Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/110
Sana14.01.2022
Hajmi1,97 Mb.
#360556
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

6 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari 

Xotirada saqlovchi qurilmalar

 

 

Ma’ruza rejasi: 



1.

  Xotirada saqlovchi qurilma 



2.

  Kesh-xotira 



3.

  Operativ xotira 



4.

  Operativ xotira ildamligi 

 

Tayanch so‘zlar va iboralar 

Sig‘im, ildamlilik, informatsiyani saqlashning solishtirma narxi, o‘ta operativ xotira, operativ 

xotira,  tashqi  xotira,  kesh-xotira,  fizik  operativ  xotira,  virtual  operativ  xotira,  operativ  xotira 

ildamligi. 

 

6.1. Xotirada saqlovchi qurilma (XQ) 

Xotira  nimtizimining  xarakteristikalari  va  strukturasi  ham  EHM  unumdorligiga  katta  ta’sir 

qiladi; ular xotirada saqlovchi qurilmalar majmuida realizatsiya qilinadi. 

XQlarining  asosiy  parametrlariga  sig‘im,  ildamlik  (

быстродействие

)  va  informatsiyani 

saqlashning solishtirma narxi kiradi.  

XQ sig‘imi

 – XQda saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori (bit, bayt 

va h.k.larda ifodalanadi). 

XQ  ildamligi

  informatsiyani  yozish  va  o‘qishga  sarflanadigan  vaqtni  tavsiflaydi.  XQ 

ildamliligini baholash uchun informatsiyani yozish va o‘qish jarayonlarining turli vaqt nisbatlaridan 

foydalanishadi.  Masalan,  tanlash  (

выборка

)  vaqti 



t

выб

  –


  XQga  ma’lumotlarni  o‘qishga  so‘rov 

kelganidan to XQ chiquvchi shinalarida informatsiya paydo bo‘lgunicha ketadigan vaqt; sikl vaqti 



t

ц

 

– 

XQga ikki ketma-ket murojaatlar orasidagi eng qisqa vaqt. 



Informatsiyani saqlashning solishtirma narxi – bir birlik informatsiyani saqlash narxi, u kapital 

va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga oladi. 

XQni har xil belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. 

E H M   x o t i r a s i n i n g   u m u m i y   s t r u k t u r a s i d a   b a j a r i l a d i g a n   f u n k t s i y a l a r  

b o ‘ y i c h a   xotiraning uch darajasini ajratishadi (mos ravishda XQning uch turi):  



o‘ta operativ xotira

 (O‘OXQ);  



operativ xotira

 (OXQ);  



tashqi xotira

 (TXQ). 

EHM  xotirasini  bir  necha  ierarxik  darajalarga  bunday  bo‘linishi  bir  darajali  XQlarida  qator 

qarama-qarshi  talablarni  qoniqtirish  imkoni  bo‘lmaganligi  bilan  tushuntiriladi:  xotiraning  katta 

sig‘imi,  yuqori  ildamlik,  informatsiyani  saqlash  solishtirma  narxining  pastligi  va  gabarit 

o‘lchamlarining kichikligi. TXQ eng katta sig‘imga ega, o‘ta operativ  O‘OXQ eng yuqori ildamlik 

bilan  tavsiflanadi.  O‘OXQ  sifatida  ko‘pincha 



kesh-xotira

dan  foydalanishadi;  unda  asosiy  OXQdan 

eng  ko‘p  foydalanadigan  komanda  va  ma’lumotlarning  nusxalari  saqlanadi.  Kesh-xotira  ichidagi 

narsalarni  shakllantirish  dastur  ishtirokisiz  apparat  vositalari  bilan  amalga  oshadi;  ular  OXQga 

murojaat qilib, amalda ko‘p hollarda kesh-xotiradan tanlab olingan informatsiya bilan ishlanadi. 

X o t i r a d a   s a q l a y d i g a n   e l e m e n t l a r   ( X E ) l a r n i n g   i s h l a s h   p r i n t s i p i  

b o ‘ y i c h a   XQlari 

yarimo‘tkazgichli



qo‘zg‘almas

  va 

qo‘zg‘aluvchi  XE  magnitli,  optik

  va 


boshqalar.  Hozirgi  paytda  O‘OXQ  va  OXQlar  uchun  asosan  yarimo‘tkazgichli  XQlaridan,  TXQlar 

uchun qo‘zg‘aluvchi XEli magnitli XQlaridan foydalanilmoqda. 

X Q g a  

m u r o j a a t  

q i l i n a y o t g a n  

o p e r a t s i y a l a r  

t a r k i b i  

b o ‘ y i c h a  



informatsiyalarni  yozib  olish  va  o‘qish  imkoniyatiga  ega  XQ,  informatsiyani  faqat  o‘qiydigan 

XQ

larni farqlashadi. Doimiy XQlarini ikki turga ajratishadi: 

- dasturlanadigan; ularda informatsiyani faqat bir marta yozish mumkin; 

- qayta dasturlanadigan; ularda kichik tezlikda bo‘lsa ham informatsiyani bir necha marta qayta 

yozish mumkin 

I n f o r m a t s i y a g a   k i r i s h   ( д о с т у п ) n i   t a s h k i l   q i l i s h   b o ‘ y i c h a  



ixtiyoriy 

(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQ

larni farqlashadi. 




 

47 


Ixtiyoriy  kiriladigan  XQlarda  [O‘OXQ,  OXQ  va  magnit  disklarida  to‘plovchilar  (MDT)] 

informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog‘liq emas yoki juda kam bog‘liq bo‘ladi. 

Ketma-ket  kiriladigan  XQlari  uchun  informatsiyani  qidirish  vaqti  informatsiyaning  tashuvchida 

joylashishi  bilan  aniqlanadi,  masalan,  magnit  lentasida  to‘plovchilarda  (MLT).  XQga  murojaat 

qilinganda  baravariga  ikkilangan  razryadlarning  ma’lum  miqdori  o‘qiladi;  bu 

tanlab  olish  kengligi

 

deb ataladi. 



I n f o r m a t s i y a n i   j o y l a s h t i r i s h   v a   q i d i r i s h   u s u l i   b o ‘ y i c h a   XQni 

adresli

 

[XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so‘z) qandaydir kod mos keladi;  



bu  kod  xotirada  informatsiya  joylashishini  aniq  (bir  ma’noda)  aniqlaydi]  va 

adressiz

  (bunda 

informatsiya adresi bo‘yicha emas, balki boshqa belgilari bo‘yicha qidiriladi)ga bo‘lishadi. 

Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan: 

1)  stek  (stekli  xotira),  unda  informatsiya  xotiraning  bir  o‘lchovli  zonasidagi  bittagina 

yacheykasi (steka cho‘qqisi) orqali yoziladi va o‘qiladi. So‘z yozilib yoki o‘qilib borilgani sari stek 

ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o‘qish: «

oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘lib 

o‘qiladi

» qoidasiga bo‘ysunadi. Bu mini va mikro-EHMlarda uzilishlarga ishlov berishda protsessor 

holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi; 

2) magazinli xotira – bu ham bir o‘lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang‘ich yacheykada 

yoziladi, o‘qish esa – oxirgi to‘ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o‘qishda: «

birinchi yozilgan 

so‘z birinchi o‘qiladi

» printsipi amalga oshadi; 

3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani  qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor 

narsa (assotsiativ belgi) bo‘yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba’zi hollarda ma’lumotlarni qidirish 

va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi. 

 


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish