O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

 

 


237 

 

2-§. Vokal musiqasida reprizasiz ikki qismli shakl. 

Butun  shaklni  o’zida  yakunlaydigan  ikkinchi  qismning  ikkinchi  jumlasi 

birinchi davriya bir qismining aynan yoki o’zgartirb takrorlanishidan iborat bo’ladi 

va  repriza  deb  ataladi.  O’rta  qism  tomonidan  kiritiladigan  kontrastdan  keyin 

reprizaning  asosiy  vazifasi  butun  shaklni  mavzu  jihatdan  birlashtrib,  uni 

yakunlashdan iborat.  

Demak,  mavzu  jihatdan  reprizaning  belgisi  uning  birinchi  davriyadagi 

qismlardan  biri  bo’lgan  kuy-ritmik  tomondan  o’xshash  holda  bo’lishidir.  Ba'zi 

xollarda bu birinchi davriyadan olingan butun bir jumlani aynan takrorlashdan yoki 

ozgina  o’zgartib  takrorlashdan  iborat  bo’ladi.  Reprizada  ko’pincha  birinchi 

davriyaning  ikkinchi  jumlasi  takrorlanadi,  ba'zan  esa  birinchi  jumla  quyidagi 

misolga o’xshab takrorlanadi.  

Birinchi  davriyaning  materialini  repriza  uchun  qayta  ishlash  ba'zan  pe  da 

bosh kul’minatsion shaklni yaratishga intilish bilan bog’lik bo’ladi.  

Qismning  garmonik  tomoni  ko’p  jihatdan  birinchi  davriya  materialini 

repriza uchun qayta  ishlash zarurligini  taqozo  etadi. Basharti, birinchi  davriya  bir 

tonallikdan  iborat  bo’lsa,  faqat  shunday  hollardagina  uning  ikkinchi  jumlasini 

aynan  takrorlash  mumkin.  Agar  davriya  modulyasiyalashtiruvchi  bo’lsa.  U  holda 

uni repriza uchun ikkinchi jumlada o’zgartirish butun shaklni tonallikda yakunlash 

maqsadida zarur bo’ladi.  

Eng 


oddiy 

hollarda 

reprizaning 

tuzilishi 

birinchi 

davriyadagi 

takrorlanayotgan  musiqa  tuzilmasiga  taxminan  muvofik  keladi.  Reprizaning 

cho’zimi avvalgidek qolaveradi hamda birinchi davriyaning yarmisiga, ya'ni uning 

bitta  jumlasiga  teng  bo’ladi.  Ichki  struktura  ham  xuddi  shuningdek  uzgarmay 

keladi  yoki  o’rta  qismini  parchalab  kontrast  hosil  qilish  uchun  targ’in  ham 

qo’shilishi moyil bo’lib keladi, hamda undan keyii jamlanish paytiga kiritiladi.  

Ikkinchi  davriyada  birinchi  davriya  elementlarining  takrorlanishi  aniq 

sezilmaydigan ikki qismli shakl reprizasiz ikki qismli shakl deb ataladi.  

Mavzu  jihatdan  olganda  bu  yerdagi  birlikka  kuy-ritmik  shaklning, 

shuningdek butun fakturaning umumiy bir tipligi orqali erishiladi. Ikkinchi qismda 



238 

 

birinchi  qism  elementlari  takrorlangan  hollarda,  ular  shu  darajada  o’zgarib 



ketadiki,  natijada  reprizali  takrorlanish  taassurotini  bermaydi.  Bunda  uncha  katta 

bo’lmagan kontrastlar ham bo’lishi mumkin.  

Garmonik jihatdan ikki qismli shaklning mazkur turi hech qanday yangilik 

bermaydi.  Bunda  tonal  birlikning  umumiy  shartlari  saqlanib  qoladi,  shuningdek, 

birinchi  davriyaning  oxirida.  Hamda  ikkinchi  davriyaning  boshlanishida 

modulyasiya yuz berishi mumkin. Basharti asosiy tonallik yo’qolib ketgan bo’lsa, 

shaklning  oxiriga  kelib  u  tiklanadi.  Shu  tufayli  mavzu  reprizasiz  tonal  repriza 

to’g’risida  so’z  yuritish  mumkin.  Xuddi  shuningdek,  struktura  jihatdan  nam  old 

o’zgarishlar  sodir  bo’lmaydi.  Davriyalar  o’zaro  bir-biriga  teng  yoki  bir  xilda 

tuzilgan bo’lishi mumkin. Agar mabodo strukturali kontrastlik kiritilgan bo’lsa, u 

avvalo ikkinchi davriyaning boshlanishida ancha parchalangan tuzilmada namoyon 

bo’lib, keyinchalik jamlanish orqali ifoda etiladi. Ikkinchi davriyada reprizali ikki 

qismli  shaklda  umumiy  chuzim  qancha  bo’lsang  uncha  miqdorda  katta  umumiy 

cho’zim vujudga kelishi mumkin.  

Reprizasiz ikki qismli shakl vokal musiqa uchun ayniqsa kerakdir, Buning 

uchun  asosiy  negiz  deb  quyidagilarni  aytish  mumkin:  1)  matndagi  harakat 

birlashtirilishi,  shu  tufayli  mavzu  bo’lgan  omillarning  mavjudligi  2)  matnda 

musiqali  repriza  sabab  bo’ladigan  omilning  topilmasligi.  Bunday  shakllarda 

shaklning  asosiy  qismida  no’ta  bo’lgan  chinakam  repriza  takrorlarnib  ba'zan 

qo’shimcha (yakunlovchi) tuzilmalarda (kodalarda) topish mumkin.  

Ikki  qismli  shakllarda  odatda  asosiy  shakl  bilan  mavzu  yoxud  faktura 

jihatdan bog’liq bo’lgan doha-doha muqaddimalar uchrab turadi. Ikki qismli shakl 

uchun mustaqil asar sifatidagi muqaddimalar tipikdir.  

Bunday uncha katta bo’lmagan mustaqil asarlarda xotima-kodalar kam tez-

tez  uchraydi.  Mazkur  shaklning  uncha  katta  bo’lmagan  o’lchovlariga  binoan 

xotima  (koda)  ham  shunga  yarasha  doha  bo’ladi.  Ba'zan  asosiy  qismning 

o’lchoviga  yetib  qoladigan  darajada  juda  rivojlangan  kodalar  ham  uchraydi. 

Bunday  kodani  yakuniy  bayondagi  belgilarga,  ayniqsa  tonikadagi  takrorlangan 

kadensiyaldnishga yoki tonika organ punktiga qarab bilib olish mumkin.  



239 

 

Ikki  qismli  shakl  uncha  katta  bo’lmagan  mustadil  asarlar  prelyudalar, 



programma  tartibidagi  kichik  p’yesalar  (ayniqsa,  turkumlarga  birlashtirilgan 

p’yesalar),  radolar,  qo’shiqlar  jumladan,  baidli  qutiiqlar)  va  romanslar  uchun 

qo’llaniladi.  

Bundan tashqari, ikki qismli shakl o’zidan ancha yirikroq bo’lgan butun bir 

asarning  bir  qismi  (murakkab  uch  qismli  shakl,  variatsiyalar  mavzui,  rondo 

mavzularidan  oxiri,  kamdan-kam  hollarda  sonata  shaklining  bir  (qismi)  sifatida 

ham xizmat qiladi.  

Vokal  musiqada  reprizasiz  ikki  qismli  shakl  cholg’u  musiqadagiga 

Qaraganda  ancha  ko’proq  uchraydi.  Bu  yerda  shakl  davriyalari  nisbatining 

mutanosibliklari  ham  matn  tuzilishining  ta'siri  ostida  cholg’u  musiqadagi  ikki 

qismli shaklga qaraganda ko’pincha sezilarli darajada erkin holda keladi.  


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish