O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/449
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#311066
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   449
Bog'liq
Ўзбек тилини соҳада қўлланилиши мажмуа 2020 2021

«Siz  mijozlar  to‘g‘risida  qayg‘ursangiz,  bozor  Sizning  xaqingizda 

qayg‘uradi». 

Shunga  bog‘liq  ravishda  g‘arb  tadbirkorlarining  muvaffaqiyatga 

erishish formulasi juda hamoddiy: 

«mablag‘ - harakat - malakalilik - odamiylik» 

 Insonlar  orasida  yaxshi  odam  degan  fikr  uyg‘otish  juda  ham  murakkab, 

buning uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko‘pincha reputatsiya yoki imidj 

deb  atashadi,  ya‘ni,  ma‘lum  bir  insonning  jamiyatdagi  bahosi,  xurmati,  e‘tibori 

qanday,  unga  boshqa  insonlar  qanday  muomala  qiladilar.  Lekin,  ushbularni 



343 

 

birgina  qaltis  harakat,  gap  yoki  ish  bilan  bir  zumda  va  tamomila  yo‘qotish 



mumkin.  Masalan,  biror-bir  ishni  o‘z  vaqtida  bajarmadingiz,  vaqtida  birovga 

qo‘ng‘iroq  qilmadingiz,  xatiga  javob  bermadingiz,  odobsizlik  namunalarini 

bisyor  qilib  ko‘rsatdingiz  va  xokazolar.  Reputatsiyani  yuqori  darajada  ushlab 

turish  uchun  hamma  narsa  muhimdir.  Masalan,  kiyinish  madaniyati,  gapirish 

madaniyati,  jamoada  o‘zini  tutish  madaniyati,  ofisning  ko‘rinishi  va  intereri 

hamda boshqa bir qancha, ko‘rinishdan mayda-chuyda tuyulgan elementlar juda 

katta  va  hal  qiluvchi  ahamiyatga  molik  bo‘lib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun 

ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo‘shilmasdan aslo ilojimizyo‘q: 



―Foyda biz uchun juda muhim, lekin jamiyatdagi obru-e‘tiborimiz bizga 

undan ham muhimdir‖ 

Barchaning  ko‘ziga  birinchi  bor  va  yaqqol  tashlanadigan  liboslar  va 

kiyinish  madaniyati  qisqacha  haqida  so‘zlashib  olamiz.  Ko‘pchilikka  ma‘lumki, 

ko‘p joylarda Sizni kiyimingizga qarab kutib olishadi yoki mulozamat qilishadi. 

«

To‘nim  eya  qol

»  degan  maqolni  eslang.  Sizning  kiyimingiz,  tashqi 

ko‘rinishingiz  Sizning  o‘ziga  xos  va  juda  muhim  tashrif  qog‘ozingiz  bo‘lib 

hizmat  qilishi  hech  kimga  ham  sir  emas.  Biror-bir  kishi  bilan  uchrashganda, 

uning bir og‘iz ham gapini eshitmasdan turib, uning  kiyimi, ko‘rinishi va o‘zini 

tutishiga  qarab,  u  to‘g‘risida  ma‘lum  bir  tushunchaga  ega  bo‘lishingiz  mumkin. 

Shuning uchun ham ko‘pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan 

firmalar  o‘z  xodimlaridan  chiroyli  kiyinishni  hamda  o‘z  tashqi  ko‘rinishlarini 

yaxshi  saqlashni  talab  qiladilar.  Bunda  tashqaridan  tashrif  buyurgan  insonlar 

kompaniya xodimining tashqiko‘rinishini tashkilotning jonli timsoli 

sifatida qabul qiladilar. 

Ishbilarmon  va  muvaffaqiyat  qozonayotgan  inson  harakatchan  bo‘lib, 

unda  faqat  o‘zininggina  emas,  balki  boshqalarning  ham  muvaffaqiyatini 

ta‘minlab  berish  uchun  etarli  bo‘lgan  kuch  va  ichki  energiya  mavjuddir.  Agar 

Sizda  o‘zingizning  tashqi  ko‘rinishingizni  sarishta  qilib  yurishga  vaqt,  kuch  va 

imkoniyat  hamda  aql-farosat  topilgan  ekan,  demak  Siz  xaqiqatan  ham 




344 

 

muvaffaqiyat  qozonishi  aniq  bo‘lgan  insonsiz.  Yaxshi  va  sarishta  kiyingan 



holatda Siz o‘zingizning fikringiz va qalbingizdagi idealga tobora yaqinlashasiz, 

ya‘ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o‘zida o‘zingiz intilayotgan ideal sifat 

bo‘lib qolasiz. 

Sizning  asosiy  vazifangiz  har  bir  turga  mansub  insonlar  ichki  dunyosiga  yo‘l 

topish, ularga o‘zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan va ishonchli inson 

sifatida ko‘rsatishdir. Xuddi shu vaqtning o‘zida ular Sizni o‘zlaridek omadli va 

aqlli  deb  qabul  qilishlariga  intilishingiz  lozim.  Boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda, 

Siz  o‘zingizni  shunday  ko‘rsatishingiz  kerakki,  ular  Sizda  o‘z  ideallarining  bir 

qismini ko‘rsinlar.  Ustki  kiyimning did  bilan  tanlanishi  bu xolda katta  yordam 

beradi.  Agar  Siz  qanday  turdagi  insonlar  orasiga  borishingizni  oldindan 

bilsangiz,  iloji  boricha  ular  kabi  va  o‘sha  erda  qabul  qilingan  libos  tanlash  va 

kiyinish  harakatini  qiling,  shunda  ular  Sizni  o‘z  odamlaridek  qabul  qiladilar. 

Agarda bunga qo‘shimcha ravishda salgina did bilan kiyinsangiz, Sizni juda ham 

omadli  inson  sifatida  qabul  qiladilar.  Kezi  kelganda  shuni  ham  aytib  o‘tish 

kerakki, boy  insonlar  bilan, davlat apparati  xodimi  bilan, uy  bekasi  yoki  talaba 

bilan  uchrashuvga  borilganda,  albatta  shunda  mos  ravishda  kiyinish  lozim 

bo‘ladi.  Lekin  shuni  ham  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  qimmat  va  didsiz 

kiyingandan ko‘ra, oddiy, lekin did bilan tanlangan libos kiyish ma‘qulroqdir.  

Insonning  o‘zini  tutishi,  mimikasi  va  o‘tirish  usuli  ham  muzokaralar 

natijasining  ijobiy/pozitiv  va  muvaffaqiyatli  bo‘lishiga  bevosita  ta‘sir  qiladi.  Siz 

bilan  muzokara  olib  borayotgan  tomonning  ruxiy/psixologik  holatiga  Sizning  u 

yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta‘sir o‘tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning 

emotsional  holatingiz  unga  bevosita  ta‘sir  o‘tkazadi.  Agarda  Siz  unga  nisbatan 

sokin  va  qiziqish  munosabatida  bo‘lsangiz,  u  ham  Sizga  shunday  munosabatda 

bo‘ladi.  Mabodo  Siz  unga  nisbatan  qo‘rqinch,  ishonchsizlik  bilan  muomala 

qilsangiz,  unga  ham  bu  munosabat  virusli  kasallikka  o‘xshab  o‘tib  qolishi 

mumkin.  Oyoqlarni  chalishtirib o‘tirish,  qo‘llarni ko‘krakda  birlashtirib o‘tirish, 



345 

 

barmoqlarni musht qilib tugish insonning xarakteri ochiq emasligini, qo‘rqinchni 



va xavfni bildiradi. Qo‘l bilan tez-tez harakatlar qilish, ko‘rsatgichbarmoq 

bilan so‘zini tasdiqlash muzokara olib borilayotgan tomonga qo‘shimcha manfiy 

ta‘sir  ko‘rsatadi.  Ishonch  va  yaqinlik  xissiyotlari  qo‘lni  ochiq  tutish  bilan,  tana 

a‘zolari  harakatlarini  engillik  bilan  bajarish  orqali  va  o‘zini  sokin  tutish  bilan 

hosil  qilinishi  mumkin.  Agarda  harakatlar  yurakdan  chiqarilsa,  u  sahiylikni, 

ko‘ngli tozalikni va sevgini bildiradi. Sevgi bor joyda hasadga va qo‘rqinchga joy 

yo‘q deb bejiz aytmaganlar, albatta. «

Har kim o‘ziga mos suhbatdosh bilan birga 

bo‘lishni  xohlaydi

»,  -  degan  fikrni  qo‘llash  ham  yaxshi  natijalarga  olib  keladi. 

Masalan,  Siz  o‘z  suhbatdoshingizning  diqqat-e‘tiborini  o‘zingizga  qaratmoqchi 

bo‘lsangiz,  uning  falsafasini,  intilishlarini  va  qiziqqan  narsalarini  o‘rganib 

chiqing hamda iloji bo‘lsa, suhbat paytida uning qo‘l va tana a‘zolarining maxsus 

va  diqqatga  sazovor  harakatlaridan  nusxa  oling  hamda  uni  maqsadga  muvofiq 

tarzda qo‘llang. Lekin buni shunday qilish kerakki, bu harakatlar yaqqol ko‘zga 

tashlanmasin,  ya‘ni,  me‘yor  bilan  va  odob  doirasida  amalga  oshirilsin. 

Muzokaralar  olib  borayotganda  suhbatdoshingiz  bilan  qanday  masofada 

gaplashayotganingiz ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Har bir insonning shaxsiy 

biomaydoni  xilma-xil  bo‘lgani  uchun,  shunday  masofa  tanlash  kerakki,  bunda 

uning  biomaydoniga  kirib,  uni  noqulay  ahvolga  solib  qo‘ymaslik  kerak.  O‘z 

ahamiyatingizni  oshirish  uchun,  masalan,  o‘zingiz  kresloga  o‘tirib, 

hamsuhbatlaringizni  stullarga  o‘tqazib  qo‘yishingiz  mumkin.  Hamsuhbatlar  bir 

xil  balandlikdagi  stullarda  o‘tirishganda,  Siz  sal  balandroq  stulda  o‘tirishingiz 

yoki tik turib gaplashishingiz mumkin. 

Tadbirkor sifatida biror-bir tovar yoki xizmatni kimgadir taklif qilayotganda 

aksariyat ko‘pchilik xollarda taklifingiz nayzalar bilan qarshi 

olinadi va ba‘zilar taklifingizga qat‘iyan qarshi bo‘ladilar. Bu xol Sizga ham ta‘sir 

qilib,  ishingizga  ishonchsizlik  tug‘dirishi,  olg‘a  qadam  bosishga  halaqit  berishi, 

noumidlik  xolatini  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Bunda  Sizdan  bir  narsa  talab 



346 

 

qilinadi,  ya‘ni  bu  xolatlarga  falsafiy  yondashish  va  ulardan  tegishli  xulosa 



chiqarish. 


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   449




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish