6 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Xotirada saqlovchi qurilmalar
Ma’ruza rejasi:
1.
Xotirada saqlovchi qurilma
2.
Kesh-xotira
3.
Operativ xotira
4.
Operativ xotira ildamligi
Tayanch so‘zlar va iboralar
Sig‘im, ildamlilik, informatsiyani saqlashning solishtirma narxi, o‘ta operativ xotira, operativ
xotira, tashqi xotira, kesh-xotira, fizik operativ xotira, virtual operativ xotira, operativ xotira
ildamligi.
6.1. Xotirada saqlovchi qurilma (XQ)
Xotira nimtizimining xarakteristikalari va strukturasi ham EHM unumdorligiga katta ta’sir
qiladi; ular xotirada saqlovchi qurilmalar majmuida realizatsiya qilinadi.
XQlarining asosiy parametrlariga sig‘im, ildamlik (
быстродействие
) va informatsiyani
saqlashning solishtirma narxi kiradi.
XQ sig‘imi
– XQda saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori (bit, bayt
va h.k.larda ifodalanadi).
XQ ildamligi
informatsiyani yozish va o‘qishga sarflanadigan vaqtni tavsiflaydi. XQ
ildamliligini baholash uchun informatsiyani yozish va o‘qish jarayonlarining turli vaqt nisbatlaridan
foydalanishadi. Masalan, tanlash (
выборка
) vaqti
t
выб
–
XQga ma’lumotlarni o‘qishga so‘rov
kelganidan to XQ chiquvchi shinalarida informatsiya paydo bo‘lgunicha ketadigan vaqt; sikl vaqti
t
ц
–
XQga ikki ketma-ket murojaatlar orasidagi eng qisqa vaqt.
Informatsiyani saqlashning solishtirma narxi – bir birlik informatsiyani saqlash narxi, u kapital
va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga oladi.
XQni har xil belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
E H M x o t i r a s i n i n g u m u m i y s t r u k t u r a s i d a b a j a r i l a d i g a n f u n k t s i y a l a r
b o ‘ y i c h a xotiraning uch darajasini ajratishadi (mos ravishda XQning uch turi):
-
o‘ta operativ xotira
(O‘OXQ);
-
operativ xotira
(OXQ);
-
tashqi xotira
(TXQ).
EHM xotirasini bir necha ierarxik darajalarga bunday bo‘linishi bir darajali XQlarida qator
qarama-qarshi talablarni qoniqtirish imkoni bo‘lmaganligi bilan tushuntiriladi: xotiraning katta
sig‘imi, yuqori ildamlik, informatsiyani saqlash solishtirma narxining pastligi va gabarit
o‘lchamlarining kichikligi. TXQ eng katta sig‘imga ega, o‘ta operativ O‘OXQ eng yuqori ildamlik
bilan tavsiflanadi. O‘OXQ sifatida ko‘pincha
kesh-xotira
dan foydalanishadi; unda asosiy OXQdan
eng ko‘p foydalanadigan komanda va ma’lumotlarning nusxalari saqlanadi. Kesh-xotira ichidagi
narsalarni shakllantirish dastur ishtirokisiz apparat vositalari bilan amalga oshadi; ular OXQga
murojaat qilib, amalda ko‘p hollarda kesh-xotiradan tanlab olingan informatsiya bilan ishlanadi.
X o t i r a d a s a q l a y d i g a n e l e m e n t l a r ( X E ) l a r n i n g i s h l a s h p r i n t s i p i
b o ‘ y i c h a XQlari
yarimo‘tkazgichli
,
qo‘zg‘almas
va
qo‘zg‘aluvchi XE magnitli, optik
va
boshqalar. Hozirgi paytda O‘OXQ va OXQlar uchun asosan yarimo‘tkazgichli XQlaridan, TXQlar
uchun qo‘zg‘aluvchi XEli magnitli XQlaridan foydalanilmoqda.
X Q g a
m u r o j a a t
q i l i n a y o t g a n
o p e r a t s i y a l a r
t a r k i b i
b o ‘ y i c h a
informatsiyalarni yozib olish va o‘qish imkoniyatiga ega XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan
XQ
larni farqlashadi. Doimiy XQlarini ikki turga ajratishadi:
- dasturlanadigan; ularda informatsiyani faqat bir marta yozish mumkin;
- qayta dasturlanadigan; ularda kichik tezlikda bo‘lsa ham informatsiyani bir necha marta qayta
yozish mumkin
I n f o r m a t s i y a g a k i r i s h ( д о с т у п ) n i t a s h k i l q i l i s h b o ‘ y i c h a
ixtiyoriy
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQ
larni farqlashadi.
47
Ixtiyoriy kiriladigan XQlarda [O‘OXQ, OXQ va magnit disklarida to‘plovchilar (MDT)]
informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog‘liq emas yoki juda kam bog‘liq bo‘ladi.
Ketma-ket kiriladigan XQlari uchun informatsiyani qidirish vaqti informatsiyaning tashuvchida
joylashishi bilan aniqlanadi, masalan, magnit lentasida to‘plovchilarda (MLT). XQga murojaat
qilinganda baravariga ikkilangan razryadlarning ma’lum miqdori o‘qiladi; bu
tanlab olish kengligi
deb ataladi.
I n f o r m a t s i y a n i j o y l a s h t i r i s h v a q i d i r i s h u s u l i b o ‘ y i c h a XQni
adresli
[XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so‘z) qandaydir kod mos keladi;
bu kod xotirada informatsiya joylashishini aniq (bir ma’noda) aniqlaydi] va
adressiz
(bunda
informatsiya adresi bo‘yicha emas, balki boshqa belgilari bo‘yicha qidiriladi)ga bo‘lishadi.
Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan:
1) stek (stekli xotira), unda informatsiya xotiraning bir o‘lchovli zonasidagi bittagina
yacheykasi (steka cho‘qqisi) orqali yoziladi va o‘qiladi. So‘z yozilib yoki o‘qilib borilgani sari stek
ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o‘qish: «
oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘lib
o‘qiladi
» qoidasiga bo‘ysunadi. Bu mini va mikro-EHMlarda uzilishlarga ishlov berishda protsessor
holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi;
2) magazinli xotira – bu ham bir o‘lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang‘ich yacheykada
yoziladi, o‘qish esa – oxirgi to‘ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o‘qishda: «
birinchi yozilgan
so‘z birinchi o‘qiladi
» printsipi amalga oshadi;
3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor
narsa (assotsiativ belgi) bo‘yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba’zi hollarda ma’lumotlarni qidirish
va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |