O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg’ular o’rni



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

3-§. Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg’ular o’rni. 

Milliy  cholg’ularimizning  toifalari  ko’pchiligi,  turfa  yakka  va  jurnavozlik 

ijro an’analarining o’ziga xosligi bo’yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra 

teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jaxonda 

tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn 



16 

 

Sino,  Abdulqodir  Marog’iy,  Abduraxmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy,  Zaynulobiddin 



Xusayniy,  Kavkabiy,  Buxoriy,  Darvish  Ali  Changiy  va  boshqalar  sharqona 

jaxonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan 

holda mumtoz musiqiy asarlarning xam muallifi sifatida keng tanilgandirlar.  

Ana  shunday  xalqchil  va  ustozona  qatlamlar  orqali  bizgacha  yetib  kelgan 

musiqiy  madaniyatimiz  tufayli  tarixan  juda  qisqa  muddatlarda  O’zbekistonda 

yanada yangicha, ko’p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, 

o’z  qiyofasiga  ega  bo’ldi,  jadal  ravnaq  topdi.  Bunda  xalq  musiqamiz,  ayniqsa, 

maqomchilik  an’analari  fakat  xayotbaxshlikni  taxminlabgina  qolmay,  balki 

maxsuldor zamin bo’lib xizmat qildi.  

Ma’lumki,  ulug’vor  maqom  san’ati  milliy  ma’naviy  mulkimizning  eng 

qimmatli  va  ardoqli  xazinasidir.  Uning  asl  namunalaridan  necha-necha  avlodlar 

baxramand  bo’lib  kelishmoqda.  Hatto  keng  ko’lamli  targ’ibot  uchun  rasman 

taqiqlangan  paytlarda  xam  maqomlarning  mavqyei,  amaliy-xayotiy  moxiyati 

saqlanib  qolaverdi.  Xalqimizning  yuksak  ongi,  didi,  ruxiy  talab  va  ehtiyojlariga 

bastakorlik  ijodiyoti,  ustozona  xofizlik  va  sozandalik  ijrochiligi  ma’naviy  ozuqa 

berib  kelgan.  Shu  bois  bunday  san’at  ustalari  el-yurtimiz  orasida  xamisha 

qadrlanganlar va e’zozlanganlar.  

Buyuk  istiqlol  tufayli  musiqiy  madaniyatimiz  eski  siyosiy  -  mafkuraviy 

tazyiqlardan  xalos  bo’ldi.  Shu  bilan  birga,  u  ko’xna  mumtoz  an’analarimizning 

to’la  tiklanishiga,  ayniqsa,  yosh  avlodlarni  bilimdon,  savodxon,  ma’naviy 

barkamol darajada tarbiyalashga misli ko’rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz 

aynan  mustaqillik  davrida  ko’xna  maqom  ijrochiligi  va  an’anaviy  ijodkorligida 

yuzaga  kelgan  yangicha  ijodiy  saloxiyatning  tiklanishini  kuzatishga  muyassar 

bo’lmoqdamiz.  

Diniy-falsafiy  ashulalar  masalasiga  kelsak,  bular,  avvalo  bizning  tarixiy 

boyligimizdir.  Kimgadir  g’ayri  tabiiy  tuyulsa  xam,  bu  yo’nalishga  to’siq 

bo’lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik 

tamoyillarning  amaldagi  yaqqol  ifodasi  bo’lsa  kerak.  Chunki  mumtoz  sharq 

she’riyatida  bitilgan  ilohiy,  tasavvufona  mavzular  o’tmish  musiqamizda  o’zining 



17 

 

oxanrabo,  ta’sirchan  ifodasini  topgan  va  qadrlangan.  Bunday  ashulalarning  o’z 



tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muxlislari bor. Buni albatta, 

xisobga olish zarur buladi.  

Kezi  kelganda  shuni  xam  extirof  etish  kerakki,  Yevrupaga  turdosh 

zamonaviy musiqa ijrochiligi bo’yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli 

cholg’ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko’plab iqtidorli yosh 

musiqachilarimiz  voyaga  yetmoqda.  Ularning  aksariyati  respublika  va  chet 

mamlakatlarda  nufuzli  xalqaro  tanlovlarda  ishtirok  etishib,  sovrindorlikni  qo’lga 

kiritishayotgani quvonarli xoldir.  

Mavzudan kelib chiqib, xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning 

xalq  ma’naviy  xayotidagi  o’rni  beqiyosdir.  Musiqiy  madaniyat  xalq  ma’naviy 

dunyosining  ajralmas  qismi  bo’lib,  uning  ma’naviy  extiyojini  barcha  davrlarda 

qondirgan  va  xar  doim  xamdard  bo’lgan,  beminnat  xizmat  qilgan.  Zero,  bugungi 

mustaqillik  davrimizda  xam  o’zining  ma’naviy  burchini  muqaddas  bilib, 

xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun xam musiqa madaniyatimiz bugungi 

kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish