Protsessor razryadliligi
Tashqi shinalar orqali protsessorga kiruvchi informatsiya – ma’lumotlar va komandalar kiradi.
Ma’lumotlar arifmetik-mantiqiy qurilmada komandalarga muvofiq ishlovdan o‘tadi, natija tashqi
shinaga chiqariladi. Protsessorning hamma sxemalari qanchalik ko‘p razryadlarga ega bo‘lsa, u vaqt
birligida shunchalik ko‘p informatsiyaga ishlov beradi, ya’ni kompyuter unumdorligi bevosita
protsessor razryadliligiga bog‘liq.
IBM PC uchun birinchi protsessorlar (8086 va 80286) o‘n olti razryadli edi. Uchinchi avloddan
(80386 protsessori) boshlab ular 32 razryadli bo‘ldi va hozirgacha ular shu razryadli. IBM PC uchun
birinchi 64 razryadli protsessor ishlab chiqilgan, lekin sotuvga ham chiqmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |