97-rasm. Tish kesimi.
1 - emal qismi; 2 -d e n t in
q ism i; 3 - m ilk; 4 - tish
ildizi; 5 - tish b o 's h lig 'i-
pulpa; 6 - pastki jag' suyagi.
98-rasm. Doimiy tishlarning joylashish tartibi.
/ , 2 - ikkita kesuvchi tish; 3 - qoziq tish; 4 - ikkita
kichik oziq tish; 5 - uchta katta oziq tish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odamda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlari
6
— 7
oyligidan boshlab chiqa boshlaydi va bola 2— 2,5 yoshga to'lganda (ba’zida
bundan ham kechroq) butunlay chiqib bo'ladi. Sut tishi 20 ta bo'lib,
6
—
7 yoshga qadar turadi. Sut tishlar formulasi quyidagicha:
2 0
1 2
2
1 0
2
2 0
1 2
2
1 0
2
Markazdan sanalganda ikkita kurak tishi
6
— 9 oylikda chiqadi. Bitta
qoziq tishi 16— 20 oylikda chiqadi, ikkita katta oziq tishlar 15— 30 oyda
chiqadi. Sut tishlari unchalik mustahkam joylashmagan bo'ladi.
6
— 7
yoshdan boshlab doimiy tishlar chiqa boshlaydi.
Doimiy tishlar formulasi quyidagicha:
3 2 1 2
2 1 2 3
3 2 1 2
2 1 2 3
bo'lib, ikkita kesuvchi kurak tish
8
— 9 yoshda, bitta qoziq tish 11— 13
yoshda, ikkita kichik oziq tish 10— 15 yoshda, uchta katta oziq tish,
birinchisi
6
— 7 yoshda, ikkinchisi 11— 13 yoshda, uchinchisi (aql tishi)
18-25 yoshda chiqadi. Aql tishi ba’zan ko'rsatilgan vaqtdan kechroq
chiqadi yoki butunlay chiqmasligi ham mumkin. O g'iz yumilganda yuqori
va pastki jag'dagi tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga yaqinlashadi.
Jumladan, katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga
zich tegib tursa, yuqori kurak tishlar (yuqori ja g ' suyagining ravog'i
kengroq bo'lgani uchun) pastki jag'dagi kurak tishlarning oldiga o'tadi.
Bulardan tashqari, yuqori jag'dagi oldingi tishlar lab tomonga, pastki
jag'dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo'nalgan.
Har bir tish uch qismdan iborat: uning o g 'iz bo'shlig'iga o'sib chiq
qan qismi — toj qism, ja g ' suyaklarining tish kataklariga joylashib turgan
qismi — tish ildizi va bu ikki qism o'rtasidagi bir oz toraygan (chegara)
joyi — tish bo'yinchasidir. Tishlar kimyoviy tarkibi jihatidan suyakka
yaqin, lekin juda zich tuzilgan. Tishning toj qismi dentin moddadan
iborat bo'lib, ustini eng mustahkam modda — emal o'rab turadi. Emal-
ning ust tomoni juda yupqa shoxsimon kutikula pardasi bilan o'ralgan.
Bu parda emalni yemirilishdan saqlaydi.
Tishning bo'yinchasi va ildizi sement moddadan tuzilgan. Tish ildizining
uchidagi teshik orqali tish ildizi kanaliga, toj qismida joylashgan bo'shliqqa
o'tiladi. Bo'shliqda tishning biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan yumshoq
qismi — pulpa joylashgan. Qon tomirlar hamda nervlar tish teshigi va
kanali orqali pulpaga boradi.
Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o'ralib mustahkamlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |