O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


-bob. O‘zbek tilida qo‘shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar tahlili



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

1-bob. O‘zbek tilida qo‘shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar tahlili 

 

Tilshunoslik  fani  taraqqiyotining  hozirgi  davrigacha  tilning  ichki  sistemasi 



muammolari  atroflicha  o„rganildi.  Bunday  ulkan  yutuqlarni  umumiy  tilshunoslik 

doirasida  ham,  xususiy  tilshunosliklarda  ham  bemalol  kuzatish  mumkin.  Bu  davr 

ichida  til  birliklarining  formal  –  struktur  tahlili,  semantik  va  funksional  tahlillari 

bobida 


salmoqli 

ilmiy 


natijalarga 

erishildiki, 

bunday 

muvaffaqiyatlar 

barchamiznikidir. 

O„zbek tilshunosligida ham til ilmining har bir sohasida fundamental tadqiqot 

ishlari  bajarilganini  ko„ramiz.  Bunda  tilshunos  olimlarimizdan  F.Kamol, 

U.Tursunov,  F.Abdullayev,  A.G„ulomov,  A.Rustamov,  G„.Abdurahmonov, 

M.Asqarova,  A.Hojiyev,  X.Doniyorov,  Sh.Rahmatullayev,  A.Abduazizov, 

A.Nurmonov,  H.Ne‟matov,  N.Mahmudov  va  boshqalarning  ulushlari  samarali 

bo„ldi. 

Biroq  barcha  fanlar  singari  tilshunoslik  fani  ham  har  doim  taraqqiyotdadir. 

Shu  bois  tadqiqotlarimiz  kun  tartibiga  yangi-yangi  muammolar  qo„yilaverishi 

o„ziga xos qonuniyatdir. Shunday bo„lmas ekan, fanda o„sish ham, taraqqiyot ham 

bo„lmaydi. 

Aytish  lozimki,  tilshunosligimizda  hozirgi  davrgacha  «til  va  nutq» 

dixotomiyasining  birinchi  komponenti  atroflicha  o„rganildi.  Uning  ikkinchi 

muchasi,  ya‟ni  nutq  bilan  bog„liq  bo„lgan  muammolar  tadqiqi  tilshunoslarimiz 

nazaridan chetda qolib keldi yoki mazkur masalaga yetarli e‟tibor berilmadi. 

Bunday  muammolardan  yana  biri  «qo„shma  gap»  tushunchasi  bilan  uzviy 

bog„liqdir.  Bizningcha,  «qo„shma  gap»  terminining  qo„llanilishi  maqsadga 

nomuvofiqdir,  zero,  mazkur  termin  iste‟molda  bo„lar  ekan,  til  birliklarining 

iyerarxik  munosabatlarini  taqozo  etuvchi  sistema  qonuniyatiga  putur  yetkazilishi 

tabiiydir.  Boshqacha  aytganda,  gap  matn  tarkibida  funksional  faollik  ololadi, 

«qo„shma gap» tushunchasi esa gap ikkinchi bir gapning ichida funksional  faollik 

oladi,  degan g„aliz xulosaga kelishimiz uchun imkon yaratadi. Vaholanki gap, gap 

ichida emas, balki matn sathida funksional faollik oladi.  Shu bois til birliklarining 



 

iyerarxik  munosabati  masalasiga  jiddiy  e‟tibor  berish  va  bu  haqdagi  nazariyani  



qayta ko„rib chiqish lozim ko„rinadi. 

Shuni ham aytish lozimki, «qo„shma gap» terminining qo„llanilishi bilan bir 

qatorda,  tilshunoslikda  «murakkab  butunlik»  tushunchasidan  ham  foydalanilib 

kelinmoqda.  Masalan,  hozirgi  rus  tilshunosligida  «slojnoye  seloye»  termini  ham 

qo„llaniladi. Bizningcha, mazkur terminning ishlatilishi har tomonlama maqsadga 

muvofiqdir,  zotan,  murakkab  sintaktik  butunlik  tushunchasi  matn  mazmuniga 

birmuncha yaqinroqdir.  

Jahon  tilshunosligida  bugungi  kunga  qadar  bog„langan  hamda  bog„lovchisiz 

qo„shma  gaplarga  qaraganda  ergash  gapli  qo„shma  gaplar  ancha  mukammal 

o„rganilganligini  ko„ramiz.  Bunday  holat  o„zbek  tilshunosligida  ham  kuzatiladi. 

Shu  bois  tadqiqotimiz  mavzusi  sifatida  teng  komponentli  murakkab  sintaktik 

qurilmalar  derivatsiyasi  tanlandi.  Sintaktik  derivatsiya  nazariyasiga  murojaat 

etishimizning asosiy sababi, mazkur nazariya til unsurlarining nutqqa ko„chirilishi 

muammosi bilan chambarchas bog„liq ekanligidadir. Tilning nutqqa ko„chirilishi, 

albatta,  hozirgi  tilshunosligimizning  o„ta  dolzarb  masalalaridan  biridir,  zotan,  bu 

jarayon  tilning  barcha  sathlari  unsurlarining  kesishish  nuqtasini  va  ularga 

so„zlovchi munosabatini taqozo etadi. 

 


Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish