A R T E R IY A Q O N T O M IR L A R IN IN G T A R M O Q L A N IS H T A R T IB I
Arteriya qon tomirlari organizm rivojlanishida boshqa a’zolar bilan
ularga bog'liq holda o'tadi. Shuning uchun har bir arteriyaning paydo
bo'lishi va uning organizmda joylanishida unga bog'liq bo'lgan a ’zolaming
tuzilishi va rivojlanishi muhim vazifani bajaradi. Arteriyalar organizm
ning alohida a ’zolar rivojlanishi qoidasiga bog'liq holda tuzilgan.
163-rasm. Oyoq kafti ustki
yuzasidagi arteriyalar.
1 - ichki to'piqning arteriya to'ri;
2, 3, 6 - o y o q k a fti u stk i
a rteriy a la ri;
4 - y o y s im o n
arteriya; 5 - oyoq kafti chuqur
arteriyasi tarmog'i; 7 - oyoq bar-
moqlarining ustki arteriyalari; 8 -
oyoq kafti yonbosh arteriyasi; 9 -
qaytib o'tuvchi arteriya; 1 0 -
boldiming oldingi
arteriyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A ’ZO SIR T ID A G I A R T E R IY A Q O N T O M IR L A R I
Arteriya qon tomirlari organizmning bir butunligiga itoat qilib rivojlanadi
va joylashadi. Ebmrion taraqqiyoti davrida a’zolar — nerv sistemasining
atrofida to'planib rivojlanganidek qon tomirlar ham nerv naychasi va
nervlar bilan birga yonma-yon rivojlanadi. Masalan, aorta orqa miyaga
parallel yoki u bilan birga yo'naladi. Shu bilan birga orqa miyaning har
bir segmentiga mos tolalar ham beradi. Umuman arteriyalar embrion
taraqqiyoti davrida nervlar bilan birga rivojlanib, ular bilan parallel yo'naladi
va nerv-qon tomirlar tutamini hosil qiladi. Masalan, qo'lda arteriya qon
tomiri oraliq nervi bilan birgalikda yo'nalsa, oyoqda quymich nerviga
yo'ldosh bo'ladi. Organizmdagi barcha nerv-qon tomirlar tutamiga yana
qo'shim cha ravishda vena, limfa qon tomirlari ham qo'shiladi. Nerv-qon
tomirlar tutami o'zaro bir-biriga funksional uzviy bog'liq bo'lib, umumiy
parda bilan o'raladi va organizmda bitta hayotiy muhim — neyrogumoral
vazifani bajaradi.
Embrion rivojlanishida asta-sekin paydo bo'lgan organizmning ayrim
bo'laklari va qismlariga qarab qon tomirlar ham o'zgaradi hamda turli
guruhlarga ajraladi. Masalan, organizmda ko'krak, qorin bo'shliqlari va
unda joylashgan a’zolar paydo bo'lishi bilan birga qon tomirlar ham ikki
(pariyetal va visseral) guruhga bo'linadi: pariyetal arteriya tomirlari
bo'shliqlarni chegaralab turgan devoriga tarqalsa, visseral shoxchalar
ularning ichida joylashgan a’zolarga boradi. Organizm rivojlanishida paydo
bo'lgan qo'l-oyoqlarning har biriga faqat bittadan (asosiy) qon tomiri
qo'lga (o'm rov osti arteriyasi), oyoqqa (tashqi yonbosh arteriyasi) boradi.
Gavdaning qolgan bo'lagida esa qon tomirlar rivojlanishidagi segmentlar
holati saqlanib qoladi. Masalan, ko'krakda qovurg'a oraliq arteriyalari,
belda esa bel arteriyalari bo'ladi va hokazo.
Organizmdagi ko'pgina arteriya qon tomirlari juft bo'lib, ular, odatda,
gavdaning ikki tomonida simmetrik shaklda joylashadi. Lekin qorin
bo'shlig'ida charvilaming paydo bo'lishi bilan yuqorida ko'rsatilgan qoida
qisman o'zgarib, organizmda toq arteriya qon tomirlari ham vujudga keladi.
Odatda, arteriya qon tomirlari organizmning asosiy skelet suyaklari
miqdoriga qarab joylashadi. Masalan, umurtqa pog'onasining old tomonidan
bitta asosiy qon tomiri - aorta yo'naladi. K o'krak qafasida esa har bir
qovurg'aga bittadan arteriya qon tomiri to 'g 'ri keladi. Q o'l, oyoqda arte
riya qon tomirlari suyaklar miqdoriga qarab o'zgarib tarqaladi. Jumladan,
yelka va sondagi bittadan naysimon suyakda bir donadan asosiy qon
tomiri bo'ladi. Bilak bilan boldirdagi ikkitadan suyakka esa ikkitadan
arteriya qon tomiri (bilak, tirsak va katta boldir, kichik boldir arteriyalari)
to 'g 'ri keladi. Q o'l va oyoq panjalaridagi mayda suyaklar nursimon joy-
lashganligidan ularning arteriya qon tom irlari ham nurga o 'x sh ab
tarmoqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |