi.
Dahliz nervi muvozanat saqlashni avtomatik ravishda boshqaradi.
Ulaming birinchi neyroni dahliz nerv tugunidan boshlanib, rombsimon
chuqurdagi eshitish tepasida, ikkinchi neyron miyacha chuvalchangiga va
miyachadagi cho'qqi yadrolarga borib tugaydi.
9. Ko'rish yo'li 4 neyronli bo'lib, birinchi neyroni ko'zning to'r
qavatidagi tayoqchasimon va kolbachasimon hujayralardan boshlanib, yarim
qutbli (bipolyar) hujayralarda tugaydi. Ikkinchi neyron ana shu hujayralardan
boshlanib, tugunsimon (ganglioz) hujayralarga boradi. Uchinchi neyron
www.ziyouz.com kutubxonasi
ganglioz hujayralardan ko'rish nervi sifatida boshlanib, ko'z kosasining
shu nomli kanalidan kalla bo'shlig'iga kirib, qisman kesishadi. Natijada
o'ng tomonga kesishib o'tgan tolalar chap ko'zning medial yarmidan,
o'ng ko'zning tashqi yarmidan, chap tomonga o'tgan tolalar esa, aksin
cha, o'ng ko'zning ichkari yarmidan va chap ko'zning tashqi yarmidan
kelgan bo'ladi. Shundan so'ng kesishgan va kesishmagan nerv tolalari
alohida ikkita tepachalar, tashqi tizzali tana va ko'rish tepaligining yostig'ida
tugaydi.
To'rtinchi neyron ana shu yadrolardan boshlanib, bosh miya ensa
bo'lagining medial yuzasida joylashgan qush pixi atrofidagi po'stloqda
tugaydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |