Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqotlar
natijasida Zarafshon davlat qo‗riqxonasi hududida tarqalgan bargxo‗r
qo‗ng‗izlar turlarining ro‗yxati tuziladi. Bargxo‗r qo‗ng‗izlar dominant
turlarining biologik va ekologik xususiyatlari tahlil qilinadi, ahamiyati
o‗rganilib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Dissertatsiya ishining natijalari O‘rta ta‘lim yo‘nalishidagi maktab, litsey,
kollejlarda zoologiya darslarida va Oliy o‘quv yurtlarining entomologiya katta
amaliyot darslarida foydalanish mumkin.
Ishning amaliy tadbiqi biologik xilma-xillikni o‗rganish va saqlash,
entomologiya, o‘simliklarni zararkunandalari himoya qilish sohalarida o‗z
ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |