O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi


Shaxsning psixoanalitik nazariyasi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

Shaxsning psixoanalitik nazariyasi 
(Z. Freyd, A. Adler, K. YUng, E. Fromm, K. Xorni). Bu 
nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. 
Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan 
organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, A. Adler – hokimiyatga intilishni, K. 
Xorni – turli-tuman komplekslarni, E. Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini 
ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy 
maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, 
ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga 
keladi.
1
[3] 
K. Yung Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‘quvchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular 
o‘rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo‘lishiga Z. Freydning panseksualizm g‘oyasi sabab bo‘ldi.
2
[3] 
Yung bo‘yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va jamoaviy 
anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o‘tgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil 
bo‘lgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy o‘rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik 
xususiyatiga ega. U ham o‘z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros 
bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo‘lgan davrdan, ya’ni, odamning avlodi bo‘lgan 
hayvonlarning tajribasidan boshlanadi. Shunday qilib, Yung ta’rifiga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlik – 
bu qadimgi ajdodlarimizning ongi bo‘lib, ular o‘ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson 
mavjudotlarini o‘rganish vositalaridan iborat. 
Jamoaviy anglanmaganlik ba’zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki, real ijodkorlikda arxetiplar 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ona arxetipi – bu hissiyot va obraz mazmuniga ega bo‘lgan o‘z 
onasidan kelib chiqqan umumiy ona g‘oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko‘rinishda irsiyat orqali oladi va 
shu asosda o‘z onasining aniq obrazini yaratadi. 
Yung fikriga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy anglanmaganlik ham mavjuddir, 
lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy anglanmaganlik qachondir anglangan bo‘lib, keyinchalik 
yoddan chiqarilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. Shaxsiy anglanmaganlikning 
tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg‘ular qorishmasi, yig‘indisi tashkil etadi. 
Shuningdek, Yung «Men» tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha orqasiga insonning yaxlitlikka va bir 
butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik va anglanmaganlik o‘rtasidagi mutanosiblikka 
erishiladi. «Men» turlicha ifodalanishi mumkin. Uning ifodalanishiga bog‘liq ravishda odamlarni ma’lum 
tiplarga ajratish mumkin. Yung insonning o‘ziga yoki ob’ektga yo‘nalganligi asosida shaxs tiplarining 
tasniflanishini keltiradi. Bunga muvofiq ravishda u barcha odamlarni ekstravertlar va introvertlarga 
bo‘ladi. 
Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, individual 
psixologiyaning asoschisi – Alfred Adler hisoblanadi. U Freydning biologiyalashtirish nazariyasini 
keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik 
tuyg‘usi» deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma bo‘lsada, ijtimoiy 
jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur. 
Bundan tashqari, Adler Freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. 
Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning 
ustunlikka intilishi hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson 
tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi tuyg‘usini boshidan kechiradi, 
shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson 
mukammal emaslik tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi. Masalan, 
Adler yuqori to‘ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr yuritadi. Bu o‘zining mukammal 
emasligiga qarshi reaksiyaning o‘ziga xos ko‘rinishidir. YUqori to‘ldiruvchanlikni ishlab chiqish 
1
David G. Myers Psychology Hope College Holland, Michigan p-
616 
2
David G. Myers Psychology Hope College Holland, Michigan p-
618 


109 
malakasi, jismonan zaif va irodasiz odamlarning matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab bo‘ladi. 
Bundan tashqari, yuqori to‘ldiruvchanlikda Adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni ko‘radi. Misol 
tariqasida, u Napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va Napaleonning sarkarda sifatidagi alohida 
layoqatlarini, xususan, undagi kichik bo‘y o‘lchami tufayli yuzaga kelgan mukammal emaslik tuyg‘usi 
bilan tushuntirib berar edi. SHunday qilib, ko‘rganimizdek, mukammal emaslik tuyg‘usi o‘z tabiatiga 
ko‘ra tug‘ma bo‘lgani uchun, Adler Freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat qilib 
ko‘rgan bo‘lsada, biologiyalashtirishdan to‘liq voz kecha olmadi. 
Z. Freydning izdoshlaridan biri Karen Xornining fikriga ko‘ra, inson mohiyatining asosini, bolada 
tug‘ma bo‘lgan, xavotirlanish tuyg‘usida ko‘rish mumkin ekan. Bu tuyg‘u, Xorni fikricha, inson 
muntazam ravishda boshidan kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg‘usi, va uni bartaraf etish 
istagi inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo‘lgan xavotirlanishni yuzaga keltirishidan hosil bo‘ladi. 
Xornining ta’kidlashi bo‘yicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka intilish va o‘z xohishlarini 
qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi, shunda 
inson hulq-atvorning ma’lum usullarini ishlab chiqqan holda, o‘zi so‘ndirishga harakat qiladigan 
asabiylashish holati yuzaga keladi. Xorni hulq-atvorni to‘rt turga ajratdi: birinchi turida «muhabbatga 
asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir 
ob’ektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qo‘rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan 
«hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; uchinchi turida hulq-atvor odamlardan 
yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to‘rtinchi turi o‘zning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan 
olishda ifodalanadi. 
Xorni yo‘nalishlar sonini ko‘paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy hisobda uch turida to‘xtaldi: 
a) odamlarga intilish; b) odamlardan uzoqlashishga intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi 
harakat qilishga (tahdid) intilish. Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab 
tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-atvorning bunday turlari 
sog‘lom insonlarga xosdir. Sog‘lom va nevrozga chalingan odamlar o‘rtasidagi farq shundan iboratki, 
nizoli tendensiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sog‘lom odamda kasallikka chalingan odamga nisbatan 
ancha kam darajada bo‘ladi. 
Shunday qilib, Xorni Freyd ta’limotining biologiyalashtirish mohiyatini keskin tanqid ostiga olgan 
bo‘lsada, o‘zining asosiy holatidagi «dastlabki xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari 
bilan Freydni takrorlaydi. 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish