O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Fransiyaning  to'la  tavsifi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Fransiyaning  to'la  tavsifi
»,  «
Fransiya 
to'g'risida  varaka
»,  «
Boyliklar  tabiati  to'g'risida  traktat
»  va  boshqalardir. 
Uning  ayrim  asarlari,  masalan,  1707  y.  2  jildda  chiqarilgan  «Fransiya  ayblari» 
kitobi  ta'qiqlangan.  Ularda  Fransiyaning  shu  davrdagi  og'ir  iqtisodiy  ahvoli  to'la 
yoritib  berilgan,  ayniqsa  qishloq  xo'jaligining  orqada  qolish  sabablari  to'g'ri 
berilgan. Xalq xo'jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib borilayotgan iqtisodiy 
siyosatning,  Kolber  (moliya  boshlig'i)  va  boshqalarning  merkantilistik  qarashlari 
fosh  etilgan.  U  faqat  sanoat  rivojini  bir  tomonlama  qo'llab-quvvatlashga  qarshi 
chiqdi.  Qishloq  xo'jaligi  manfaatlarini  himoya  qildi,  don  eksportini  cheklashga 
qarshi chiqdi, soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo'ldi, u ezilgan xalq ommasining 
ahvolini  yaxshilash  tarafdori  edi  (V.Petti  bilan  solishtiring).  Olib  borilayotgan 
iqtisodiy siyosat xo'jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, 
avvalgi  davrdagi  to'kin-sochinlikni  qaytarish  uchun  mo''jiza  qilish  shart  emas, 
tabiat  ustidan  bo'layotgan  doimiy  zo'ravonlikka  chek  qo'yish  etarlidir.  Olimning 
fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-
qarshi  bo'lmasligi  kerak.  Bu  g'oya  shundan  iboratki,  unga  ko'ra  iqtisodiyotda 
shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada 
ham shunday).  
Shunga  mos  ravishda  u  tabiatning  talablari  nimadan  iborat  ekanligini  ochib 
berishga  uringan,  ob'ektiv  qonuniyatlarni  o'rganishga  kirishib,  ilmiy  tahlil  qilish 
yo'li  sari  yirik  qadam  tashlagan.  Ammo  shu  bilan  bir  vaqtda  u  xo'jalikdagi 
hodisalarni  tabiiy  va  tabiiy  bo'lmaganlarga  ajratib,  avvalgisini  himoya  qildi  va 
keyingisini  qoraladi.  Buagilber  o'zi  taklif  etgan  siyosatni  amalda  isbotlovchi 
nazariyani  yaratishga  intildi.  Uning  iqtisodiy  qarashlari  ko'p  jihatdan  V.Pettiga 
o'xshab,  mamlakatning  iqtisodiy  o'sishi  nima  bilan  bog'liq  degan  savolga  javob 
topish edi. Buagilberni ko'proq va asosan Fransiya iqtisodining turg'unlik holati va 
uning  orqaga  ketishi  sabablari  qiziqtirardi.  Bundan  u  umuman  nazariy  masalalar, 
masalan,  xalq  xo'jaligida  qanday  qonuniyatlar  harakat  qiladi  va  uning  rivojini 
ta'minlaydi, degan masalaga o'tdi.  
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni «optimal baho paydo 
bo'lishi» masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning eng 
muhim  sharti  proporsional  va  normal  baholar  hisoblanadi.  Xo'sh,  bu  baholar 
nimadan  iborat?  Avvalo,  bu  baholar  o'rtacha  har  bir  sohadagi  ishlab  chiqarish 


 
128 
harajatlarini qoplashga yordam berishi va ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. 
Aks  holda  ishlab  chiqarish  bo'lmaydi,  undan  so'ng,  bu  shunday  baholarki,  unda 
tovarlarni  realizasiya  qilish  jarayoni  bekamu-ko'st  davom  etishi  va  barqaror 
iste'mol  talabi  qondirilishi  kerak.  Va  nihoyat,  bu  shunday  baholarki,  pullarning 
«o'z  o'rni  bo'lib»,  ular  to'lov  oborotini  bajarishi  va  odamlar  ustidan  hukmronlik, 
zo'ravonlik qila olmasligi zarur.  
Xalq  xo'jaligi  proporsionalligi  ifodalangan  baholar  qonunini,  aslida  esa 
qiymat  qonunini  tushunish  yangi  va  ilg'or g'oya  edi. Olimning asosiy  asarlari  shu 
g'oyalar  bilan  bog'liq.  Iqtisodiyotda  «optimal  baholar»ni  qanday  ta'minlash 
mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday strukturasi raqobat erkinligi 
sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi.  
Erkin  raqobat  sharoitining  buzilishi  Fransiyada  donga  maksimal  baholarning 
qo'yilganligidir,  deydi  u.  Uningcha,  donga  erkin  baholar  belgilansa,  baholar 
birmuncha  oshadi,  bu  dehqonlarning  daromadini  oshiradi  va  ularning  sanoat 
tovarlariga  talabini  ko'taradi, oqibatda  bu mahsulotlarni ishlab  chiqarish ortadi va 
hokazo.  Bunday  zanjirli  reaksiyalar  bir  vaqtning  o'zida  «proporsional  baholar» 
o'rnatilishiga va xo'jalikning ravnaqiga olib keladi.  
Demak,  Buagilber  iqtisodiy  erkinlik  tarafdori  edi  va  talabga  qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor 
etmadi: bu o'sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy 
edi.  Uningcha,  davlat  to'g'ri  soliq  tizimi  orqali  mamlakatda  iste'mol  va  talabni 
yuqori  darajada  ta'minlashi  mumkin.  Agar  iste'mol  sarflari  oqimi  pasaysa, 
tovarlarni  sotish  va  ishlab  chiqarish  keskin  kamayadi.  Agar  kambag'allar  ko'proq 
ishlab  topsalar,  soliqlarga  kam  sarf  qilsalar,  ular  o'z  daromadlarini  tez  sarflashga 
moyildirlar.  Boylar  esa,  aksincha,  o'z  daromadlarini  saqlashda  va  demak, 
mahsulotni sotishda qiyinchilik tug'dirishiga olib keladi.  
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz yillikdagi 
rivojiga  katta  ta'sir  etdi.  Jamiyat  boyligi  va  iqtisodiy  o'sish  bo'yicha  prinsipial 
jihatdan ikki xil qarash mavjud.  
Birinchisi  bo'yicha  ishlab  chiqarishning  o'sishi  jamg'arish  hajmi  (ya'ni 
jamg'arma  va  kapital  qo'yilmalar)ga  bog'liq.  Bunda  to'lovlarga  talab  avtomatik 
ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko'ra, ortiqcha ishlab chiqarish 
inqirozlari bo'lishi inkor etiladi.  
Ikkinchi  pozisiya  bo'yicha  iste'mol  talabi  ishlab  chiqarishning  yuqori 
sur'atlarda o'sishini qo'llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma'lum ma'noda 
mana  shu  pozisiya  tarafdori  edi  va  u  qonuniy  ravishda  iqtisodiy  inqirozlar 
muammosini keltirib chiqargan.  
Buagilber inqiroz hodisasini xo'jalikning ichki qonuniyatlari bilan emas, balki 
yomon  davlat  siyosati  bilan  bog'laydi.  Uningcha,  yaxshi  siyosat  olib  borish  yo'li 
bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chetlab o'tish mumkin. Bu masala 
juda  murakkab  bo'lib,  Seyga  tegishli  (buni  keyin  qarab  chiqamiz)  «
bozorlar 
qonuni
»ga asos bo'lgan deyish mumkin, ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida 
mahsulotlarning  ortiqcha  ishlab  chiqarilishi  mumkin  emas  (inqirozlar  bo'lmaydi). 
Aksincha, 
Shumpeter
ning fikricha, Buagilber iste'mol talabining etarli emasligi va 
jamg'arma  ortiqchaligi  sababli,  o'sha  davrdagi  tizim  uchun  inqiroz  xavfi  bo'lib, 
tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.  


 
129 
Buagilber  o'zining  «

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish