26-Mavzu: Avtomobilning elektr jixozlari
Reja:
1. Avtomobilning elektr jixozlarining vazifasi.
2. Avtomobilning elektr jixozlarining tok manbalari
3. Avtomobilning elektr jixozlarining istemolchilarining guruxlari
Avtomobilning elektr jihozlari elektr energiyasi ishlab chiqarish va avtomobilni barcha tok istemolchilarini elektr toki bilan ta’minlab turish uchun xizmat qiladi. Elektr tokini ishlab chiqaradigan tok manbalari, elektr tokini o’zgartirib beradigan, taqsimlaydigan va istemol qiladigan tuzilmalar yig’indisi avtomobilning elektr jixozlari deb atalgan mustaqil bir qismini tashkil etadi.
Avtomobilning elektr jixozlariga kiruvchi elektr asbob-uskunalarining umumlashgan chizmasi
1-rasmda tasvirlangan.
Vazifalariga ko’ra bu qismdagi barcha elektr asbob-uskunalarini ikki guruxga bo’lish mumkin: tok manbalari va istemolchilar.
Birinchi gurux elektr toki manbalari, ikkinchi guruxga barcha istemolchilar kiradi. Tok manbalari avtomobilning barcha istemolchilarini elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta’minlab turadi. Energiyaning biror turini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi asbob va uskuna elektr toki manbai deb yuritiladi. Avtomobilda mexanik energiyani elektr tokiga aylantirib beruvchi generator va kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi akkumulyatorlar batareyasi tok manbalari deb ataladi.
Elektr energiyasini boshqa tur energiyaga aylantiruvchi asbob-uskunalar istemolchilar deb yuritiladi. Istemolchilarni elektr toki bilan ta’minlash uchun tok manbalari 12 yoki 24 V kuchlanishli tok ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’ladi. Tok manbaidan istemolchilarga elektr toki o’tkazgichlar orqali o’tadi. Ma’lumki, o’zi orqali elektr toki o’tishiga kam qarshilik ko’rsatadigan narsalar o’tkazgichlar deyiladi. Tok manbalari aniq va puxta ishlashligi uchun generator bilan akkumulyator batareyasi oralig’ida ularni o’z-o’zidan ulab uzish maqsadida va kuchlanishning ma’lum chegarada ushlab turish, shuningdek eng katta tok kuchini cheklash borasida rels-rostlagich asbobi o’rnatiladi. Tok istemolchilar bir qator mustaqil tarmoq va har xil elektr asbobi va uskunalaridan tashkil topgan bo’lib, vazafasiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Elektr bilan ta’minlash tarmog’i generator qurilmasi va akkumulyator qurilmasidan iborat. Generator qurilmasiga generator va kuchlanishning doimiyligini ta’minlab turuvchi va kerakli sharoitda tokning oqishini cheklash asbobi-kuchlanish rostlagichi kiradi. Zamonaviy avtomobillarning ko’pchiligi o’zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generator qurilmalaridan tashkil topgan.
2. Ishga tushirish tarmog’i startyor va akkumulyator batareyasidan iborat bo’lib, dvigatelni o’t oldirishda tirsakli valni aylantirib, birinchi bor ish yo’llarini bajarib beradi.
3. O’t oldirish tarmog’i tsilindrga kiritilgan ish aralashmasini (karbyuratorli dvigatellarda) ma’lum daqiqada svechaning elektrodlari oralig’ida chiqqan yuqori kuchlanishli elektr uchquni ta’sirida o’t oldirish vazifasini bajarib turadi.
4. Yoritish va yorug’lik nuri bilan ogoxlantirish tarmog’i yoritish, nur bilan ogoxlantirish yoki daraklash hamda ulagich, ulab-uzgich asboblarini birlashtiradi. Bu tarmoqqa kiruvchi yoritish asboblarining asosiy vazifasi avtomobil yo’lini bir yo’sinda yritishdan iborat bo’lib, ogoxlantirish asboblari esa avtomobilning harakatlanayotganligi to’g’risida yo’l-yo’singa daxldor mashina yoki odamlarga darak berib turadi.
5. Nazorat-o’lchov elektr tuzilmalariga harorat, bosim, yoqilg’i satxi avtomobilning tezligini va o’tgan yo’lini, dvigatel tirsakli valining aylanish sonini, akkumulyator batareyasining zaryadlanishini ko’rsatuvchi asboblar va boshqalar kiradi.
6. Qo’shimcha elektr uskunalar yordamchi vazifalarni bajaradi, ular tovushli daraklash, oynatozalagich, shuningdek, isitgich va shamollatish elektr uskunalaridan iborat. Avtomobillarda elektr toki istemolchilari o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi.
O’zgarmas tok deb o’tkazgichda faqat bir tomonga harakatlanadigan toka aytiladi. Har bir o’zgarmas tok manbaida ikkita: musbat (]) va manfiy (-) qutblar mavjud.
Tok manbalari yoki tok istemolchilari tarmoqqa asosan muvoziy ulanadi. Ampermetr zanjirga ketma-ket ulangan bo’lib, generatordan akkumulyatorga o’tayotgan elektr toki kuchini yoki akkumulyatordan istemolchilarga o’tayotgan zaryadsizlanish tokini ko’rsatadi. Akkumulyator batareyasi dvigatel to’xtab turganda va tirsakli vali sekin aylanib ishlaganida, shuningdek, uni elektr bilan ta’minlab, birinchi bor yurgizib yuborishda startyorni va boshqa asboblarni tok bilan ta’minlaydi. Dvigatel ishga tushirilgach, tirsakli valning aylanishi ortishi bilan generator ishlab chiqarayotgan tok istemolchilarni to’la ta’minlash uchunyetarlicha bo’ladi. Shu daqiqada rels-rostlagich barcha istemolchilarni generatorga ulaydi va, shuningdek akkumulyator batareyasi ham generatordan zaryad toki ola boshlaydi. Demak, daigatel ishlayotgan vaqtda asosan generator tok manbai bo’lib xizmat qiladi. Dvigatel ishlamayotgan sharoitda esa, generator elektr energiya ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun bunda tok manbai bo’lib faqat akkumulyator batareyasi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |