O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Silindrik sirtlarning o'zaro kesishishi



Download 9,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/308
Sana31.12.2021
Hajmi9,55 Mb.
#235855
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   308
Bog'liq
chizma geometriya va kompyuter grafikasi

Silindrik sirtlarning o'zaro kesishishi. Ko'p hollarda o'qlari o'zaro 90

0

 burchak 



ostida joylashgan silindrik sirtlarning kesishish chiziqlarini yasashga to'g'ri keladi. 

O'qlari  proyeksiya  tekisliklariga  perpendikulyar  bo'lgan  ikkita  to'g'ri  aylanish 

silindr sirtlarining kesishish chizig'ini qurishni ko'rib chiqamiz. 

Ma'lumki, qurishni 1, 7 va 4 xarakterli nuqtalarning proyeksiyalarini topishdan 

boshlanadi. Oraliq nuqtalarning proyeksiyalarini qurish 243-shakl, b da ko'rsatilgan. 

Ushbu  misolda  kesishish  chizig'ini  ikkita  silindrik  sirtni  ham  yasovchilari  bo'yicha 

kesib  o'tadigan  yordamchi  parallel  tekisliklardan  foydalanib  qurish  umumiy  usuli 

qo'llanilsa,  bu  yasovchilarning  kesishishida  kesishish  chizig'ining  oraliq  nuqtalari 

(masalan 243-shakl, a dagi 2, 3 va 5 nuqtalar) topiladi. Ammo, quyidagi sabablarga 

asosan bu misolda bunday yasashlarni bajarishga zaruriyat yo‘q. 

 



 

 

 



 

 

 



242-shakl. Uchburchakli prizmaning to'g'ri aylanish silindri bilan kesishish 

chizig'ini qurish: a) kesishish chizig'ining chizmada aniqlanish tartibi; b) kesishish 

chizig'ining yaqqol tasvirda tasvirlanishi 

 

Sirtlarning  izlanayotgan  kesishish  chizig'ining  gorizontal  proyeksiyasi  katta 



silindrning gorizontal proyeksiyasi - aylana bilan ustma-ust tushadi. Kesishish chizig' 

ining  profil  proyeksiyasi  ham  kichik  silindrning  profil  proyeksiyasi  -  aylana  bilan 

ustma-ust tushadi. Shun- day qilib, kesishishning izlanayotgan frontal proyeksiyasini 

nuqtalar bo'yicha nuqtaning ikkita proyeksiyasi ma'lum bo'lganda uchinchisini topish 

qoidasiga asosan oson qurish mumkin. Masalan, 3 nuqtaning gorizontal proyeksiyasi 

bo'yicha  (243-shakl,  b)  profil  proyeksiyasi  3"  topiladi.  Silindrlarning  kesishish 

 

 



 

chizig'iga tegishli bolgan 3 nuqtaning ikkita proyeksiyasi 3 va 3'' lar bo'yicha frontal 

proyeksiyasi 3' aniqlanadi. 

 

 



 

 

 



 

243-shakl. Silindrik sirtlarning kesishishi: a) kesishish chizig'ining 

yaqqol tasvirda tasvirlanishi; b) kesishish chizig'ining chizmada 

aniqlanish tartibi 

Kesishuvchi silindrlarning izometrik proyeksiyasini qurishni vertikal silmdming 

izometrik proyeksiyasini qurishdan boshlanadi. Shundan keyin, x oqqa parallel qilib 

o

j

 nuqta orqali gorizontal silindrning o q i   o'tkaziladi. O



j

 nuqtaning vaziyati kompleks 

 

 



 

chizmadan  olingan  h  kattalik  bilan  aniqlanadi  (243-shakl,  b).  O  nuqtadan  z  o q i  

boylab  yuqoriga  h   ga  teng  kesma  o'lchab  qo'yiladi  (243-shakl,  c ) .   O

j

  nuqtadan 

gorizontal  silindrning  o'qi  bo'ylab  l  kesmani  o'lchab  qoyib,  gorizontal  silindrni 

asosining markazi - O



2

 nuqtani hosil qilamiz. 

Sirtlarni  kesishish  chizig'ining  izometrik  proeksiyasi  nuqtalar  bo'yicha  uchta 

koordinatadan  foydalanib  quriladi.  Bu  misolda  izlanayotgan  nuqtalarni  birmuncha 

boshqacharoq qurish ham mumkin. 

Masalan,  3  va  2  nuqtalar  quyidagicha  quriladi.  O



2

  markazdan  z  o'qiga  parallel 

qilib  yuqoriga  kompleks  chizmadan  olingan  m  va  n  kesmalar  o'lchab  qo'yiladi.  Bu 

kesmalarning  uchlaridany  o  qqa  parallel  bo  lgan  to'g'ri  chiziqlar  gorizontal 

silindrning asosi bilan 3

1

 va 2j nuqtalarda kesishguncha davom qildiriladi. Shundan 

keyin  1-3  nuqtalardan  x  o  qqa  parallel  to'g'ri  chiziqlar  otkazilib,  ularda  kompleks 

chizmaning  frontal  yoki  gorizontal  proyeksiyalaridan  olingan  gorizontal  silindr 

asosidan  kesishish  chizig'igacha  bolgan  masofaga  teng  kesma  o'lchab  qo'yiladi.  Bu 

kesmalar  uchlaridagi  nuqtalar  kesishish  chizig'iga  tegishli  bo'ladi.  Hosil  bo  lgan 

nuqtalar  orqali  lekalo  yordamida  egri  chiziq  o'tkazilib,  uning  ko'rinadigan  va 

ko'rinmaydigan qismlari ajratilib tasvirlanadi. 

Agar  o'zaro  kesishuvchi  silindrik  sirtlarning  diametrlari  bir  xil  bo'lsa,  u  holda 

kesishish  chizig'ining  frontal  proyeksiyasi  ikkita  o'zaro  kesishuvchi  to'g'ri  chiziq 

shaklida tasvirlanadi (244-shakl, b). 

 

244-shakl.  Bir  xil  diametrli  silindrik  sirtlarning  kesishish  chiziqlarini:  a)  yaqqol 



tasvirda va b) kompleks chizmada tasvirlanishi 

O'qlari  o'zaro  perpendikulyar  bolgan  silindrik  sirtlarning  kesishi-  shiga  misol  244-

shaklda  keltirilgan.  Korpus  silindrik  sirtining  bittasi  vertikal,  ikkinchisi  (yarmi)  esa 

gorizontal o'qqa ega. 

 

 



 

Agar  kesishuvchi  silindrik  sirtlarning  o'qlari  o'zaro  to'g'ri  burchak  ostida 

joylashmagan  bo'lsa,  ularning  kesishish  chiziqlari  yordamchi  kesuvchi  tekisliklar 

yoki boshqa usullardan (masalan, sferalar usuli) foydalanib quriladi. 




Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish