2.3. Tekislovchi filtrlar.
Tekislovchi filtrlar to‘g‘rilangan kuchlanishni pulsatsiyasini iste`molchining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan qiymatga qadar tekislab berishi uchun xizmat qiladi.
5-rasm. Tekislovchi filtrlarning elektr sxemalari.
To‘g‘rilangan kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarning darajasi amalda 1- garmonikadan aniqlanadi
(8)
Bu erda Um(1) – 1- garmonikaning amplituda qiymati.
Un –to‘g‘rilangan o‘rtacha kuchlanish.
Pulsatsiya koeffitsientlari to‘g‘rilagichning chiqishidagi Ks va filtrning chiqishidagi Kf pulsatsiya koeffitsientlariga ajratiladi.
Filtrning sifat darajasini tekislash koeffitsienti baholaydi.
Kt = Ks / Kf. (9)
Bu erda Ks - to‘g‘rilash koeffitsienti; Kf - filtr koeffitsienti.
Filtrlash natijasida kuchlanish o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining kamayishi filtrlash koeffitsienti bilan xarakterlanadi
K = (10)
Bu erda Uβm(1) va Uφm(1) – mos holda to‘g‘rilagichning va filtrning chiqishidagi kuchlanish 1- garmonikaning amplituda qiymatlaridir.
Filtrlar kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini kamaytirishi bilan bir vaqtda doimiy tashkil etuvchisini ham kamaytiradi. Bu kamayish filtrning kirishidagi va chiqishidagi uzatish koeffitsienti bilan xarakterlanadi
= (11)
koeffitsientlar K va λ larni nazarga olib filtrni sifatini va samaradorligini xarakterlovchi kattalik qo‘yidagicha bo‘ladi:
Ks = λ (12)
Tekislovchi filtrlarning asosiy elementlari induktiv g‘altak va kondensatorlar hisoblanadi. Filtrlar G-va P-simon, RC va LC-larga ajratiladi (5-rasm). G-simon LC-filtrlar nisbatan yuqori tekislash koeffitsientiga ega bo‘lgani uchun to‘g‘rilovchi qurilmalarda keng ishlatiladi. Ko‘pincha LC-filtrlar o‘rniga RC-filtrlardan foydalaniladi. Bu filtrlarda induktiv g‘altak L o‘rniga rezistor R ulangan (5-b,g), natijada filtrning narxi, vazni va o‘lchamlari kamayadi. Lekin tekislash koeffitsienti, LC-filtrlarga nisbatan kamroq. Bunga sabab induktivlik yo‘qligi uchun pulsatsiyaning kamroq susayishi va R qarshilikda kuchlanish tushuvi natijasida yuklamada (nagruzkada) kuchlanishning doimiy tashkil etuvchisining kamayishidir. P-simon filtrlarda qo‘shimcha kondensator ulangani uchun G-simon filtrlarga nisbatan tekislash koeffitsienti ancha yuqoridir. Pulsatsiya koeffitsientini kamaytirish maqsadida bir nechta G-simon filtrlar ketma-ket ulangan ko‘p zvenoli filtrlar ishlatiladi. Bu vaqtda umumiy tekislash koeffitsienti, tekislash koeffitsientlarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |