qisqa muddatli xotira
deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina
umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining
hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan.[1]
Uzoq muddatli xotira
– materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ida va axborotni chegaralanmagan
hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira turlaridan biri.
Operativ xotira
– ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo‘ladigan, shu faoliyatga qisqa muddatli
va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni saqlashga binoan xizmat ko‘rsatuvchi joriy faoliyatni
bajarish uchun zarur bo‘lgan xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o‘z xossalariga
ko‘ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ xotirada materialning
saqlanish vaqti operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |