Nashr turlari va xillari rang-barangdir va ularning tahririda o‗ziga xos talab,
asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik
va safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‗chirma (sitata)bozlikdan
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‗ziga xoslik - tashviqot va
targ‗ibot bo‗lib, unda lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‗llash tamoyillariga
e‘tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‗llashning o‗ziga xosligi –
ommaviylik, tushunarlilik va ta‘sirchanlikni ta‘minlovchi omillarga asoslanadi.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish
nashrning kimga mo‗ljallanganligiga bog‗liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va
lisoniy-uslubiy, matniy o‗ziga xos bo‗lib, ularning turlari va ularning bayon qilish
tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan,
bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta‘riflash, tahlil va
muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‗ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil
ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida
209
Ilmiy-ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma‘rifiy maqsadga yo‗naltirilgan bo‗ladi
va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy-ommabop bayon oldiga
qo‗yiladigan asosiy talablar - matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga
asoslanadi. Sof ilmiy bayondan ―qochish‖ zarur. Ilmiy-ommabop nashrlar uchun
xos bo‗lgan matniy, lisoniy, uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‗p bo‗lib, birlamchi va ikkilamchi
axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda
axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining
ustuvorligiga e‘tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‗ljallanganligi va bayon
uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‗rsatkichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar,
referativ to‗plam yoki maxsus nashrlarni tahrir qilish talablari o‗ziga xosdir:
ularning matniy tuzilishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Bildirgich adabiyot turlariga: qomuslar, lug‗atlar, bildirgichlar kiradi.
Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy, kasbiy.
Bular hajman turlicha bo‗lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‗ziga xos qoida va
mezonlari mavjud. Lug‗atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‗atlar,
tarjima lug‗atlari, izohli lug‗atlar, imlo lug‗ati, talaffuz lug‗ati; sheva va lahja
lug‗atlari, olinma (o‗zlashtirma) so‗zlar lug‗ati, terminlar va kasb-hunar lug‗ati.
Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Matnni tahrir qiluvchi matn bibliografiyasiga, keltirilgan ko‗chirmalarning
yozilishiga e‘tibor berishi lozim. Masalan, bibliografik ma‘lumotlar quyidagi
tartibda beriladi: muallif (familiyasi, ismi, otasining ismi), asarning umumiy
sahifasi: Do‗stmurodov R.D., Fayziyev SH.N. Audit- T., «IQTISOD–MOLIYA»,
2008, 178-b; Abdurahmonov G‗. So‗z mulkining sultoni // O‗zbek tili va adabiyoti,
2002, 1-son, 20-23 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: