О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


  mart  qishlog`ining  tarixi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

8  mart  qishlog`ining  tarixi. 
Bu  qishloq  Sariosiyo  rayonida  joylashgan.  Oktyabr’ 
to`ntarishidan  oldin  u  qishloq  o`rnini  to`qay  va  mayda  ko`llar  qoplab  yotar  edi.  U  erda  har  xil 
vahshiy  hayvonlar  ko`p  bo`lgan.  Keyinchalik  bu  erlar  asta-sekin  o`zlashtirilib,  yangi  erlar 
ochildi,  yangi  uylar  qurildi  va  odamlar  yashay  boshladilar.  Qishloqda  avval  juda  ko`p  ko`l 
bo`lganligi  sababli  «Ko`l  qishlog`i»  deb  ham  atalib  kelgan.  2-jahon  urushi  yillarida  qishloq 
xo`jalik  ishlarini  boshqarish  xotin-qizlar  zimmasiga  tushganligi,  hamma  ishlarni  xotin-qizlar 
bajarganligi  uchun  «Ko`l»  qishlog`iga  1946  yili  Xalqaro  xotin-qizlar  kuni  bayrami  «8  mart 
qishlog`i» deb nom berilgan.
 
Sho`rchi 
—  Surxondaryo  viloyatining  rayonlaridan  biri,  u  1935  yilda  tashkil  topgan. 
Sho`rchi  deb  nomlanishiga  asosiy  sabab  rayon  hududidagi  erlar  hech  narsa  ekib  bo`lmaydigan 
darajada sho`r bo`lgan. SHuning uchun ham Sho`rchi nomini olgan. Hozirga qadar ekin ekishdan 
avval sho`ri yuvilib, so`ng ekin ekiladi.
 
Boysun 
— Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri. Uning nomi haqida har xil fikrlar 
mavjud.  Ayrim  tadqiqotchilarning  fikriga  qaraganda,  Boysun  toponimi  kishi  nomi  bilan,  ya`ni 
tarixiy  shaxs  bo`lgan  Amir  Temurning  nevarasi  Boysunqur  nomi  bilan  aloqador  deb 
hisoblaydilar.  Boysunqur  —  SHohruhning  uchinchi  o`g`li.  Onasi  Gavharshodbegim.  Astrobod 
va  Jurjon  viloyatlarining  hokimi  bo`lgan.  Boysunqur  so`zining  qur  affiksi  tushib  qolib  Boysun 
bo`lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.
 
Bu rayon hududida toponimikasi qiziq bo`lgan qishloqlar ko`p uchraydi. Masalan:
 
Ajrim 
—  6u  qishloq  nomining  ma`nosi  ajratilgan  bo`lib,  berilgan  degan  ma`noni 
anglatuvchi o`zbekcha nomdir. Qishloq geografik joylashishiga ko`ra markazdan juda chekkada, 
aholi  soni  kam.  To`ntarishdan  oldin  boy-imomlar  erlarni  dehqonlarga  chorikor  sifatida  bo`lib-
bo`lib,  ajratib,  chegaralarini  ajrim  qilib  bergan.  Erdan  olingan  hosilning  to`rtdan  birini  o`sha 
boylarga  berishgan.  CHorikorlar  o`z  erlarini  aniq  ajratib  olganlar,  shuning  uchun  bu  qishloq 
nomi Ajrim bo`lib qolgan deyishadi.
 
Dashtig`oz 
—  bu  qishloq  nomining  ma`nosi  ikki  tarkibiy  qismdan:  «dasht»  va  «g`oz» 
so`zidan  iborat.  Bu  erdan  soy  o`tgan,  soy  er  sathidan  juda  chuqur  bo`lib,  o`z  sohillariga  suv 
bermagan.  Suvdan  dasht  tomonlardan  uchib  kelgan  o`rdak  va  g`ozlargina  naflanganlar,  xolos. 
SHuning uchun bu joyni dashtdan kelgan g`ozlar yashaydigan joy, deb ataganlar. Mahalliy xalq 
(tojiklar) bu so`zlarni birga qo`shib Dashtig`oz deb yuritganlar. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
 
DUGOBA 
— (duoba)  — tog` qishlog`i bo`lib, ikki soy  qo`shilishi joyida joylashganligi 
uchun shu nom berilgan. Haqiqatan ham qishloq Qayroq va Xo`janpok daryosi qo`shilgan joyda 
joylashgan. Tojikcha Dugoba bo`lib o`zlashtirilgan.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish