. .
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Biosferaning barqarorligi tirik organizmlarning
xilma-xilligi bilan belgilanadiki, hozirgi bioxilma-xillik uzoq davom etgan
tarixiy evolyusion jarayonning natijasidir.
Hozirgi vaqda keng tarqalgan va
yuksalib borayotgan organizmlar – yopiq urug‘li o‘simliklar va hasharotlarni
uzoq va uzviy aloqalar bog‘lab turadi. Ma‘lumki, o‘simliklarning o‘ziga
xos asosiy xususiyati fotosintezga qobilyatidir. Shu xususiyat borligi
sababli yashl o‘simliklar turli – tuman organizimlaning yashashi uchun
ekalogik baza yaratadi. Biosfera bo‘ylab energiyaning aylanib yurishida
o‘simliklar asosiy ro‘l o‘ynaydi.
Hasharotlar yopiq urug‘li o‘simliklar koevolutsiyada muhim ahamiyat
ega bo‘lgan.Hasharotlar ta‘sirida o‘simliklarda o‘z sutrukturasi va
faoliyatining butunligini saqlashga qaratilgan turli – tuman xususiyatlar
paydo bo‘lgan. O‘z navbatida hasharotlar ham o‘simliklarga moslasha
borgan. O‘simlikxo‘r hasharotlardagi ya‘ni fitofaglardagi eng asosiy
moslanishlar o‘simlikning immunologik to‘siqlarini yengishga, ozuqani
qidirish, o‘zlashtirish uchun eng samarali usullarni qo‘lga kiritishga
qaratilgan.
Bunday birgalikdagi koevolutsiya natijasida o‘simlik va hasharotlar
o‘rtasida ikki shakildagi o‘zaro bog‘liqlik qaror topgan – antofiliya va
fitofagiya. Natijada bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil biologik
sistemalar paydo bo‘lgan. Bunday munosabatlar toshko‘mir davridayoq
qaror topgan.
Fitofagiyaning rivojlanishi natijasida fitofaglarning turli – tuman
hayotiy shakillari paydo bo‘lgan va bu hayotiy shakllar bir – biridan
ozuqasi, o‘simlik bilan o‘zaro aloqalari bilan farq qilgan.
O‘simlik bilan oziq munosabatlarning tavsifiga ko‘ra fitofaglarni ikki
guruhga ajratish mumkin:
4
1) Evribiontlar – erkin yashovchi turlar. Bu turlar butun hayot sikli
davomida alohida o‘simlik turi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, keng ozuqa
spektriga ega. O‘simlik bilan bevosita aloqa faqat oziqlanish yoki tuxum
qo‘yish davrida amalga oshadi.
2) Stenobiontlar – o‘simlik bilan uzviy bog‘langan turlar. Bu guruh
fitofaglar o‘simlik bilan bog‘liq darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh epifit hayot tarziga ega bo‘lib, o‘simlik organlari yuzasida
hayot kchiradi. Ikkinichi guruh yashirin yashovchi fitofaglar bo‘lib,
o‘simlik to‘qimalarida hayot kechiradi.
Fitofagiyaning rivojlanishi oziq zanjirlarining ham murakkablashuviga
olib keladiki, parazit va yirtqich organizmlar uchun energiya manbaini
kengaytiradi.
Bargxo‗r qo‗ng‗izlar o‗simliklarning bargi bilan oziqlanishi tufayli
o‗simliklarning fotosintetik faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi va biotsenozlarning
mahsuldorligiga ta‘sir ko‗rsatuvchi eng muhim omil sanaladi.
Hozirgi davrda hasharotlar, shu jumladan qo‗ng‗izlar biologik progress
holatida turgan guruh bo‗lib, ularning xilma-xilligi haqadagi ma‘lumotlar to‗liq
emas.
Zarafshon vohasi entomofaunasi juda xilma-xil, ammo bu hududda
tarqargan hasharotlar haqidagi ma‘lumotlar ancha qiska va eskirgandir. Bu yerda
tarqalgan bargxo‗r qo‗ng‗izlar tur tarkibi va ekologiyasini tahlil qilish, bir
tomondan, biologik xilma-xillikni aniqlashda, ikkinchi tomondan, xo‗jalik
ahamiyatiga ega bo‗lgan turlarni aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: