Ko’rish tipi
ga mansub odam matni esga tushiradi, kitob saҳifasini tasavvur қilib, xayolan uni
mutoala қiladi. Agar қandaydir raқamlarni, masalan telefon raқamini eslab қolish kerak bo’lib қolsa, uni
қoғozda yozilgan tarzda tasavvur қiladi.
Eshitish tipi
ga mansub odam matnni xotirlab, talaffuz etilayotgan so’zlarni eshitgandek bo’ladi.
Raқamlar ҳam eshitish obrazi shaklida yodda saқlanadi.
Ҳarakatli tip
ga mansub odam matn yoki raқamlarni yodda saқlab қolish uchun ularni ichida
қaytaradi.
Ta’kidlab o’tish joizki, yorқin ifodalangan tasavvur tiplariga ega bo’lgan insonlar juda kam
uchraydi. Ko’pchilik odamlarda u yoki bu darajada tasavvurning barcha ko’rsatib o’tilgan tiplari mavjud
bo’ladi, va ushbu odamda қaysi tip etakchi o’rinni egallashini aniқlash mushkul ish. Ushbu vaziyatda
individual farқlar faқat tasavvurlar ustunligida emas, balki, tasavvurlarning o’ziga xosligida ҳam
ifodalanadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlarda tasavurlarning barcha tiplari yorқinroқ, jonliroқ va to’laroқ
ifoda etilsa, boshқalarda u yoki bu darajada rangsiz va chizmalarga asoslangan bo’ladi. Yorқin va jonli
tasavvurlar ustunligi kuzatiladigan odamlar tasavvurlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |