O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Qon bosimini o'lchash asbobi


bet234/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   299
172-rasm. Qon bosimini o'lchash asbobi.
1 - rezina manjet; 2 - manometr; 3 - rezina
ballon; 4 - fonendoskop.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘I bilan siqib-bo‘shatib) manjetga havo yuboriladi-da, yelka arteriyasidan 
qon oqishi to'xtatiladi. Qon to ‘xtaganligini tirsak chuqurchasiga fonen- 
doskopning diafragmali boshchasini q o ‘yib, tomir urishi (ton) y o ‘qolishi 
bilan aniqlanadi. So'ngra manjetdan asta-sekin havoni chiqarib, fonen- 
doskop yordamida ton paydo bo'lishi kuzatiladi. Birinchi ton bo'lgan 
zahotiyoq simob ustunidagi ko'rsatkich orqali maksimal bosim aniqlana­
di. Keyinchalik manjetdan havoni asta-sekin chiqarib fonendoskop orqali 
ton eshitilmaguncha (yo'qolguncha) kuzatiladi. Puls eshitilmagan vaqtda 
simob ustunidagi ko'rsatkich qon bosimining minimal bosimi hisoblana­
di. Sistola vaqtida yurakdan chiqqan qon aortaga o'tib, undagi bosimni 
ko'taradi. Aorta bosimining to'lqini esa o 'z navbatida arteriyalarga tarq- 
alib, ulaming devorini tebratadi. Natijada tomir urishi — puls vujudga 
keladi. Pulsni yuza va suyakka yaqin joylashgan arteriyalarga (bilak va 
chakkaning yuza arteriyalariga o'xshash) barmoqlami qo'yib aniqlanadi. 
Puls orqali yurakning bir minutda qisqarish soni, kuchi va umuman yurak 
faoliyati aniqlanadi.
Odatda, arteriyalar bo'linib, arteriolalarga, ular esa predkapillarlarga, 
so'ngra kapillarlarga bo'linadi. Ular bir-biridan devorlaridagi muskul 
qavatlariga qarab farqlanadi. Jumladan, arteriyalar devorida muskullar 
ko'p qavatli bo'lsa, arteriolalar devorida bir qavat, predkapillarlar devorida 
esa bir qavat muskullar bo'linib-bo'linib (segmentlar), devorning qalinli- 
gi 1 mkm holatda joylashgan. Kapillarlar devori k o'p teshikchali bir 
qavat epiteliydan tuzilgan. Kapillar uzunligi o'rtacha 0,5 mm, diametri
3— 35 mkm, segmentar bo'ladi. Shuning uchun ham qon kapillarlarda 
juda sekin oqib, moddalar va gaz almashinuvi jarayonlariga yetarlicha 
sharoit tug'diradi. Qon tarkibidagi kislorod, oziq moddalar hujayralarga 
o'tadi. Ulardan karbonat angidrid gazi va moddalar almashinuvida hosil 
bo'lgan boshqa moddalarni o'ziga qabul qiladi.
Kapillarlar barcha to'qim alarda ham bir xil tarqalmagan. Masalan, 1 
mm2 muskul to'qim asidagi 200 ta muskul tolalariga 700— 2000 kapillarlar 
tarqalgan bo'lsa, 1 mm2 yurak muskullariga 4000 tagacha kapillarlar 
to 'g 'ri keladi. Lekin ixtiyoriy qisqaruvchi muskullarda joylashgan kapil- 
larlaming hammasi ham bir vaqtda ishlamaydi. Muskullarning funksiyasiga 
qarab kapillarlarning ko'p yoki oz qismi ochiladi. Jumladan, muskullar 
tinch holatda bo'lganda taxminan 
4%
dan ortiq kapillarlar yopiq bo'ladi. 
M uskullar ishlagan sari yopiq kapillarlar ochilib, qon o'tishi ko'payadi. 
Shunday qilib, m uskullarga kerakli miqdordagi m oddalar va kislorod 
yetkazib beriladi. Yurakda esa barcha kapillarlardan qon o'tadi. Yurak 
urishi tezlashganda kapillarlardan qon o'tishining tezlashishi hisobiga 
yurak kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanadi. Moddalar almashi­
nuvi diffuziya jarayoni molekulalarning konsentratsiyasi yuqori bo'lgan 
joydan konsentratsiyasi past bo'lgan joyga qarab harakatlanadi. Jumladan, 
kapillarlarning boshlanish qismida qonda kislorod, 
glukoza va amino­
kislotalar konsentratsiyasi yuqori bo'lgani uchun ular hujayralarga intilsa,
www.ziyouz.com kutubxonasi


hujayralarda karbonat angidrid, ammiak, mochevinalar konsentratsiyasi 
yuqori bo'lgani uchun ular kapillarlar oxirida qonga so'riladi. Gipertoniya 
kasalligi arteriya qon bosimining turg'un yuqori bo'lishidir. Bu kasallik 
ko'proq (40 yoshdan o'tgan odamlarda uchraydi) buyrak usti bezi kasal­
liklarida, aterosklerozda, mayda arteriyalar spazmida paydo bo'ladi. Gi- 
pertoniyaning birinchi davrida mayda qon tomirlar spazmi tufayli qon 
bosimi normadagi 125/75 o'rniga 200/130 va undan ortiq (simob ustuni 
hisobida) ko'tariladi. Lekin organizmda patologik o'zgarishlar 
kuzatil- 
maydi. Bunga funksional davr deyiladi. Gipertoniyaning ikkinchi davri 
k o'p takrorlanadi. Gipertoniya xurujida qon tomirlar ichi torayadi. Key­
inchalik arterioskleroz rivojlanib, yurak gipertoniyasi paydo b o'lad i. 
Natijada gipertoniya doimiy bo'lib, krizlar kuzatiladi. Kasallikning uchinchi 
davrida a ’zolarda qon aylanishi o'zgaradi, yurakning bo'lmachalari va 
qorinchalari (ko'proq chap qorincha) kengayadi. Yurak tomirlari sklero- 
zidan stenokardiya paydo bo'ladi. Oqibatda yurak faoliyati zaiflashib, 
yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Gipertoniyada yurakdan tashqari miya 
(insult) va buyraklarda (koptokchalar atrofiyasi) o'zgarishlar paydo bo'ladi.
A t e r o s k l e r o z — tomirlar devoriga lipoidlar (yog'sim on modda­
lar) yopishib yig'ilishi va ular atrofida biriktiruvchi to'qim alar o'sishi 
(skieroz) tufayli qon aylanishining buzilishi. Ateroskleroz, odatda, moddalar 
(asosan, xolesterin) almashinuvi buzilishidan rivojlanadi. Shunga k o 'ra 
ateroskleroz to'la, semiz odamlarda jigar va o 't yo'llari kasalliklarida 
ko'proq kuzatiladi. Ateroskleroz paydo bo'lishidan oldin qonda xolesterin 
miqdori ko'payadi. Natijada xolesterin va boshqa lipoid moddalar yirik 
tomirlar va ularning shoxlarida, yurak va miya qon tomirlarida to'plana­
di. Lipoidlar qon tomirlarda bir tekis to'planm ay, joy-joylarda (tom irlar­
ning burilgan, shoxlangan joylarida) oldin sariq dog'lar shaklida paydo 
bo'ladi. 
Aterosklerozda deyarli qon bosimi ko'tarilm aydi. To'plangan 
lipidlar atrofida o'sgan biriktiruvchi to'qim alar qon tomirlar ichiga qarab 
(spilaklar) kattalashadi. Oqibatda tomirlar elastikligi yo'qoladi. Keyin­
chalik bu o'sm alar yumshab 
parchalanib, ular o'rnida yaralar paydo 
bo'ladi. Yaralarda tromblar vujudga keladi. Pilaklar va tromblar tomirlar 
bo'shlig'ini toraytiradi, hatto berkitib qo'yadi. Natijada arteriyalar spaz- 
masi bo'lib, qon aylanishi buziladi. Yurak va miya qon tomirlar aterosk- 
lerozida qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi (hatto miokard 
infarkti, miokard va insult kasalliklari) kuzatiladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish