138
ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini
ko'p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo'lmagan holatda har bir
ishchi o'rtacha 20 ta to'g'nog'ich yasashi mumkin ekan.
O'n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o'rnatiladi: biri simni
tortadi,2-si to'g'rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini o'tkirlaydi va hokozo. Bu kuniga
4800 ta to'g'nog'ich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta
oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati to'g'risidagi bu misol klassik bo'lib ketgan
va hamma erda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va mohirligi
oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o'tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi
(dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish
uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug'diradi, ya'ni
takrorlanadigan jarayonlar mashina qo'llashga qulaylik yaratadi.
Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli
mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat
quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining
roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to'g'ri yoritgan. Uningcha
ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil:
aholining unumli mehnat
bilan shug'ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi
bilan
belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo'lib, u mehnat taqsimoti
bilan bevosita bog'liqdir.
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil
operasiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon
bo'lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o'rtasidagi farq odamlarning
tabiiy ko'rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati
oqibatidadir. Faylasuf aravakashdan tug'ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa
turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha
mukammal va bozor qancha keng bo'lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun
shuncha keng sharoit bo'ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo'ladi va
mehnat unumdorligining o'sishi ham qiyinlashadi.
A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli
korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o'rtasida prinsipial farq yo'q deb hisoblaydi.
Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura bo'lib, mehnat taqsimoti esa odamlar
hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan birga ob'ektiv sharoitni hisobga olib,
manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina
sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: