O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Vokal ijrochiligida ikki qismli shakl



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Vokal ijrochiligida ikki qismli shakl. 

1-§. Oddiy ikki qismli shakllar. 

Ikki  davriyadan  iborat  bo’lgan  shakl  oddiy  ikki  qismli  shakl  deb  atash 

mumkin  emas.  Ikki  qismli  shaklda  ikki  davriyaning  aloqasi  mexanik  tarzda 

bo’lishi ularning bir butunligi albatta shartli ravishda bo’ladi.  



Mavzu jihatdan olganda birlikka quyidagicha erishiladi:  

1.

 



Takrorlash  vositasida  ko’proq  birinchi  qismdan  olingan  materialning 

ikkinchi qismi oxirida, yoki 

2.

 

bunga birinchi qismdan olingan elementlar ikkinchi qismda to’g’ridan 



- to’g’ri takrorlanmagan vaqtda har ikkala qismdagi shakllarning hususan bir tipda 

bo’lishi orqali erishiladi.  

Murakkab  davriyada  qismlarning  mavzu  jikatdan  yaxlitligi  kuzatiladi. 

Uning ikki qismli shakldan asosiy farqi shundaki, har ikkala jumla unda boshlanish 

qismlarida  bir-biriga  o’hshash  bo’ladi,  ikki  qismli  shaklda  esa  har  ikkala 

davriyaning  boshlanishi  har  xil  bo’ladi  va  bunda  ko’proq  ularning  tugallanish 

qismlarida o’xshashlik kuzatiladi.  

Ikki qismi shaklning davriyalarida har ikkala jumlaning bir-biriga o’xshab 

qolishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir.  

Garmonik  jihatdan  yaxlitlik  asosiy  tonallikning  mavjudligida  ifodalanadi. 

Bunda  asosiy  tonallik  yo  umuman  (nisbatan  olganda  kamdan  kam)  buzilmaydi 

yoki  shaklning  boshlanish  qismida  ta’kidlanib,  uning  oxiriga  kelganda  yana 

tiklanadi.  Bunday  hollarda  ikki  qismli  shakl  tonallik  jihatidan  siqiq  bo’ladi  va 

ma'lum ma'noda mustaqil musiqiy organizmni eslatadi.  

Tuzilish  jihatdan  olganda  yaxlitlik  eng  oddiy  holatlarda  bir  xildagi 

cho’zimlarda  kamida  ikki  davriyaning  tuzilishida  ifoda  etiladi  Birok,  bundagi 

munosabatlar ko’pincha ancha kamroq elementlar holatda bo’ladi. Ikkinchi davriya 

birinchisiga  Qaraganda  uzunroq  bo’ladi,  ular  o’rtasidagi  strukturali  aloqa  esa 

alohida  olingan  va  bir-biriga  qo’shilib  ketgan  (parchalangan  va  jamlangan) 

tuzilmalarning  maqsadga  muvofiq  ravishda  aniqlanishida  o’z  ifodasini  topadi. 




235 

 

Oqibat  natijasida  shunday  tuzilishi  kam  faqat  bir  oz  murakkabroq  holda 



ifodalangan bir yaxlitlik hisoblanadi.  

Ikki  qismli  shaklning  birinchi  qismi  deyarli  kamida  yaqqol  ifoda  etilgan 

ekspozitsion tuzilmadan iborat bo’lgan davriyadan tashkil topadi.  

Mavzu jixatdan mazkur davriyaning ikki jumlasi o’xshash kelishi xarakterli 

xususiyatdir.  Ularning  kuy  shakli  turlicha  bo’lgan  hollarda  odatda  ritm  butunligi 

saqlanib qoladi.  

Yuksalish  va  pasayish  nisbatlariga  qarab  bir  ohangning  ikkinchi  bir 

ohangga moyillashtarib, rang-barang tusda ijro etilishi binobarin, kuy chizig’ining 

anchagina  mutanosib  holda  kelishi,  umuman  ikki  o’xshash  shaklning  dastlabki 

davriyalari  uchun  (ko’pincha  butun  shakl  uchun)  xos  bo’lgan  xarakgerli 

xususiyatdir.  

Bunday  mutanosiblik  bo’lmaganda  edi,  u  hol  musiqaning  uzoq  vaqt 

mobaynida yanada takomillashtirilishini taqozo etar edi. Hajmning cheklanganligi 

va  butun  shaklning  mutanosibligi  esa  bunga  to’sqinlik  kilgan  bo’lar  edi.  Ancha 

salmoqli  fikrlar  o’zining  dastlabki  bayonida  odatda,  davriyalarda  katta 

mutanosiblikka  erisha  olmaydi.  Buning  natijasida  ularning  takomili  davriya 

chegarasidan chiqishni talab qiladi.  

Garmonik  jihatdan  faqat  shu  narsa  mudomki,  bunda  birinchi  davriya  bir 

tonalik  bo’lishi  xam,  modulyasiyalangan  bo’lishi  ham  mumkin.  Modulyasiya 

ko’pincha  dominanta  funksiyaga  ega  bo’lgan  5  yoki  3  pog’ona  tonalligiga 

qaratilgan  bo’ladi.  Mazkur  shakl  umuman  uncha  ko’p  davomiylikka  ega 

bo’lmaganligi tufayli bundan ko’ra cho’ziqroq tonalliklarda modulyasiyalash unga 

juda kam darajada xos bo’lgan xususiyatdir.  

Yarim  kadensiyada  tamom  bo’ladigan  dastlabki  tizimlar  bir  oz  o’zgacha 

Xolatda  turadi.  Ular  yukorida  ta'kidlangan  ma'noda  davriya  bo’lmasalarda,  biroq 

baribir, ular davriya funksiyasini bajaradilar.  

Bunda  ular  uchun  ichki  mavzu  va  tonal  birlik  ta'minlangan  bulishi  shart. 

Yarim  kadensiya  tufayli  buziladigan  yoyiqlik  ma'lum  ma'noda  tobe  tonallikka 




236 

 

o’tgan vaqtdagi samaraga o’xshab ketadi. Chunki bundagi ozroq va hatgo ko’proq



 

miqdordagi tobelikka o’tish ham musiqani davom ettirish zaruriyatini tug’diradi.  

Ikkinchi  qismning  eng  mudom  belgisi  birinchi  Qismdagi  mavzu 

materialining  qism  yakunida  takrorlanishidir.  Shu  munosabat  bilan  ikkinchi  qism 

ikkita jumlaga bo’linib ketadi.  

Shulardan biri  ikki doimli  shakl o’rtasida o’rta  qism  deb  atalib, u  birinchi 

davriyaga doir qadar kontrastlikka kirishadi.  

Mavzu  jixatdan  bu  kontrastlik  quyidagicha  sodir  bo’ladi:  nisbatan  yangi 

bo’lgan  mavzu  -  ritmik  material  kiritishida,  yoki  birinchi  davriyadan  uni 

bo’laklarga  ajratish  vositasi  bilan  olingan  material  qayta  ishlanib,  rivojlantirilishi 

va yangicha bayonda takdim etilishida,  

Garmonik jihatdan o’rta qism uchun u yoki bu ko’rinishdagi noturg’unlik 

tipik holdir, Eng oddiy hollarda butun o’rta qism mobaynida birgina noturg’unlik 

garmoniya  -  ko’pincha  asosiy  tonallik  dominantasi  yoki  boshqa  bir  akkord, 

masalan, parallel dominanta saqlab qolinadi.  

Asosiy tonallik dominanta organ punktidagi butun o’rta qismning tuzilmasi 

bir  oz  murakkabroq  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  agar  o’rta  qism  asosiy  tonallikka 

ko’rilgan bo’lsa, u holda noturg’unlik kuchli hissalarda va ayniqsa kadans nuqtasi 

sifatida xizmat qiluvchi juft taktlarda tonikaning bo’lmasligi orqali ifoda etiladi.  

Biroq  noturg’unlik  ko’pincha  tonallikning  almashtirilishi  ko’rinishida 

tag’in ham ko’proq murakkab bo’lgan shaklda ifodalanadi. Bunday hollarda butun 

o’rta  qism  bittagina  tobe  tonallikda  kechada  yoki  o’rta  qism  ichida  tobe 

tonalliklarning o’zaro almashuvi sodir bo’ladi.  

Birinchi  davriya  elementlarining  modulyasiyalashuvchi  sekvensiya 

ko’rinishida  sekvensiya  o’tkazilishi  munosabati  bilan  tobe  tonalliklarning 

almashuvi  anchagina  tipik  xodisa  bo’lib  qolgan.  Bunda  shaklning  uncha  katta 

bo’lmagan  o’lchami  nisbatan  bir  -  biriga  yaqin  bo’lgan  tonalliklarni  qo’llash 

imkonini beradi.  




Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish