jalb qiluvchi ma‘ruzalar qilishda qanday qilib o‘z-o‘ziga ishonchni kuchaytirish
va ko‘pchilik oldida ma‘ruzalar qilishdan cho‘chimaslik qobiliyatini rivojlantirish
340
Birinchi qoida
: Ma‘ruzangizni o‘z maqsadingizga erishish yo‘lida kuchli
harakat va ehtiros bilan boshlang. Bilib qo‘ying, inson bolasi ega bo‘lgan hech
qanday qobiliyat unga yaxshi gapira olish san‘ati kabi tezlik bilan ko‘pchilikka
tanilish va hizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkonini yaratmaydi. Ta‘sirli
ommaviy ma‘ruzalar o‘qiy olish san‘atini mukammallashtirish uchun katta ruhiy
intilish lozim va shuning uchun ham qiziqish bilan ishga kirishing, orqaga
chekinish mumkin bo‘lgan barcha ko‘priklarni yoqib tashlang, shunda g‘alaba
Sizga yorbo‘ladi.
Ikkinchi qoida
: Nima haqda gapirayotganingizni va nimalarni tushuntira
olishingizni juda yaxshi, ipidan ignasigacha bilishingiz kerak bo‘ladi. Agar Siz
o‘z ma‘ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo‘lsangiz, Siz boshqa bir ko‘r kishini
etaklamoqchi bo‘lgan ko‘rga o‘xshab qolasiz. Agar Siz biror bir narsani
gapirishingiz kerak bo‘lsa, gapira olsangiz va bu sohani yaxshi bilsangizgina
ma‘ruza qiling. Gapirib bo‘lgandan so‘ng, minbarda ko‘p qolib ketmasdan
joyingizga o‘tiring. Agar ma‘ruza qilayotgan chog‘ingizda u bilan bog‘liq biror
nimanidir ko‘rsatsangiz yoki xayotiy misollarnamoyish
etsangiz, auditoriyaga mavzu yanada tushunarli bo‘ladi va Siz ham ko‘pchilik
oldida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz.
Uchinchi qoida
: Ma‘ruza bo‘layotganda o‘z-o‘zingizga va yoritilayotgan
mavzuga qat‘iy ishoning, aks xolda boshqalarni bunga ishontira olmaysiz.
O‘zingizni botir va har narsaga qodir his etish uchun butun irodangizni safarbar
qiling va shundagina qo‘rqinch hissiyotlari ishonch bilan almashiniladi.
Auditoriya oldida turganda taxminan 30 sekund davomida chuqur nafas oling –
bu Sizda kislorod tanqisligining oldini oladi. Yuragingiz qanchalik urib ketsa ham
hech cho‘chimasdan oldinga chiqing va o‘zingizni bu ish Sizga juda yoqimli
ekanini ko‘rsatishga harakat qiling. Gavdangizni to‘g‘rilang, tinglovchilarning
ko‘zlariga tik qarang va shunchalik ishonch bilan gapiringki, xuddi ular Sizdan
ma‘lum bir miqdorda pul qarzday bo‘lsin. Ular bu erga to‘lov muddatini
kechiktirish uchun kelishgan deb faraz qiling. Asabiy holatda kostyumning
341
tugmalarini echib va yana taqib harakat qilmang, qo‘lingizdagi narsani asabiy
holatda u qo‘ldan bu qo‘lga olishni bas qiling va aslo qo‘lingiz bilan ma‘nisiz
harakatlar qilmang. Agar asabiy harakatlardan to‘xtash Siz uchun qiyin bo‘lsa, u
xolda qo‘lingizni orqaga qilib, barmoqlaringizni qimirlating yoki oyoqlaringiz
barmoqlarini qimirlating, toki bu harakatlarni hech kimsa ko‘rmasin. Mebel yoki
boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakatqilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: