1. B o ' l i n i s h . Otalangan tuxum hujayrasi dastlab ikki, keyin to ‘rt,
sakkiz, o 'n olti hujayraga bo'linib, k o'p hujayrali (tut mevasiga o'xshash)
shar — blastom er (morula) hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi baravar
bo'linmaydi, shu sababli blastomerning bir pallasida tuxum sarig'i ko'proq
tushgan yirikroq
hujayralar to'planib, o'suvchi yoki vegetativ qutbni,
ikkinchi pallasida esa maydaroq
hujayralar to'planib, animal
qutbni
vujudga keltiradi. So'ngra blastomerlar o'zi ajratgan suyuqliklami o'rta-
ga (markazga) to'plashi natijasida chetga surila borib, bir qavatli pufak
hosil qiladi. Blastulaning markazida hosil bo'lgan bo'shliq tananing bir
lamchi bo'shlig 'i — blastosel deb ataladi.
2. G a s t r u l a t s i y a — keyinchalik blastula devorining m a’lum qis-
midagi hujayralar z o 'r berib ko'payishi natijasida shu qism asta-sekin
bo'shliqqa qarab qayriladi. O 'sish davrida blastula devorining ichga tomon
botayotgan qismi blastulaning ikkinchi devoriga tobora yaqinlasha boradi,
bo'shliq esa puchayib yo'qoladi. Shunday qilib, embrionning qo'sh qavatli
tovoq shaklli gastrula davri boshlanadi.
Gastrula davrida embrionda yangi bo'shliq — birlamchi ichak bo'shlig'i
vujudga keladi va u tashqariga ochiladi, uning boshlang'ich qismiga og'iz
deyiladi. Shu paytda embrion bir oz cho'zilib, tuxum (silindr) shaklidagi
gastrula hosil bo'ladi.
Gastrulaning (ikki qavat bo'ladi) tashqi qavati embrionning ektoder-
ma (tashqi) qavati, ichki qavati esa endoderma qavati deb ataladi (13-
rasm). Ektodermadan
e m b rio n n in g nerv
plastinkasi ham rivoj-
lanadi. Nerv plastin
kasi embrion orqa to-
monining o'rtasidan
u z u n a sig a a jra lib ,
nerv kurtagini hosil
qiladi. Bu paytda ek-
toderma nerv plastin-
kasining ikki chekka-
sidan uzun burma hosil qilib, ko'tarila boradi va ulanadi. Natijada nerv
plastinkasi ektodermaning ostida qoladi.
Taraqqiy otning keyingi davrida nerv plastinkalarining chetlari birlashib,
nerv naychasiga aylanadi, nerv naychasining devori hisobidan orqa miya
moddasi, naycha kanali hisobidan esa orqa miyaning markaziy kanali vu
judga keladi. Ektodermaning qolgan qismidan teri epiteliysi paydo bo'ladi.
Bu vaqtda embrionning ichki qavati birlamchi ichak bo'shlig'ining
devorini tashkil etadi va bir qancha qismdan iborat bo'ladi, ichki qavatining
qorin tomondagi ko'p qismini ichki varaq — endoderma, nerv plastinka-
sining ostki qismida joylashgan hujayralar tizmasini esa orqa tor kurtak
Download
Do'stlaringiz bilan baham: