O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Bosh miya pardalari


bet258/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   299
189-rasm. Bosh miya pardalari.
I -
 vena; 2 - sagittal sinus; 
3
 - to'r parda
osti qavati; 
4 -
 qon tomir; 5 - qon tomir
pardasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Miyacha chodiri miyacha o'rog'ining ikki yon tomonida (kallaning 
orqa chuquri ustida) tortilgan.
4. Egar to'sig'i (diafragma) ponasimon suyak tanasi ustidagi turk 
egari ustida tortilib turadi. Buning o'rtasida miya ortig'i bezining oyog'i 
o'tadigan teshik bor.
Qattiq parda varaqlari suyak egatlari ustida ajralib, bo'shliqlar (kovaklar) 
hosil qiladi. Bu bo'shliqlardan kalla ichida to'plangan vena qoni oqadi. 
Bu kovaklarga quyidagilar kiradi:
1. Ko'ndalang kovak ensa suyagining ichki yuzasidagi keng egat bi­
lan qattiq parda varag'i oralig'ida paydo bo'ladi.
2. «S» simon kovak, ko'ndalang kovak chakka suyagining piramida 
qismidan burilib, pastga (so'rg'ichsimon qismga) tushib, «S» simon kovak 
nomini oladi.
3. O'q-yoysimon ustki kovak miya o'rog'ining ustki chetini ikkiga 
ajratib, tepa suyaklarining o'q-yoysimon egatlari chetiga yopishishidan 
vujudga keladi. Bu kovak orqa tomondan ko'ndalang kovakka qo'shiladi.
4. Pastki o'q-yoysimon kovak qattiq parda miya o'rog'i o'simtasi- 
ning pastki qirg'og'i oralig'ida paydo bo'ladi. Bu kovak ham ko'ndalang 
kovakka qo'shilib turadi.
5. Turk egari atrofida va chakka suyagining piramida qismi ustida 
ham kovaklar joylashgan. Kovaklaming hammasi ko'ndalang kovak orqali 
«S» simon kovakka qo'shiladi. Bu kovak esa bo'yinturuq teshik orqali 
ichki bo'yinturuq venasiga qo'shilib ketadi. Qattiq parda bilan to'r parda 
o'rtasida torgina bo'shliq bo'lib, unda ozroq miqdorda miya suyuqligi 
bo'ladi.
II. T o ' r p a r d a yupqa bo'lib, egatlar ustini qoplab turadi. Ustida 
juda ko'p mayda teshikchalari bo'lgani uchun to'r parda deb ataladi. T o'r 
parda egatlar ustidan ko'prik singari o'tib, miyani qoplab turadi. Natijada 
parda bilan egatlar oralig'ida bo'shliqlar paydo bo'ladi. Bo'shliqlar ba’zi 
joylarda (miyacha bilan uzunchoq miya o'rtasida, miya ko'prigi sohasi­
da, miya oyoqchalari orasida) kattalashib, havzalar hosil qiladi. T o'r 
parda ostidagi bo'shliqlarda, havzalarda tiniq miya suyuqligi bo'lib, ular 
faqat bir-biri bilan emas, balki orqa miyaning to'r pardasi ostidagi bo'shliq 
va miya qorinchalari bilan ham (IV qorinchaning burchaklarida joylash­
gan teshiklar orqali) qo'shilib turadi. T o 'r pardada qon tomirlar bo'lmaydi.
III. T o m i r l i p a r d a qon tomirlar va nervlarga boy yupqa parda 
bo'lib, po'stloq egatlarining orasiga aylanib kirib joylashadi. Bu parda 
qon tomir chigallarini, burmalarini hosil qilib, miya qorinchalari ichiga 
kirib joylashadi va miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.
Miya suyuqligi bir me’yorda (150— 200 g) bo'lib, bosh miya qorin­
chalari hamda orqa miya markaziy kanalida va to'r parda ostidagi bo'shliq­
larda aylanib yuradi. Miya suyuqligi miya qorinchalaridagi qon tomir 
chigallari va burmalaridan ajralsa, to 'r pardada joylashgan juda mayda
www.ziyouz.com kutubxonasi


teshikchalar vositasida limfa tomirlari va vena qon tomirlariga shimilib 
turadi.
Miya suyuqligi orqa va bosh miyalami tashqi mexanik ta’sirlardan 
saqlashdan tashqari, miyada moddalar almashinuvi jarayonida va kalla 
bo'shlig'idagi bosimni bir me’yorda ushlab turishda ham ishtirok etadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish