3-topshiriq. Tahrir haqidagi matnni o`qing, matn mazmunidan kelib
chiqib 10 ta savol tuzing.
Matnniqisqartirishquyidagiyo‗llarbilanamalgaoshiriladi:
- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‗laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni
qisqartirish, qo‗shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni
qisqartirish;
- birikmalarni ma‘nodosh so‗zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‗iq gaplarga,
qo‗shma gaplarni sodda gaplarga, ko‗chirma gaplarni o‗zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birikmalarni va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
Masalan:
ad. – adabiy, kg. – kilogramm, g. – gramm, t. – tonna, sm. –
santimetr, m. – metr, ga. – gektar, min. – minut, sek. – sekund kabi.
Qisqartma otlarni yozishda ham har xillikka yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi.
Masalan,
O‗zb. Respublikasi, O‗z. Respublikasi, O‗z. Resp., O‗zb. Respublikasi,
O‗z. Respublikasi, O‗z. Resp-si
tarzida emas, balki
O‗zR
yozilishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
204
Tahrir ma‘naviyat, madaniyat va ma‘rifatga bevosita daxldor jarayondir.
Respublikamizda tahrir ishlariga alohida ahamiyat berilgan hamda nashriyot,
matbuot haqidagi qonunlar va qarorlar e‘lon qilingan.
Tahrirning shakllanishi bosmaxonalar va nashriyotlar faoliyati bilan
bevosita bog‗liq. Nashr va noshir tushunchalari bir-biriga bog‗liq. Nashr turlari va
xillari rang barangdir va ularning tahririda o‗ziga xos talab, muammolar mavjud.
Siyosiy, ijtimoiy-ommaviy, adabiyotlarning matnini tahriridagi asosiy
mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik va
safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‗chirma (sitata)bozlikdan qochish
zarur.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‗ziga xoslik- tashviqot va
targ‗ibot bo`lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‗llash tamoyillariga e‘tibor
beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‗llashning o‗ziga xosligi – ommaviylik
va tushunarlilik, ta‘sirchanlik ta‘minlovchi omillarga asoslanadi. Ijtimoiy- siyosiy
nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim.
Ilmiy va texnikaviy nashrlar oldiga qo‗yiladigan talablar juda jiddiydir va
nashrning kimga mo‗ljallanganliga bog‗liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va
ularning lisoniy-uslubiy, matniy o‗ziga xos bo‗lilb, ularning turlari va ularning
bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy–texnikaviy adabiyotlarda milliy
atamalardan, ko‗chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi:
bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta‘riflash, tahlil va
muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‗ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil
ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida
ahamiyatga ega.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma‘rifiy maqsadga yo‗naltirilgan bo‗ladi
va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy ommabop bayon oldiga
qo‗yiladigan asosiy talablar - matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga
205
asoslanadi. Sof ilmiy bayondan ―qochish‖ zarur. Ilmiy ommabop nashrlar uchun
xos bo‗lgan matniy, lisoniy- uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‗p bo‗lib, birlamchi va ikkilamchi
axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda
axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining
ustuvorligiga e‘tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‗ljallanganligi va bayon
uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‗rsatgichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar,
referativ to‗plam yoki maxsus nashlarni tahrir qilish talablari o‗ziga xosdir:
ularning matniy tuzulishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
O‗quv qo‗llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq
qiladi. Bu o‗qish va o‗qitishning turlari, xillari bilan bog‗liq.
Bildirgich
adabiyot
turlariga:
qomuslar,
lug‗atlar,
bildirgichlar
kiradi.Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy,
kasbiy. Bular hajman turlicha bo‗lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‗ziga xos
qoida va mezonlari mavjud. Lug‗atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy
lug‗atlar, tarjima lug‗atlari, izohli lug‗atlar, imlo lug‗ati, talaffuz lug‗ati; sheva va
lahja lug‗atlari, olinma (o‗zlashtirma) so‗zlar lug‗ati, terminlar va kasb-hunar
lug‗ati. Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Badiiy adabiyotning tur va xillari rang-barangdir. Adabiy-badiiy asarning
o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lib, badiiy asar matni tahriri oldiga qo‗yiladigan
talablar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |