237
deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga
qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi
mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi
ma’nosidami? 7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni o‘zlashtira
olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 8. Ta’limni individuallashtirishni
ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior
bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. Yuqorida
keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni,
psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi. Bolaga amaliy psixologik-pedagogik
ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir.
Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish
asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning
qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir. Xususan, pedagogik psixologiya
“bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan
individual farqlarni; o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va
tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar
shakllanishini o‘rganadi.”
Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir.
Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’limtarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-
harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va
pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni,
ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual
tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini
o‘rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli
ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va
maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham
pedagogik psixologiya o‘rganadi. Pedagogik psixologiya – psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib,
u ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik asoslarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiya fanining
predmeti – inson aqliy qobiliyati va shaxs xususiyatarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish
qonuniyatlaridan iborat. Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim
jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa
yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini,
bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning
o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik
asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan
o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya
ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari,
ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: