O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Zidlov munosabatli qo‘shma gaplar



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

Zidlov munosabatli qo‘shma gaplar 

Bir-biriga  mos  kelmaydigan,  zid  voqea-hodisalarni  ifodalashda  ikki  qismli 

(bunday gaplar yopiq strukturali bo„ladi) turli xil qo„shma gaplardan: bog„lovchili 

(ko„pincha)  -  ergashgan  qo„shma  gaplar  va  bog„langan  qo„shma  gaplar, 

shuningdek,  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplardan  foydalaniladi.  Masalan:  Aytish 

oson,  lekin  monelikni  bartaraf  etmoq  mahol  (N.)  -  bog„langan  qo„shma  gap; 

Navoiy o„ttizdan oshmagan bo„lsa ham, yoshi ulug„roq ko„rinadi (N.) - ergashgan 

qo„shma gap; - Mayli, azaldan shunday, dehqon qo„zg„olon ko„taradi, podsho ezib 

tashlaydi. (N.) - bog„lovchisiz qo„shma gap. 

Zidlik mazmuni bog„langan qo„shma gap, bog„lovchisiz qo„shma gap hamda 

ergashgan qo„shma gaplarda aniq ifodalanadi. «Komponentlari ammo, lekin, biroq 



 

31 


bog„lovchilari orqali bog„langan qo„shma gaplarda ham ko„pma‟nolilik hodisasini 

kuzatish  mumkin.  Bunday  qo„shma  gaplar  uchun  «zidlik»  semasi  invariant 

hisoblanadi.  Bevosita  «zidlik»  semasi  o„sib  chiqqan  va  unga  bog„liq  bo„lgan 

«qiyos»,  «izoh»,  «shart»,  «to„siqsizlik»  ma‟no  munosabatlari  bunday  modeldagi 

qo„shma gaplarning farqlovchi semalari hisoblanadi».

26

  



Yuqorida keltirilgan – Mayli, azaldan shunday, dehqon qo„zg„olon ko„taradi, 

podsho  ezib  tashlaydi  bog„lovchisiz  qo„shma  gapi  qismlaridan  anglashilgan 

mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo„yilgan. Mazkur qo„shma gap qismlari orasiga 

zidlov bog„lovchisi qo„yilsa, bog„langan qo„shma gapga aylanadi. 

Demak, tahlil etilayotgan bog„lovchisiz qo„shma gap bog„langan qo„shma gap 

bilan  sinonim  bo„ladi.  Yа‟ni:  Mayli,  azaldan  shunday,  dehqon  qo„zg„olon 

ko„taradi, ammo podsho ezib tashlaydi. 

Shuningdek,  mazkur  bog„lovchisiz  qo„shma  gap  to„siqsiz  ergash  gapli 

qo„shma  gap  bilan  ham  sinonimik  qatorni  hosil  etadi:-  Mayli,  azaldan  shunday, 

dehqon qo„zg„olon ko„tarsa ham, podsho ezib tashlaydi. 

Aytish joizki, matn tarkibida ma‟lum bir bog„lovchining faollashuvi ko„pgina 

holatlarda  muallifning  shaxsiy  lisoniy  qobiliyati  yoki  ko„zlanayotgan 

kommunikativ maqsadi bilan bog„liqdir. Masalan, badiiy asarlar tilida ammo, lekin 

bog„lovchilari  bilan  bog„langan  qo„shma  gaplar  ko„p  miqdorni  tashkil  etadi. 

Ayniqsa, ularning matn tarkibida sodda gaplar bilan ma‟lum bir mazmuniy aloqaga 

kirishib  kelishi  ahamiyatga  molik:  Lekin To„g„onbek ochdan o„lishga  rozi bo„lsa 

ham,  bu  buyumdan  ajralishni  istamasdi  (N.)  gapidan  oldin  Sotilgudek  narsadan 

unda  sopi  fil  tishi  va  kumush  bilan  ishlangan  bir  xanjargina  bor  jumlasi 

qo„llanganki, ular o„z mazmuni bilan biri ikkinchisining tarkibiy qismiga aylangan 

va yaxlit holda zidlik munosabatini ifodalaydi. 

Ma‟lumki,  ammo,  lekin,  biroq  bog„lovchilarining  qo„llanish  doirasi  matnda 

ifodalanayotgan  axborot  mazmuniga  mos  ravishda  chegaralangan  bo„lib,  ulardan 

ammo  bog„lovchisida  zidlik  ma‟nosi  biroq,  lekin  bog„lovchilariga  nisbatan 

kuchsizdir,  shuningdek,  u  chog„ishtirish,  qiyoslash  munosabatini  ham  ifodalash 

                                                 

26

 Roziqova G. O„zbek tilida sintaktik polisemiya. NDA. – Toshkent, 1999, 18-b. 




 

32 


xususiyatiga  ega.  Ba‟zan  ammo  bog„lovchili  qo„shma  gaplar  tarkibida  –u(-yu),  -

ku,  -ya,  -da  yuklamalari  ishtirok  etib,  u  qaysi  komponent  tarkibida  ishtirok  etgan 

bo„lsa, shu komponent semantikasini ta‟kidlab, kuchaytirib keladi. –u(-yu), -ku, -

ya  yuklamalari  asosan  birinchi  komponent  predikatiga  qo„shilib  keladi  va  zidlik 

ma‟nosini  yanada  kuchaytiradi.  –da  yuklamasi  ikkinchi  komponent  predikatiga 

qo„shilib, shu komponent ifodalagan ma‟noning ekspressivligini oshiradi

27



Zidlik  mazmunini  ifodalovchi  bog„lovchili  qo„shma  gaplar  o„ziga  xos 



intonatsiyaga  ega  bo„lib,  ularda  ham  qarama-qarshilik,  to„siqsizlik  ma‟nolari 

bo„ladi.  Qiyoslang:  1.Samarqanddan  sayohat  uchun  katta  ammamiz  Xonzoda 

begim  kelibdilar,  hanuz  ko„rishganimizcha  yo„q  (A.yo.);  Samarqanddan  sayohat 

uchun  katta  ammamiz  Xonzoda  begim  kelibdilar,  lekin  hanuz  ko„rishganimizcha 

yo„q.  2.  Xayr,  biz  ko„p  so„zladik,  hanuz  tinglamadingiz  (N.);  Xayr,  biz  ko„p 

so„zladik, biroq hanuz tinglamadingiz.  

Aynan  shu  qolipli  sintaktik  qurilmalarning  keng  qo„llanishi  tabiiy  holdir. 

Zero,  zidlov  bog„lovchilarining  asosiy  vazifalaridan  biri  nutqiy  birikma  tarkibiga 

to„siqsiz  ergash  gapni  kiritishdir.  Shuningdek,  to„siqsiz  ergash  gapni  bosh  gapga 

bog„lovchi  vositalar  yordamida  tuzilgan  qo„shma  gaplarda  zidlik  mazmuni 

birmuncha ifodaliroq, ta‟sirliroq sezilishi ma‟lumdir.  

Shuningdek,  to„siqsiz  ergash  gapli  qo„shma  gaplar  tarkibida  zidlovchi 

bog„lovchining  qo„llanishi  zidlik  mazmunini  yanada  bo„rttirib  ko„rsatadi:  Amir 

Mo„g„ul  o„zga  ishlarda  qalloblik,  zo„ravonlik,  chatoqlikni  afzal  ko„rsa-da,  biroq 

qimorda  taomil  va  qoidani  hurmat  qilar,  yutqizmagan  zamonlarida  hatto  mardlik 

ham ko„rsatib qo„yar edi (N.). 




Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish