О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Jom qishlog`i 
— Samarqand viloyatining Nurobod rayonidagi qishloqning nomi. Bu so`z 
fors  tilidan  olingan  bo`lib,  qadah,  metalldan  yoki  sopoldan  yasalgan  idish  demakdir.  CHunki 
qishloqning hamma tomoni tog` bilan o`ralgan bo`lib, xuddi jomga, ya`ni kosaga o`xshaydi. Jom 
deyilishining boisi xam ana shu o`xshashlikdan kelib chiqqan.
 
Kattaqo`rg`on 
—  Samarqand  viloyatiga  qarashli  shahar.  Zarafshon  vodiysining  tekislik 
qismida,  Narpay  arig`ining  chap  sohilida,  dengiz  sathidan  485  metr  balandlikda  joylashgan. 
Ko`pgina  arxeologiyaga  oid  qazishma  ishlari  olib  borilganligi  natijasida  Kattaqo`rg`onda 
ko`pgina  ossuariy,  ya`ni  ostadonlar  (sopol  tobutlar)  topilgan.  Tobutda  suyaklar,  dafn 
marosimining  urf-odatlarini  tasvirlovchi  rasmlar  saqlanib  qolgan.  Kattaqo`rg`on  yaqinida 
qadimgi  Rabinjon  shahri  qoldiqlari  topildi.  Rabinjon  shahrini  XII  asrda  Xorazm  xoni  talab, 
vayron  qilgan.  Kattaqo`rg`onning  eski  shahar  qismi  XVII  asrning  so`ngida  vujudga  kelgan. 
XVIII asrda katta shaharlar qatorida hisoblangan. SHahar  qalin paxsa devor bilan o`rab olingan, 
uning  to`rtta  darvozasi  bo`lgan.  SHahar  katta  bo`lganligi  uchun  ham  Kattaqo`rg`on  deb  nom 
olgan.
 
Nurota 
— Samarqand viloyatiga qarashli rayonlardan biri bo`lib, shu nom bilan ataluvchi 
rayon  markazidir.  Rayon  tog`  bilan  o`ralgan,  xushtabiat,  go`zal  manzarali  joydir.  Nurota 
rayonining  tashkil  topish  tarixi  haqida  ba`zi  bir  afsonalar  saqlanib  qolgan.  SHu  afsonalarga 
qaraganda,  dastlab  uning  hududida  hech  kimsa  yashamagan.  To`rt  tomoni  tog`  bilan  o`ralgan, 
suvsiz  bir  sahro  ekan.  Savdogarlarning  karvon  yo`li  shu  erdan  o`tar  ekan.  Kunlardan  bir  kuni 
karvondan bir chol adashib, qolib ketibdi. CHO`lning jazirama issig`iga dosh berolmay suv izlab 
ko`p  yo`l  bosibdi.  Oxiri  bir  baland  qirga  etib  kelibdi.  CHol  qirning  tepasiga  chiqib  atrofni 
kuzatibdi.  SHunda  uning  ko`ziga  qirning  yonida  ko`karib  turgan  bir  tutamgina  o`t  ko`rinibdi. 
CHol oldin shunday yozning jazirama kunida ko`karib o`sib turgan o`tni ko`rib hayron bo`libdi. 
Qirdan  tushib,  o`tga  yaqinlashib  kelgan  sari  u  namlikni  sezibdi.  Keyin  o`t  atrofini  qo`li  bilan 
kovlab  ko`rgan  ekan,  ozgina  kovlagandan  keyin  loy  chiqibdi.  CHol  charchashni  ham  bilmay 
kovlayveribdi.  SHunda  kovlagan  eridan  jimirlab  suv  chiqibdi.  CHol  bundan  juda  ham  xursand 
bo`lib  ketibdi.  U  kovlab  suv  chiqargan  joyning  atrofini  tosh  bilan  o`rab,  shu  erda  yashay 
boshlabdi.  Bu  erdan  o`tayotgan  savdogarlar  shu  qir  atrofida  to`xtab,  bir-ikki  kun  dam  olib  suv 
ichib,  keyin  ketishadigan  bo`libdi.  CHolning  oti  Nur  bo`lgan  ekan.  Undan  minnatdor  bo`lgan 
odamlar  uni  hurmat  qilishib  Nurota  deb  murojaat  qilishar  ekan.  SHu-shu  suv  chiqqan  joyga 
«Nurota bulog`i» deb nom berilibdi. Vaqt o`tishi bilan bu joyga odamlar kelib yashay boshlabdi. 
Hudud kengayibdi. Bu erga buloq nomi bilan Nurota deb nom berilibdi.
 
Narpay 
—  Samarqand  viloyatiga  qarashli  rayon.  1926  yili  tashkil  topgan.  Markazi 
Mirbozor bo`lgan. 1939 yili markaz Oqtosh posyolkasiga ko`chirilgan. Rayon o`rtasidan Narpay 
arig`i  oqib  o`tadi.  Rayon  nomi  shu  ariq  nomi  bilan  ataladi.  Ariq  Kattaqo`rg`on  suv  omboridan 
boshlanib,  Navoiy  rayonigacha  oqib  boradi.  Bu  ariq  dasht  joylarni  sug`orish  uchun  qazilgan; 
chuqurligi  20  metrcha,  eni  esa  25  metr.  Vaqf  hujjatlarida  ta`kidlanishicha,  Narpay  so`zi  fors 
tilidan  olingan  bo`lib,  nor-tuya,  poy-qadam  degan  ma`noni  anglatadi.  YAna  bir  joyda  nor  — 
erkak tuya, demak, poy — katta qadam, ya`ni Katta tuya nomiga qo`yilgan, deyishadi. YAna bir 
hujjatda  shunday  deyiladi:  ko`chmanchi  qabilalarning  nor  tuyasi  yo`qolgan,  tuyani  shu  dashtda 
o`tlab  yurganda  topishgan.  Bu  dasht  boshqa  dashtlarga  qaraganda  sero`t,  chorva  mollarining 
yashashi  uchun  qulay  bo`lganligi  tufayli  bu  erlarda  xalq  chorvachilik  bilan  shug`ullangan. 
Keyinchalik esa odamlar bu erlarda o`troq holda yashab hayot kechira boshlaganlar.
 
Narpay tarixiy hujjatlarda va arab geografi ibn Havqal asarlarida Nahri pay shaklida tilga 
olingan. V. L. Vyatkin vaqf hujjatlarini o`rganib, Sug`dning eng obod qismini sug`orib kelgan bu 


 
91 
ariqning nomi aslida Nahri pay ekanligini isbot qildi. Nahri pay (naxr  — arabcha «ariq-kanal») 
— bora-bora Narpay (mahalliy talaffuzda Norpoy) bo`lib ketgan. Sal  yuqoridagi  Zarafshondan 
boshlanadigan Payariq arig`i Narpay nomining turkiycha shaklidir.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish