O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet162/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   299
Bachadon naylari
Bachadon naylari
(129-rasm) bachadon tubining ikki boshidan bosh­
langan (10— 12 sm uzunlikdagi) nay bo'lib, tuxumdondan ajralgan tuxumni 
bachadonga o'tkazib beradi. Naylarda to'rt qism (bachadon devori ichidagi 
qism, siqilgan hamda kengaygan qismlar va oxirgi voronkasimon kengay­
gan qism) tafovut qilinadi. Naylar mayda shokilalar bilan tugaydi. Shoki- 
lalar tuxumdonda ajralgan tuxumni tutib, nay ichiga yo'naltiradi. Naylar 
bachadon keng boylami ichida joylashgan. Naylaming ikkita teshigi bo'lib, 
biri bachadon bo'shlig'iga, ikkinchisi voronkasimon kengaygan qismi 
orqali qorin bo'shlig'iga ochiladi. Shu yo'sinda ayollarning qorin bo'shlig'i­
ga, bachadon nayi, bachadon va qin orqali tashqi muhitga ochiladi.
Naylaming devori to'rt qavatdan iborat:
1. 
Ichki shilliq qavat — uzunasiga ketgan burmalar hosil qiladi. 
Qavatning usti kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo'ladi. Epiteliy kipriklari 
faqat bachadon tomonga harakat qilib, tuxumni bachadon tomonga yo'naltirib, 
itarib beradi. 2. Ichki ko'ndalang, ustki uzunasiga yo'nalgan muskul qavati.
3. Biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan qavat. 4. Seroz parda qavati.
BACHADON
Bachadon
(129-rasm) kichik chanoq bo'shlig'ida, qovuq bilan to'g'ri 
ichak o'rtasida joylashgan nokka o'xshash a’zo bo'lib, unda 
homila 
rivojlanadi. Bachadon qiz bolalarda, farzand ko'rmagan ayollarda o'rta­
cha 50 g bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bachadonning bo'yni, tanasi va tubi tafovut qilinadi. Bachadonning 
tanasi va tubi old yuzasi qovuq ustida bir oz bukilib joylashgan, orqa 
yuzasi esa to'g'ri ichakka qaragan. Bachadon bo'ynining bir qismi qin 
ichiga kirib turadi. Shu yerda bachadonning teshigi qinga ochiladi.
Bachadon devori qalin bo'lib, uch qavatdan iborat:
1. I c h k i s h i l l i q q a v a t bachadon naychalari shilliq qavatining 
davomi bo'lib, bachadon ichida burmalar bo'lmaydi. Shilliq qavatda mayda 
bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon bo'yni qismida yanada qalinlashib, 
bir necha burmalar hosil qiladi, bu yerda mayda bezlardan tashqari shilliq 
bezlar ham bo'ladi. Bachadon shilliq qavati balog'atga yetgan qizlarda va 
homilasi bo'lmagan ayollarda har 28 kunda hayz ko'rish munosabati 
bilan o'zgarib turadi. Hayz ko'rish to'rt sikldan iborat: 1) odatda, hayz 
ko'rish 3—5 kun davom etib, bu vaqtda bachadon shilliq qavatining bir 
qismi (funksional) uzilib, qon oqadi; 2) hayz ko'rishning ikkinchi davrida 
(5— 12 kun) sog'lom shilliq qavat hujayralari ko'payib, uzilgan shilliq 
qavat o'mini qoplaydi; 3) uchinchi davrda (12— 18 kun) bachadon shilliq 
qavatida morfologik o'zgarish deyarli bo'lmaydi va bu davr osoyishtalik 
davri deb ataladi; 4) nihoyat, hayz ko'rishdan oldingi davrda (18—28 
kun) shilliq qavat to'lishib, shilliq osti qavat qon tomirlari qon bilan 
haddan tashqari to'ladi. Agar shu vaqtda ayol tuxumi otalansa, otalangan 
tuxum o'zidan maxsus suyuqlik chiqarib, to'lishgan shilliq qavatni eritib
unga cho'kadi, homiladorlik boshlanadi. Bu vaqtda sariq tana saqlanib, 
keyingi tuxumning yetilishini to'xtatib, homilaning rivojlanishiga ta’sir 
etadi. Aks holda qon bilan to'lgan qon tomirlar yorilib, shilliq ostiga 
quyiladi. Natijada shilliq qavat ostidan ajraladi va shu zaylda hayz ko'rish 
boshlanadi. Bunday vaqtda paydo bo'lgan sariq tana keyingi tuxum 
yetilguncha saqlanib, so'ngra shimilib ketadi. Hayz ko'rish ayollarda 
13— 14 yoshdan boshlanib, 45—50, ba’zida 55 yoshgacha davom etadi.
2. O ' r t a m u s k u l q a v a t i silliq muskul tolalaridan iborat va 
uch qavat bo'lib joylashgan. Ichki va tashqi muskul tolalari bo'ylama, 
ular orasida esa ko'ndalang muskul tolalari joylashgan. Odatda, muskul 
qavati qon tomirlarga boy bo'ladi.
3. T a s h q i q a v a t seroz pardalardan iborat. Bachadonni old va 
orqa tomondan yopib, uning keng boylamiga aylanib ketgan seroz pardaning 
ikki varag'i orasida (bachadon bo'ynining ikki yonboshida) biriktiruvchi 
to'qimadan tuzilgan qatlam uchraydi.
Bachadon tanasining ichidagi bo'shliq uchburchak shaklda bo'lib, uning 
tepa tomondagi ikki yon burchagiga bachadon naylari ochiladi, pastki 
burchagi esa bo'yin ichidagi kanal orqali qin bo'shlig'iga va tashqariga 
ochiladi. Bachadonning tashqi teshigi tug'magan ayollarda yumaloq, tuqqan 
ayollarda esa ko'ndalangiga cho'zilgan bo'ladi.
Qorin parda bachadonning oldingi yuzasini qoplaydi, so'ngra orqa 
yuzasidan to'g'ri ichakka o'tib ketadi. Natijada bachadon bilan qovuq
www.ziyouz.com kutubxonasi


oralig'ida chuqurlik vujudga keladi. Xuddi shunday chuqurlik bachadon 
bilan to'g'ri ichak o'rtasida ham bo'ladi.
Bachadonni o'rab turgan qorin parda uning yon tomonidan chanoq 
devoriga yo'naladi. Qorin pardaning ana shu bachadon bilan chanoq devori 
oralig'idagi qismi bachadonning keng boylami deyiladi. Bu boylamning 
bachadon nayi bilan tuxumdon o'rtasidagi qismi bachadon tutqichi bo'ladi.
Bachadon nayining old tomonidan boshlangan bachadon yumaloq 
boylami chov kanali orqali tashqariga chiqib, katta uyatli lablar terisida 
tugaydi. Bachadonning homiladorlik davrida uzunligi 29 sm, og'irligi 1 
kg bo'ladi.
B a c h a d o n n i n g h o m i l a d o r l i k d a v r i — otalangan tuxum 
o'zidan ajratgan suyuqlik bilan bachadon shilliq qavatini eritib cho'kadi 
va homiladorlik boshlanadi. Homiladorlik oxirgi hayz ko'rish vaqti bilan 
bola tug'ilguncha bo'lgan vaqt oralig'i bo'lib, 9 oy (har oy 28 kundan) 
yoki 280 kunga 14 kunni qo'shilgan davr bilan aniqlanadi. Homiladorlik 
davrida bachadon hajmi o'rtacha 20 marta kattalashadi, devori hayz ko'rish 
oldi devoriga o'xshagan, bo'rtgan va qonga to'lishgan bo'ladi. Bola 
tug'ilganidan so'ng bachadon hajmi 10— 12 kunda kichiklashib, asli holiga 
keladi, shilliq qavatning yarasi (yo'ldosh o'rni) bitadi.
B a c h a d o n d a n t a s h q a r i h o m i l a d o r l i k . Odatda homila­
dorlik bachadon bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Ba’zida esa homiladorlik ba­
chadondan tashqarida (tuxumdonda, bachadon naylarida, ko'proq, qorin 
pardada, charvi va boshqa a’zolarda) kuzatiladi. Bunday homiladorlik 
homilador ayolga ham, homilaga ham juda xavflidir. Asosan, otalangan 
tuxum bachadon nayidan bachadon bo'shlig'iga borib cho'kadi. Ba’zida 
esa otalangan tuxum bachadon nayida turli sabablarga ko'ra o'tirib qoladi. 
Bular quyidagilar:
1. Bachadon nayi shilliq qavati yallig'lanib, bo'rtishi tufayli uning 
teshigining hajmi torayadi. Natijada otalangan tuxumning (hujayraning 
ko'payish davrida) bachadon tomon yo'nalishi qiyinlashadi. Oxiri homila 
bachadon nayiga o'tirib qoladi.
2. Ba’zan normal rivojlanmagan bachadon nayining muskul qavati 
unchalik takomil etmagan bo'ladi. Nay odatdagidan uzunchoqroq bo'lib, 
ilon izi shaklida joylashadi. Otalangan tuxum bunday naylardan bachadon 
tomon yo'nala olmaydi.
3. Bachadon nayida paydo bo'lgan turli 
o'smalar ham otalangan 
tuxum harakatini qiyinlashtiradi.
Homila ko'pincha nayning voronkasimon kengaygan qismiga cho'ka­
di. Nay homiladorligida ham bachadonda boiadigan homiladorlikka 
o'xshash o'zgarishlar kuzatiladi. Homilani o'ragan parda, xorion kiprik- 
chalari nay shilliq qavatidan tashqari, muskul va seroz pardalarni ham 
eritib, devorini yupqalashtiradi. Natijada nay bo'shlig'i kengayadi. Nayning
www.ziyouz.com kutubxonasi


kengayishi 2—3 oy (ba’zida 6 oygacha) davom etib, keyin yorilib, kuchli 
qon oqadi. Embrion qon bilan qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Homilador ko‘p 
qon oqishidan hushidan ketib, shok holati kuzatilishi mumkin. Bunday 
paytlarda zudlik bilan tegishli chora ko'rish lozim.
QIN
Qin
(129-rasm) — bachadon bo'yni bilan tashqi tanosil a’zolari 
oralig'ida joylashgan, uzunligi 8 sm gacha bo'lgan a’zo. Qin devorlari- 
ning ichki shilliq qavatida juda ko'p ko'ndalang burmalar ko'rinadi. 
Devorning ikkinchi muskul qavati tolalari ko'ndalangiga va uzunasiga 
yo'nalgan. Muskul qavati tashqi tomondan fibroz parda bilan o'ralgan. 
Bachadon bo'yni qinning tepa qismi ichiga ancha kirib joylashganidan 
uning atrofida chuqurliklar paydo bo'ladi.
Qin orqa devorining yuqori qismi qorin parda bilan o'ralgan, qolgan 
qismi to 'g'ri ichakka yaqin joylashgan. Oldingi devorining ustki qismi 
qovuqqa, pastki qismi siydik chiqarish nayiga yaqin turadi. Qizlarda 
qinning tashqi teshigi halqa shaklidagi shilliq (qizlik) parda bilan bekilib 
turadi. Pardaning o'rtasida kichkina teshik bo'ladi. Ikkala kichik uyatli 
lablaming oralig'i qin dahlizini hosil qiladi, uning tepa qismida katta va 
kichik uyatli lablaming oralig'ida klitor (shahvoniy do'ng) joylashgan. 
Klitor tuzilishi va shakli jihatdan erlik olatini eslatadi. Lekin klitorni 
faqat ikkita g'ovak tana tashkil etadi. Klitor qitiqlanishi ayollarning jinsiy 
qo'zg'alishiga olib keladi. Klitordan pastroqda siydik chiqarish nayining 
tashqi teshigi, undan pastroqda esa qin teshigi joylashgan.
Qin dahlizining ikki yoniga dahliz bezlari yo'li ochiladi. Bu bezlar 
erkaklarning Kuper bezlariga o'xshaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish