organik uyg‘unlashgan turi. Boshqachasiga uni musiqiy nutq deyiladi. Nutq
tovushlarini hosil qiladigan ovoz apparatining qismi artikulyasiya (talaffuz)
apparati, uning tarkibidagi aozolar talaffuz a'zolari sanaladi. Bular: til, og‘iz
bo‘shlig‘i, yumshoq va qattiq tanglay, pastki jag‘, bo‘g‘iz, hiqildoq. Bu
aozolarning nutq tovushlarini yaratishga qaratilgan ishi artikulyasiya deyiladi.
dumaloq, cho‘ziq, tembr va tovush balandligiga ega bo‘lishi kerak. Undoshlar esa
siniq va tez talaffuz qilinadi. Artikulyasiya apparati ishining muvoffiqlashganligi
va intensivligi tovush talaffuzi sifati, so‘zlar aniqligi - diksiyani belgilaydi.
Kuylashda to‘g‘ri talaffuz adabiy tilning talaffuz normalari - orfoepiya
(grekcha to‘g‘ri nutq) ga tayanadi. Xonandalik orfoepiyasi so‘zlashuvdagidan farq
qiladi, kuylaganda undoshlar keyingi bo‘g‘inga ko‘chiriladi, toki bo‘g‘in ochiq
kominasiyalash lozim. Pastki jag’ siqilgan holatda yolashgan unlilarni (ya,-ya,
182
ye,ye, ney-ney , day-yay-yay) kuylash foydali. Diksiya aniqligi rivojiga yuqori lab
harakatsizligi ("o’lik lab"), yuzlar kvadrat mushaklari horg’inligi kabi nuqsonlar
to’siq bo’ladi. "ze-zo" yoki "ze-zu" bo’g’inlarga mashqlar ularni tugatishga
ko’maklashadi, agar "ze" bo’g’inda tez harakat bilan lablar (keng tabassumdagi
kabi) yoyilsa, "zo" yoki "zu" bo’g’inida esa ularni tezda oldinga tortilsa diksiya
oydinligi uchun undoshlarni tez va aniq talaffuz qilish kerak.
Haddan ziyod artikulyasiya pastki jag’ni haddan ziyod orqaga olish yoki
uni oldiga surish kabi estetik emas, qolaversa mushak siqishlariga olib kelishi,
diksiya aniqligini buzilishi mumkin, shuning uchun tavsiya etilgan barcha usullar
ish vaqti xarakteriga ega. Umuman artikulyasiya apparatining barcha harakatlari,
yuz mimikasi tabiiy chiroyli bo’lishi kerak.
Pastki jag’ni bo’shatish uchun mashqlar kuylayotib, pastki jag’ harakati
tekis va bog’lanishli jarangga xalaqit bermasligini kuzatish lozim. Til silliq yotishi,
qattiq tanglay vat til o’rtasida yetarli bo’sh joy tuyg’usi paydo bo’lishi kerak.
Yaxshi rezonasiyalash-tovush hosil qilish to’g‘riligi ko’rsatgichidir. Bosh
rezonasiya ovoz jarangini favqulodda yaxshilab, unga jarangdorlik, "parvoz" kabi
katta xonanlarda kuylash uchun zarur sifatlarni beradi. Bosh rezonasiyasi (ko’krak
rezonasiyasi bilan mohirona foydalanganda) yanada erkin tovush qosil qilishga
ko’maklashadi va nafas davomiyligini oshiradi.
Lablarni mahkam siqib uzaytiradigan "lya-lya-lya" undoshini kuylansa
yuzning yuqori qismida vibrasiya tuyg’usi paydo bo’ladi, ovoz rezonatsiyalay
boshlaydi. Bosh rezonatorlar rivojlanishiga "i" (ba’zan "ye") unlishga kuylash ham
ko’maklashadi. Uzuq tovush bilan nafas tayanchini his etib "mi" bo’qinlarini
kuylash ham ovozga yanada jarang baxsh etadi.
Tavsiya etilgan usullar tayyor retsept emas, ular talabaga talab etilgan
jarang xarakterini tushunish va unga hamroh hislarini mustahkamlash imkonini
beradi.
Mashqlarni dastlab og’izini yopib kuylanadi. Buni o’zlashtirgach,
bo’g’inlarini yuzning yuqori qismida rezonasiyasini his etishga urinib kuylashga
183
o’tiladi. "B"va "d" undoshlarini imkon boricha jarangli talaffuz qilish va "m", "n"
jarangini cho’zish lozim.
Yarim tonlar "qatoiy" jarangini his etish, kantilena elementlarini egallashga
qaratilgan mashq ayniqsa baland va o’rta erkak ovozlar uchun tavsiya qilinadi va
ikki variantda beriladi: birinchisi - baland, ikkinchisi past ovozlar uchun.
Dastlab o’rtacha keyinroq yanada sekin tempda ijro etish kerak. Tenorlar fa
diez major; o’rta ovozlar re major tonallikdan baland kuylamasligi tavsiya etiladi.
Yuqoriroq tonallikda kuylash jarang kuchlanishga olib keladi. Yarim tonlarni
sekinroq, jamlangan tovush bilan kuylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: