17
qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon
faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322)
shogirdi, qariyb 80 yil
umr ko’rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat "Geografiya"
nomli asaridir. Asarning 1—2-kitoblari "Muqaddima" deb ataladi va unda
geografiya i!mi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi
o’rni va roli haqida gap boradi.
Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer
tuzilishi haqidagi ta'limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida
urnumiy tushuncha beriladi.
3—10-kitoblarida Yevropa
mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8—
10-kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o’rin berilib, ular to’g’risida 11-16-
kitoblarda ma'lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bag’ishlangan.
Strabon Polibiyning "Umumiy tarix"ini davom ettirib, unga miloddan
avvalgi 146—31-yillar orasida bo’lib o’tgan voqealarni qo’shgan. Afsuski, bu
muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan,
lekin uning ayrim
qismlari, xususan O’zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar
olimning "Geografiya" nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning "Geografiya"sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va
Marg’iyonaning
tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa
(Harrirud), Oks va Yaksart daryoiari haqida, O’zbekistonning qadimiy
xalqlari — sak,
massaget, day, atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va
ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e'tiqodi,
shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi
III asrning birinchi
choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli
ma'lumotlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller
tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning
nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko.
18
M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud.
Shunday qilib, yunon tarixchilarining asarlari eng qadimgi va qimmatli
manba ekanligi bugun o’z tasdig’ini topmoqda.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian
(taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II
asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont
(taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-
yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday
qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r
ilmiy
qiymatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: