Clytrinae, cryptocepalenae
kenja oilalarning
vakillarida qorinnig 5 chi sternetida tuxumlar joylashishi uchun yumaloq yoki
ovalsimon chuqurchasi bo‘ladi. Erkagining mandibulasi yirik, oldingi oyoqlari
uzun bo‘ladi. [35,40,49]
Tuxumi -
uzunchoq, ovalsimon yoki o‘tkirlashgan kam hollarda
yumaloq.[83] Urg‘ochisi to‘p qilib yoki yakka holda o‘simliklar bargiga yoki
ularga yaqin tuproq orasiga qo‘yadi. Ko‘pincha qo‘yilgan tuxumlar himoya
moslamalariga ega. Ooteklar, tuxum qobiqlari yoki ekstrementlari bilan
qoplangan.[63,74]
Lichinkasi - tanasi uzunchoq to‘g‘ri yoki egrisimon egilgan. Valiksimon
yoki dorzaventral yo‘g‘onlashgan. Yashirin yashovchilarida tana qoplamining
rangi sarg‘ish yoki oq.[77] Ochiq hollarda yashovchilar lichinkalarda qoramtir,
ba‘zan sarg‘ish yoki yashil. Tana qoplami yumshoq. Bosh kapsulasi
skleritlangan, ba‘zan juda kuchli tanasinig barcha segmentlarida qalqonchalar
mavjud. Peshona choklari yaxshi rivojlangan, kapsulaning keyingi qismida
epikral chok bilan tutashadi, odatda uzun. Jag‘ va yuqorigi lablar kuchli
rivojlangan, ko‘ndalang peshona va bir biridan choklar bilan ajralgan.[78]
Ko‘zlari 1 tadan 6 tagacha, ochiq holda yashovchi lichinkalarda yaxshi
rivojlangan,turli darajada bo‘rtiq. Bosh kapsulasining yonida mo‘ylovlar
asosidan tepada joylashgan.Yashirin holda yashovchilarda bo‘lmaydi.
Mo‘ylovlari kalta, peshona plastinkasining oldingi tashqi burchagida
joylashgan,1-3 bo‘g‘imli.[4] Oxiridan oldingi bo‘g‘ini yirik konussimon yoki
yumaloq o‘simtaga ega, oxirgi bo‘g‘im undan yirikroq bo‘ladi va kalta
qalqonchalarga ega. Oyoqlari 4 bo‘g‘imli-chanoq aylangich, son, boldir,
15
panjadan iborat.[5] Tirnog‘i uzun yoki kalta, yaxshi rivojlangan. Ayrim
turlarida lichinkalari oyoqsiz. G‘umbagi erkin, sariq, qalqonchalar bilan
qoplangan turga xos xilma xil shakllarga ega.[4,5]
Imago ozuqa o‘simliklari tanlashda juda talabchan. Lichinkalari keng
diapazonda oziqlanishi mumkin. Ko‘pchilkik bargxo‘rlar olifaglar.[7]
Monofaglar va polifaglar kam uchraydi. Oligofag bargxo‘rlar bir avlod
o‘simliklari turlari bilan trofik bog‘langan bo‘lishi mumkin. Tor oligofaglar,
keng oligofaglar bir oilaga bazida bir nechta yaqin oilalarga kiruvchi turli
avlodlarning turlariga mansub o‘simliklar bilan oziqlanishi mumkin.Tor
oligofaglarga: qulupnay bargxo‘ri (
Galeruceia tenella
), piyoz bargxo‘ri
(
lilioceris merdigera
), kolorado qo‘ng‘izi (Lepinotatsa desemlineata).Keng
oligofaglarga kartoshkaning burgachasi (Epith rix cucumeris), kartoshka
tugunagi burgachasi (
E.tuberis
) kiradi.[7,10]
Kolleksiya uchun yig‘ilgan qo‘ng‘izlar quritilganda tana rangi o‘zgargan
bo‘lib ko‘rinadi. Agar ular biroz namlansa yana o‘z holiga keladi. Bargxo‘rlar
butun hayotini o‘simliklarda ochiq holda o‘tkazadi. Bezovta qilinsaginaa pastga
tushadi.[8] Agar bargxo‘r qo‘lga olinsa barmoqlarda kuchli hidga ega to‘q sariq
rangdagi suyuqlik sezilarli qolishi mumkin. Timarcha bargxo‘rining oyoq
bo‘g‘imlaridan ajraladigan gemolimfaning juda kam miqdori uncha katta
bo‘lmagan hayvonni nobud qilishi mumkin. Kaltakesak tasodifan bunday
qo‘ngizni tutib olsa, tezlik bilan uloqtirishgan, qurbaqa esa tilini uzun qilib
chiqarib qo‘ng‘izlarni o‘tlarga ishqalaydi. Bundan tashqari ko‘pgina barxo‘rlar
lichinkalarining gemolimfalari ham zaxarli bo‘ladi.[7]Qo‘ngizlar asosan barglar
bilan, barg tomirlari orasidagi barg eti bilan oziqlanadi va o‘zi oziqlanadigan
o‘simlikka tuxum qo‘yadi. Lichinkalari ham o‘simliklar bargi bilan oziqlanadi
va ko‘p turlari barglarda g‘umbakka aylanadi. G‘umbakka aylanishidan bir
necha kun oldin lichinka boshini pastga qilib osilib oladi.[18] Turli sharoitlarda
yashovchi lichinkalarning qobiqlarining shakli ham turlicha. Bu qobiqlarni
ularning o‘zlari turli ajratmalardan bo‘yiga moslab tayyorlaydi. Qalqontumshuq
16
bargxo‘rlari lichinkalari ajratmalarini oxirgi segmentidagi shoxsimon o‘simta
yordamida yelkasida to‘playdi.[28]
Ayrim tuproq bargxo‘rlari (
Eumolpinae
) lichinkalari tuproqda yashaydi.
Ularning lichinkalari pigmentatsiyasini yo‘qotgan oq yoki qizg‘ish rangda,
tanasi ‖C‖simon egilgan, kuchli jag‘lari bilan ildizlarni kovlaydi va kemiradi.
Ammo, oyoqlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va o‘simlik bo‘ylab yurish uchun
xizmat qilmaydi[30,31].
Donaciinae
kenja oilasi qo‘ng‘izlari hayot tarzi yanada qiziqroq. Bu
bargxo‘rlar suv havzalari qirg‘oqlarida yashaydi. Qo‘ng‘izlar yorqin metall
yashil yoki ko‘k rangda. Ular tuxumlarini suvdagi o‘simliklarga qo‘yadi.[37]
Ayrim turlari o‘simlik poyasi bo‘ylab suv havzasi tubiga tushadi. Ayrim
suzayotgan barglarda teshikchalar bo‘lib, uning ostida hasharotning tuxumlari
yopishtirilgan bo‘ladi.Tuxumdan chiqqan lichinkalar suv tubiga tushadi va u
yerda qamish, boshqa suv o‘simliklari ildizlari bilan oziqlanadi. Lichinkalar suv
yuzasiga chiqmasada atmosfera havosidan nafas oladi. Nafas olsh uchun havoni,
o‘simlik poyasidagi havo tashuvchi kamerani tanasining oxirgi uchida
joylashgan 2 ta tikanli o‘simtasi bilan teshib oladi. Tikanli o‘simtalarining ichida
havo bo‘shliqlari bo‘lib, ularning asosida yirik ikki nafas teshiklari bor. Bu
birinchi nafas teshiklari orqali nafas olinsa, keyingisi orqali qayta ishlangan
havoni chiqaradi.Voyaga yetgan lichinka o‘rgimchaksimon bezlari yordamida
devori mustahkam sargish-jigarrang pillaga o‘raladi. Pilla ichida g‘umbakka
aylanadi. Bahorda g‘umbakdan imago chiqadi va o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Bargxo‘rlar ommaviy ko‘paygan paytlari bir o‘simlikda 50-200 ta qo‘ngizlarni
uchratish mumkun. [7,37
Bargxo‘r qo‘ng‘izlar orasida iqtisodiy muhim turlar uchraydi, shuningdek
begona o‘tlarni, nazorati uchun biologik kurashda ishlatiladigan turlari ham bor.
Masalan: Kanada[26] va AQSH sovet ittifoqiga introduktsiya qilingan
ambraziyaning Olachipor bargxo‘ri (
Zugogramma suturalis
) abroziyaning
begona o‘tlarining nozorati bo‘yicha biologik agent hisoblanadi.[83]
Transpalleoarktik va goleoarktik guruh bargxo‘rlarining ayrimlari muhim
17
iqtisodiy ahamiyatga ega. Masalan; dalachoyni begona o
ʻ
tlardan tozalash
uchun
Chrysolina
turkumining ayrim turlari (
chrysolina geminata, Chrysolina
quadregemina
) maxsus keltiriladi.[73] Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi
Zellandiyada dala-dasht, qishloq xo‘jalik ekinlariga kuchli zarar keltiradgan
begonat o‘tlardan tozalandi.
Gelerucella
turkumining 2 vakili
Gelerucella
calmariensis
va
Gelerucella pusillo
1992 yil Yevropadan Shimoliy
Amerikaga[37] 5-15 yillik dastur asosida Shimoliy Amerikadagi suv –
botqoqliklarda o‘suvchi begona o‘simlik suzuvchi – o‘t populyatsiyasini nazorat
qilish uchun ketirilgan.[40]
G.calmatrensis
va
G.pusillo
dastlab Shimoliy
Amerika, Nyu-york, Pensilvaniya, Merilennd, Virginiya, Oregon, Vashington va
Kanadaning ayrim joylarida tarqatilgan.[37] Keyinchalik Ogoya, Indiana,
Illinoys, Ayova, Michigan, Viskonsin, Yujnaya Dakota, Kolorada va Montano
shtatlarida tarqalgan. Intraduktsiya muvafqiyatli yakunlangan.[79]
Rossiya hududidagi endemik tur hisoblangan
Chrysolina urjanchaica
Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan (II-kategoriya bo‘yicha). AQShning Kaliforniya
shtati Gumbolt okrugida bir tur bargxo‘r
Chrysolina geminataga
atab haykal
o‘rnatilgan.[18]
Do'stlaringiz bilan baham: |