5.2. Avtomatlashtirilgan loyihalashda foydalaniladigan HT haqida umumiy ma’lumotlar
ALT TVKsi asosini eng oddiy bir kristall mikro-EHMlardan boshlab, murakkab
superEHMgacha bo‘lgan turli EHMlar tashkil qiladi. TVK tarkibida u yoki bu EHMdan foydalanish
imkonini aniqlashda, ularni turli ko‘rsatkichlar majmui bo‘yicha baholashadi; ulardan eng asosiylari
– texnikaviy xarakteristikalar, sotib olish va ekspluatatsiya qilish narxidir.
EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari.
EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlariga
unumdorlik, operativ xotirada saqlash qurilmasi (OXQ)ning sig‘imi, informatsiyani kiritish-chiqarish
nimtizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, ishini bajarish ishonchliligi kiradi.
Unumdorlik
(тактовая частота)
– EHMning eng ahamiyatli ko‘rsatkichlaridan biri; vaqt
birligida odatda bir sekundda bajariladigan operatsiyalar soni bilan o‘lchanadi. Zamonaviy
EHMlarda balki ishlanayotgan informatsiyalar xususiyatlariga (ishlov berilayotgan so‘zlar
razryadligi, sonlarning taqdim qilinayotgan shakli – suzuvchi yoki muayyan belgilangan nuqtali,
bajarilayotgan dasturlarning umumiy oqimida turli operatsiyalarning qaytalanish chastotasi va
boshqalar) ham bog‘liq.
OXQ
sig‘imi
katta hajmli informatsiyaga ishlov beriladigan murakkab dasturlarni bajarish
bo‘yicha EHM imkoniyatini aniqlaydi. OXQ sig‘imi bitlarda, baytlarda, kilobaytlarda,
megabaytlarda va sh.k.larda ifodalanishi mumkin. OXQ sig‘imi baytlarda, kilobaytlarda (1 Kbayt =
210 bayt =1024 bayt), megabaytlarda (1 Mbayt = 1024 Kbayt), gigabaytlarda (1 Gbayt = 1024
Mbayt) baholash mumkin.
EHM
kiritish-chiqarish nimtizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyati
EHMning turli periferiya
qurilmalari (PQ) yoki boshqa EHMlar bilan informatsiya almashishdagi imkoniyatini aniqlash
imkonini beradi. U vaqt birligida kiritish-chiqarish nimtizimi orqali uzatilgan informatsiya
birligining maksimal miqdori bilan o‘lchanadi. Ko‘pincha o‘tkazuvchanlik qobiliyati bir sekundda
uzatilgan baytlar, kilobaytlar, megabaytlar bilan o‘lchanadi va bir sekundda yuzlab baytdan to bir
sekundda o‘nlab va yuzlab megabaytlargacha o‘zgaradi.
Izoh. Ma’lumotnoma adabiyotlarida informatsiyani kiritib-chiqarish nimtizimning o‘tkazuvchanlik
qobiliyati ko‘pincha kiritish-chiqarish kanallarining soni va har bir kanalning ishlash tezligi bilan tavsiflanadi.
Kiritish-chiqarish nimtizimining maksimal o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha baholash ishonchliroq bo‘ladi,
chunki kanallar parallel ishlashi mumkinligiga qaramasdan, odatda, o‘tkazuvchanlik qobiliyati EHM hamma
kanallari ishlashi tezliklari yig‘indisidan kam bo‘ladi.
EHM ishlashining ishonchliligi ehtimollik tavsifiga ega bo‘lgan bir qator ko‘rsatkichlar bilan
baholanadi, masalan:
- berilgan vaqt oralig‘ida (
)da EHMning to‘xtamasdan (buzilmasdan) ishlashi ehtimoli
P
(
);
- to‘xtaguncha (buzilguncha) ishlashi – buzilmasdan ishlashining o‘rtacha vaqti
T
b
;
- EHM ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash o‘rtacha vaqti
T
v
;
- tayyorlik koeffitsienti
K
g
=
T
b
/(
T
b
+
T
v
) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |