O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ota Jaloliddin Nazirov (1845-1928)



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

 

Ota Jaloliddin Nazirov (1845-1928) 

O‘zbek 


musiqa 

madaniyatining 

atoqli 

arbobi, 


Shashmaqom ijrosining bilimdoni, Ota Jalol Nosirov maqomdon 

ustoz  sifatida  san’atkorlar  va  shinavandalar  orasida  o‘z  davrida 

mashhur  bo‘lib  hozirgacha,  uning  muborak  nomi  e’zozlanadi. 

Buxoroda  birinchi  musiqa  maktabining  ochilishi,  Samarqandda 

musiqa  bilim  yurtining  tashkil  topishi,  shashmaqomning  yozib  olinishi  va  saqlab 

qolinishi  uning  nomi  bilan  bog‘liqdir.  Usta  Shodi,  Domla  Halim,  Levicha  hofiz, 

Boboqul  Fayzullayev,  Hoji  Abdulaziz,  kabi  maqom  xonandalari  Ota  Jalol 

Nosirovdan ta’lim olishgan. 

Ota  Jalol  Nosirov  1845  yili  Buxoro  shahrining  Eshon  pir  mahallasida 

tavallud  topgan.  Uning  oilasi  musiqaga  moyil  bo‘lib,  akasi  Mulla  Xayrullo 

mahoratli  maqom  ijrochisi,  uning  o‘g‘li  Karomat  esa,  usta  kamonchilardan  edi. 

Ana shu muhit uni musiqa bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratib beradi. U sakkiz 

yoshidan musiqa bilan shug‘ullanadi va o‘sha davrning Tillaboy, Mirzo Hidoyat, 

Abdurahmonbek,  Mir  bobo  singari  mashhur  xonanda  va  sozandalaridan  saboq 

oladi.  Natijada  20  yoshidayoq  shashmaqomni  to‘liq  o‘zlashtirib  oldi.  Uning 

davrug‘ini  eshitgan  Amir  Muzaffarxon  saroyga  taklif  etib  saroy  hofizi  etib 

tayinlaydi. Amir Olimxon davrida esa «Miroxo‘r» unvoni beriladi. 



25 

 

1920 yilda Buxoroda «Sharq musiqa maktabi» ochilib, bir qancha hofiz va 



sozandalar  jalb  qilinadi  va  Ota  Jalol  Nosirov  o‘zi  bosh  bo‘lib  shashmaqomni 

o‘rgata  boshlaydi.  1923  yili  V.A.  Uspenskiy  Ota  Jalol  Nosirov  va  Ota  G‘iyos 

Abdug‘aniyevlardan  shashmaqomning  barcha  turkumlarini  yozib  oladi. 

Shashmaqomning o‘sha davrda notaga olinishi va 1924 yilda nashr qilinishi katta 

voqea  sifatida  baholanadi.  Va  keyingi  notalashtirish  jarayonlariga  yo‘l  ochib 

beradi. 


Ota  Jalol  Nosirov  faqat  xonanda  va  sozanda,  balki  bastakor  sifatida  ham 

ijod  qilganligi  manbalarda  ko‘rsatiladi.  Ustoz  Shashmaqomning  mushkilot 

qismlarini tartibga solgan ayrim sho‘balarini kengaytirgan va qo‘shimcha qismlar 

bastalagan.  Segoh  maqomi  ijrosiga  savt  usuli  bilan  bir  necha  qismli  sho‘ba 

bastalagan. Ushbu sho‘ba ijrosi «Savti jaloliy» deb nomlanadi. 

1925  yilda  Ota  Jalol  Nosirov  Samarqandga  taklif  etiladi.  Bu  yerda 

yoshlarga  maqom  ijrolarini  va  yo‘llarini  o‘rgatadi,  kontsertlarda  ishtirok  etadi. 

Xoji  Abdulaziz,  Yunus  Rajabiy,  Mulla  To‘ychi  Toshmuxammedov,  Shoraxim 

Shoumarovlar  bilan  ijodiy  muloqotda  bo‘ldi.  Va  ular  ustozdan  shashmaqom 

yo‘llarini  o‘rganadilar  va  maslahatlar  olib  turadilar.  Ota  Jalol  Nosirov  ijrochilik 

uslubidan  bahramand  bo‘lgan  o‘nlab  shogirdlar  keyinchalik  maqom  ijrochiligi 

san’atini rivojiga katta hissa qo‘shdilar. 

Ota Jalol Nosirov musiqa madaniyatimiz  tarixidan shashmaqom bilimdoni 

va targ‘ibotchisi, mashhur hofiz, va sozanda ko‘plab maqom ijrochilarining ustozi 

sifatida o‘zidan o‘chmas nom qoldirgan ulug‘ san’atkordir. 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish