О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

CHor  rabot 
(to`rt rabot), 
Qo`rg`on 
(qal`a), 
Arrabon 
(suvi ravon ketadigan ariq; suvi tez oqadigan ariq) deb 
nomlangan (arablar yashaydigan qishloq bo`lishi ham mumkin).
 
Keskin terak 
— Karmananing nomi, hozir Navoiy deb ataladi. Bu qishloqning ham o`ziga 
xos tarixi bor. Uning Keskin terak deb atalishi to`g`risida shunday rivoyat bor: bu erda juda ko`p 
terak o`sgan. Teraklarni bir kishi kelib kesib olib ketgan. SHundan beri bu joy Kesgan terak deb 
atalib kelar ekan. Erli xalq tilida «Keskin terak» deyiladi.
 
Dabboki 
— Buxoro viloyati Qorako`l  rayonidagi  qishloq nomi. Tojikcha dabbog  — teri 
ishlovchi, charmgar, dabbogi — terini oshlovchi kosib.
 
Etimak 
— Buxoro   viloyati   SHofirkon   rayonidagi qishloq.   Etimak    (YAtimak) — 
«etimcha»,      «etim      bola»;  «Etimak»  (yatimak)  degan  og`irlik  o`lchovi  bo`lgan;  etim  (yatim) 
so`zining «qashshoq», «batrak» ma`nosi ham bor.
 
YObi   ariq 
— Buxoro  viloyati   Konimex  rayonidagi qishloq. YObi (yobu) o`zbek xalqi 
tarkibiga  kirgan  qadimiy  elat,  qabila.  YObilarning  ko`pchiligi  asosan  Zarafshon  vodiysida 
istiqomat  qilgan.  YObi  qabilasi  tomonidan  qazilgan  ariq  YObi  arig`i  bo`lgan,  so`ng  qishloqqa 
ham «YObi ariq» nomi berilgan. Hozirda shu nom bilan ataladi.
 
Obduzd 
— Buxoro viloyatidagi ariq. Obduzd — «suv o`g`risi» yoki  «O`g`irlangan suv» 
demakdir.  Navbatini  kutmasdan  o`g`rincha  suv  oladigan  kishi  obduzd  deyilgan.  Ba`zan  biron 
yoriqqa  yoki  o`pqonga  kirib  ketib,  yana  er  yuziga  chiqadigan  jilg`a  suvi  ham  obduzd  deb 
atalgan.
 
Oxshix 
—  Buxoro  viloyatidagi  qishloq  nomi.  To`g`risi,  Oqshix  bo`lsa  kerak.  Turkman 
urug`laridan biri shix (shiyx) deb atalgan. Bir qancha urug`lar qora, oq, ba`zan ko`k, sariq kabi 
turlarga  bo`linadi.  Buxoro  viloyatida  turkmanlar  ko`p.  Bu  urug`  ba`zan  o`zbeklar  orasida  ham 
uchraydi. Oqshix so`zi buzilib, Oxshix bo`lib qolgan.
 
Oqtaqir 
— Buxoro viloyati Tomdi rayonidagi ovul. Taqir cho`lda qish-bahorda suv to`lib, 
yozda qaqrab yotadigan, yorilib-yorilib yotadigan yaydoq maydonga aytiladi.
 
Peshku  —  Buxoro  viloyati  Romiton  rayonidagi  qishloq  nomi.  Pesh  «old»,  «old  tomon», 
kuy — «ko`cha», «guzar», ya`ni ko`cha tomon degan ma`noni anglatadi. Hozir shu nomli rayon 
markazi.
 
Pozagari 
—  Buxoro  viloyati  G`ijduvon  rayonidagi  qishloq.  Poza  tojikcha  omochning 
uchiga kiydiriladigan cho`yan tish, pozagar (pozarez) omoch tishi quyuvchi usta degan ma`noni 
bildiradi.
 
Pattachi 
—  ma`nosi  ma`lum  emas,  lekin  patta  degan  o`simlik  (buta)  bor.  Termiz  shahri 
yaqinida  (Amudaryo  bo`yida)  Pattakesar  qishlog`i  ham  bor.  Bu  qishloq  ham  ana  shu  o`simlik 
nomi bilan atalgan. Sepatta — «uch patta», ayrim mutaxassislarning izohiga ko`ra, «Patta» so`zi 
ayrim kishilarga beriladigan hujjatlarni ham bildiradi. SHuning uchun bozorda va guzarlarda boj 
oluvchi odamni «pattachi» deyishgan.
 


 
82 
Tallicha 
—  Buxoro  viloyati  Buxoro  rayonidagi  qishloq  nomi.  Tall  arabcha  so`z  bo`lib, 
«tepalik»  degan  ma`noni  bildiradi.  Buxoro  viloyatining  ko`p  joylarida  tepalikni  tall  deyishadi. 
Tallicha «kichkina tepalik» degan ma`noni bildiradi.
 
Tarob 
—  Buxoro  viloyati  hududida  joylashgan.  Tarixiy  manbalarda  Torob  qishlog`i 
Buxorodan  ham  oldin  paydo  bo`lgan  deyiladi.  Bu  qishloq  dastlab  Narshaxiyning  «Buxoro 
tarixi»da  tilgan  olingan.  Bu  qishloq  ahli  1238  yilda  Mo`g`ullarga,  keyinroq  esa  mahalliy 
boylarga,  ruhoniylarga  qarshi  ko`targan  qo`zg`olonlari  bilan  mashhurdir.  Torob  so`zining 
etimologiyasi ma`lum emas. , Maxmud Torobiy ham shu qishloqdan chiqqan.
 
Toshkent 
— Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi qishloq nomi. Qishloqqa toshkentliklar 
ko`chib kelib o`rnashgandan shunday nom olgan.
 
Toqi sarrofon 
— Buxoro shahridagi bozor. Toq so`zi qadimiy me`morchilik atamalaridan 
biri bo`lib, «arkli bino» ma`nosini anglatadi. Buxoro xonligida usti yopilgan bozor toq deyilgan. 
Masalan,  Toqi  telpakfurushon  Telpak  sotuvchilar  toqi,  Toqi  sarrofon  ham  shunday  bozor 
(rasta)lardan  biridir.  Sarrof  —  «pul  maydalovchi»  demakdir.  O`rta  asrlarda  Buxoroning  Kesh 
(SHahrisabz) darvozasi  yaqinidagi  bir mahalla Rasattoq (arabcha  «ark boshi») deb atalgan. Bu 
maxdlla  qadimda  ana  shu  erda  bo`lgan  gumbazli  bozor  nrmi  bilan  atalgan  bo`lsa  kerak,  deydi 
tarixchi O. I. Smirnova.
 
Xumdonak
  —  Buxoro  viloyatidagi  qishloq  nomi.  G`isht,  sopol  buyumlar  pishiriladigan 
xumdon so`ziga kichraytirish affiksi «ak» qo`shilib yasalgan toponim. Xumdonak «xumdoncha 
qishloq» ma`nosini bildiradi.
 
Xoja  Tabband 
—  Buxoro  guzarlaridan  biri.  Ma`nosi  bezgakni  bog`lovchi,  yo`q  qilib 
tashlovchi  (davolovchi)  demakdir.  Jonli  tilda  Tabbat  bo`lib  ketgan.  Guzarda  xoja  Tabband 
mozori bor. Rivoyatlarga ko`ra, xoja Tabband bezgakni davolagan. Guzar ana shu xoja Tabband 
nomi bilan atalib kelinmoqda.
 
SHoxrud 
— shahar arig`i, Buxoro shahrini suv bilan ta`minlaydigan ariq. Dastlab Rudi zar 
deb atalgan: Arab geograflari asarlarida Nauri zar shaklida qayd qilingan. SHayx Boxarziyning 
vaqf hujjatlarida (XIV asr) Rudi shaO`ri Buxoro deb atalgan. Keyingi asarlarda SHohrud bo`lib 
ketgan. eronda hdm SHohrud degan ariq bor.
 
Sho`riston 
—  Buxoro  viloyati  SHofirkon  rayonidagi  Qishloqning  nomi.  Sho`riston  — 
«sho`r bosgan joy», «sho`rxok» ma`nolarini bildiradi.
 
Qulonxona 
—  Buxoro  viloyati  Buxoro  rayonidagi  qishloq  Bir  zamonlar  qulon  ko`p 
bo`lganligidan shuiday nom   olgan  bo`lishi  mumkin.  Lekin   qulon   (qulontik) urug`i vakillari 
yashaydigan qishloq ham Qulonxona deb atalgan bo`lsa ajab emas.
 
Qo`tir  buloq 
—  Vobkent  rayonidagi  qishloq.  Qishloq  qo`tir  kasalligiga  davo  bo`ladigan 
buloq yonida joylashganligidan shunday nom olgan.
 
G`ijduvon 
— Buxoro viloyatidagi shaxdr. Dastlab Narshaxiy asarida tilga olingan. Boshqa 
tarixiy manbalarda G`ijduvon shaklida ham qayd qilingan. Xalq og`zida Gijduvon so`zini G`uji 
devon — devlar, ins-jinslar ko`p ma`nosida deyilsa, ayrimlar G`uji dehkon — «Bir to`p qishloq» 
demakdir,  deb  taxmin  qiladilar.  To`p  qishloq  degani  to`g`ri  bo`lsa  kerak.  Har  holda 
etimologiyasi  aniq  emas.  Baxovuddin  Naqshbandning  ustozi  Abdulxoliq  G`ijduvoniy  nomiga 
qo`yilgan degan fikrlar xam bor.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish