O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


-topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/449
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#311066
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   449
Bog'liq
Ўзбек тилини соҳада қўлланилиши мажмуа 2020 2021

8-topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda 

keltirilgan. Har biriga yuqoridagi matndan foydalanib misollar toping. 

 

 

Xususiyati 

 

Misollar 

Rasmiy so`z  

boyligi 

Turizm  marketingida  marketing  rejalashtirish  

jarayoni… 

Havolalarning  

ishlatilishi 

 

 

Shaxssiz  usul 

 

 

Uzun,  murakkab 

gaplar 

 

 

9-topshiriq. ―Tushunchalar tahlili‖ metodi.  

Har bir tushunchaning tahlilini 

toping. Quyidagilarning moslarini topib birlashtiring. 

Tushunchalar 

 

Tushunchalar tahlili 

Tahlil qilmoq

 

Dalillar keltirish 

Baholamoq

 

Murakkab mavzuni qismlarga bo‘lgan holda 

yetkazish 

Tasvirlamoq

 

Mavzuni bo‘limlarga bo‘lish va har biri 



199 

 

to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tish 



Muhokama qilmoq

 

Mavzuni qismlarga bo‘lgan holda tahlil qilish 

va aloqadorlikni ko‘rsatib berish 

Sinovdan o‘tkazmoq

 

Taklif kiritish va uning ijrosini ta‘minlash 

Misol keltirmoq

 

Biror narsa haqida to‘liq ma‘lumot berish 

Tafsilotlarni bermoq

 

Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish 

Taklif qilmoq

 

Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan 

holda  uning kamchilik va ustunlik 

tomonlarini tahlil qilish 

Umumlashtirmoq

 

Mavzuning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritish 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


200 

 

12-mavzu. Matn tahlili va tahriri 



1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni og‘zaki so‘zlab bering. 

 

 



 

 

 



 Matnni  tahrir  qilish  uchun  dastlab  u  bilan  yaxshilab  tanishib,  to‗lig‗icha 

o‗qib  chiqish,  masalaning  mohiyatini  tushunib  olish  lozim.  Birinchi  o‗qishdanoq 

tuzatishlar  kiritishga  shoshilish  xatoliklarga  olib  kelishi,  bu  tuzatishlar  muallif 

muddaosini  anglamasdan  amalga  oshirilgan  bo‗lishi  mumkin.  Matn  haqida 

tasavvurga  ega  bo‗lingandan  keyin,  matn  til  jihatdan  tahrir  qilinadi.  Bunda 

so‗zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham  e‘tibordan 

chetda  qoldirilmaydi.  Mana  shu  tuzatishlar  jarayonida  asosiy  matndagi  ba‘zi 

o‗rinlar kyengaytirilishi, olib tashlanishi, o‗zgartirilishi mumkin. 

Tahrir  usulida  asosiy  e‘tibor  matn  talqin  (variant)larini  qiyoslashga 

qaratiladi.  Bunda,  ya‘ni  qiyoslash  jarayonida,  tabiiyki,  tuzatishlar  kiritiladi, 

natijada  matnning  ikki  talqini  yuzaga  keladi:  birinchisi,  muvaffaqiyatsiz  chiqqani 

bo‗lsa,  ikkinchisi  tuzatilgan  namunasi.  Axborot  texnologiyalari  rivojlanayotgan 

hozirgi  vaqtda  matnni  qiyoslash  usulida  yangi  qadam  tashlandi.  Bunga 

muharrirning  mehnati  zamonaviy  texnika  vositalari  bilan  ta‘minlanganligi  sabab 

bo‗ldi.  Muharrir  matn  talqinlarini  qiyoslash  uchun,  ularni  bir  vaqtda  displey 

ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‗ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki, ikki 

qiyoslanuvchi  talqin  muharrir  ko‗z  o‗ngida  yaqqol  namoyon  bo‗ladi  va  qulaylik 

tug‗diradi. 

 

Biror  so‗z  yoki  biror  iboraning  ma‘nosi  haqida  fikr  bildirishda  uning  turli 



muqobillari  bilan  izohlash  mumkin.  Tilshunoslik  tajribasi  shuni  ko‗rsatadiki, 

―pishib  yetilmagan‖  so‗zlarni  ikkinchisi,  ya‘ni  maqbul  varianti  bilan  almashtirib 

Tahrir  ma‘naviyat,  madaniyat  va  ma‘rifatga  bevosita  daxldor 

jarayondir.  ―Tahrir‖  so‗zi  arabcha  bo‗lib,  ―



yozma  ishni,  asarni  tuzatishlar 

kiritib yaxshilash, tuzatish‖ 

 ma‘nolarini anglatadi.  

 



201 

 

yoki o‗rnini, ifodasini o‗zgartirib erkin birikmaga kirishida ma‘naviy farqlanishini 



kuzatish zarur. 

Muharrir  matn  bilan  tanishar  ekan,  u  haqiqiy  mutaxassis,  bilimdon  sifatida 

namoyon  bo‗lishi  kerak.  Tafsilotlarga    chuqur  va  keng  qamrovli  nazar  tashlay 

olganlargina  ishining  haqiqiy  ustasi  sifatida  muharrirlikni  kasb  qilib  olgan 

«hunarmand»lardan  farq  qiladi.  O‗z  ishining  haqiqiy  bilimdonigina  arzimasdek 

tuyulgan g‗ayriodatiy narsada ham katta ma‘no ko‗radi, zero uni chuqur tushunadi. 

Muharrir  mutolaasi  ko‗p  jihatdan  ilmiy  mutolaaga  o‗xshab  ko‗rinadi.  Har  ikkala 

o‗qishda ham tushunarsiz bo‗lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz 

ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib 

ko‗rish,  mazkur  mavzu  bo‗yicha  adabiyotlar  bilan  tanishish  shart.  Lekin,  shuni 

unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‗la aynanlikka erishish amrimahol. 

Mohirona  amalga  oshirilgan  tuzatishlar  matnning  yaxlitligi  va  mazmuniy 

uyg‗unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni 

istisno etadi, muallif fikrini, g‗oyasini oydinlashtiradi.  Muharrirlik 

faoliyati 

andozaviylikni  mutlaqo  rad  etadi.  Zero,  tuzatishning  har  qanday  matnga  nisbatan 

qo‗llash  mumkin  bo‗lgan  qolipi  yo‗q.  Muharrir  tuzatish  usulini  o‗zi  tanlash 

huquqiga  ega,  lekin,  bu  usul  to‗g‗ri,  asoslangan  bo‗lishi  lozim,  Shuningdek,  uni 

to‗g‗ri qo‗llay bilishi ham kerak. 

 

 



 

 

 



 

Musahhih  va  muharrir  o‗qishidagi  maqsad  alohida,  boshqa-boshqadir. 

Musahhih  chop  etishga  tayyorlangan  matnni  o‗qish  jarayonida  uning  tahrirdan 

chiqqan,  muallif  bilan  kelishilgan  va  tasdiqlangan  matniga  to‗la  mos  ekanligiga 

erishadi.  Matnni  imloviy,  tinish  belgilari  bilan  bog‗liq  xatolardan  holi  qiladi. 

Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini 

Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‗rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar: 

a) o‗qib tuzatish;  b) qisqartirib tuzatish; 

s) ishlov berib tuzatish;  d) o‗zgartirib tuzatish. 

 



202 

 

ta‘minlaydi. Izohlar matndagi ko‗rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‗g‗riligini 



tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi. 

 

Muharrirning  o‗qib  tuzatishidan  maqsadi  matnni  sidirg‗a  o‗qishdan  iborat. 



Muharrir  bu  tur  o‗qishni  amalga  oshirganda  uning  mazmuni,  tuzilishi 

(kompozitsiyasi)dagi,  shuningdek,  uslubiy  xatolarni  aniqlaydi.  O‗qish  jarayonida 

muharrir  geografik  nomlar,  shaxslar  ismi  va  familiyalari,  taHalluslari  bir  xil 

berilishi,  iqtiboslar,  raqamlar,  sanalar  aniq  bo‗lishiga  e‘tibor  qaratadi,  uzunlik, 

miqdor  o‗lchamlarining  o‗rinliligi  va  to‗g‗riligini  tekshiradi.  Shuningdek, 

sarlavhalarning matn bilan uyg‗unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, 

chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga  kiradi. 

 

Ayrim  hollarda  bunday  o‗qish  tahririyatning  malakali  va  tajribali 



mutaxassisiga  topshiriladi,  lekin,  u  materialni  tayyorlagan  muharrirning  zinhor 

o‗rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‗rsatish, 

tuzatish  emas.  Ammo,  tabiiyki,  aniq  ko‗rinib  turgan  punktuatsion,  grammatik, 

imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun, bunday o‗quvchining malakasi 

juda  yuqori  bo‗lgan  taqdirda  ham  mazkur  jarayonda  yetakchi  muharrir  ishtirok 

etadi va muammolarni hal qiladi. 

 


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   449




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish