O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
QISQACHA XULOSALAR 
 
XVII-XVIII  asrlarda  qulay  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  dastlab  Angliyada 
klassik  iqtisodiy  maktab  kurtaklari  paydo  bo'la  boshladi.  Bu  yangi  iqtisodiy 
g'oyalar  V.Petti  nomi  bilan  bog'liq  (burjua  inqilobi,  manufaktura  va  savdoning 
rivojlanganligi,  agrar  islohot,  dehqonlarning  chegaralanishi,  mustamlakachilik 
siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar).  
Klassik  iqtisodiy  maktabning  shakllanishi  avvalgi  g'oya  merkantilizmdan 
prinsipial  farq  qiladi,  agar  merkantilizmda  boylikning  asosi  muomala  sohasi 
(javohir, oltin, kumush, pul,  savdo  saldosi)da  vujudga  keladi  deb  qaralgan  bo'lsa, 
endi  boylik  ishlab  chiqarish  sohasida  vujudga  keladi  deb  isbotlab  berildi.  V.Petti 
yangi  kapitalistik  jamiyatni,  erkin  tadbirkorlikni,  kapitalistlarni  himoya  qildi, 
xususiy mulkni «muqaddas» va «dahlsiz» deb bildi.  
U  iqtisodiy  tadqiqotda  tabiiy  fanlarni,  ya'ni  abstrakt  usullarni  qo'llab  har  bir 
masalaning  ichki  bog'liqligiga  asosiy  e'tiborni  qaratdi,  matematik  va  statistik 
usullardan  keng  foydalandi.  V.Petti  «tabiiy  baho»  (qiymat),  «siyosiy  baho» 
tushunchalarini  kiritdi,  tovar  qiymatining  unga  sarflangan  mehnat  miqdori  bilan 
o'lchanishi  g'oyasiga,  ya'ni  qiymatning  mehnat  nazariyasiga  asos  soldi.  «Mehnat 
boylikning  otasi,  er  esa  uning  onasidir»  degan  fikrni  bildirdi.  Qiymatni  aynan 
almashuv  qiymati  (pul)  shaklida  tushundi.  Ish  haqi  ishchilarga  tirikchilik  uchun 
zarur  bo'lgan  jismoniy  minimum,  ya'ni  «yashash,  mehnat  qilish  va  ko'payish» 
uchun kerak darajada to'lansa bas, degan g'oyani ilgari surdi.  
Kapitalistlarning  foydasini  imkoni  boricha  oshirishni,  ishchilarning  soliq 
to'lashlarini  zarur  deb  bildi.  Pulning  roli  va  uning  mamlakatdagi  miqdori 
masalalarini  asosan  to'g'ri  hal  etdi,  ya'ni  pul  miqdori  ishlab  chiqarilgan  mahsulot 
miqdoriga  to'g'ri,  pulning  aylanish  oborotiga  esa  teskari  proporsionalligini 
aniqladi.  Pulning  me'yorda  bo'lishini  qo'llab-quvvatladi.  Er  va  renta  masalalarini 
ancha  puxta  ishlab  chiqdi.  Ish  haqi  va  rentaning  bir-biriga  qarama-qarshiligini 
isbotladi (er bahosini to'g'ri hal etmadi).  
Petti  «Siyosiy  arifmetika»  va  boshqa  asarlarida  statistika,  aniqrog'i 
demografik  statistika  faniga  asos  soldi.  «Aholi  -  boylik  asosi»  masalasini  to'g'ri 
qo'ydi.  Milliy  daromad  masalasini  qo'ydi  va  uni  qisman  hal  etdi.  Fransiyadagi 
klassik  iqtisodiy  maktabning  dastlabki  vakili  P.Buagilber  ham  muhim  g'oyalarni 
ilgari  surdi.  Bu  mamlakat  ahvoli  Angliyanikidan  ancha  katta  farq  qilardi.  Shu 
sababli iqtisodiy qarashlarda o'ziga xoslik seziladi.  


 
131 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish