Joylar metodi
ko‘rish
assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo‘lgan jismni aniq
tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur.
Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi
alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum
izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd
etgan holda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Shu tarzda zarur material ma’lum izchillikda
esda olib qolinadi.[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |