O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


 A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi



Download 214,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi214,69 Kb.
#206862
1   2   3
Bog'liq
@iBooks Bot « f.kene va a.tyurgo

 

2. A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi. 

 

 

F.Kenening  g’oyalari  Ann  Rober  Jak  Tyurgo  (1727-1781yy)  tomonidan 



davom  ettirildi  va  chuqurlashtirildi.  U  Parijda  normand  dvoryanlar  oilasida 

tug`ildii,  Sarbonnaning  Teologiya  (diniy)  faqultetini  tuqatdi,  ammo  bu  sohada 

ishlamadi.  1751  yilda  Parij  parlamentining  chinovnigi,  1761-74  yillarda  Limojda 

intendat  (g’arbiy  qismda  xo’jalik  mudiri),  1774-76  yillarda  moliya  bosh 

nazoratchisi,  qirol  Lyudovik  XVI  davrida  moliya  vaziri  sifatida  bir  akncha 

antifeodal  isloxotlar  o’tkazdi.  (don  savdosidagi  cheklanishni  yo’q  qildi,  savdo 

galdiyalarini  bekor  qildi…),  ammo  bu  o’zgarishlar  Tyurgo  iste'foga  chiqqach, 

bekor qilindi. U ham F.Kene singari Didro, D.Alamber va ularning yordamchilari 

tomonidan  chiqarilayotgan  "Qomus"ga  bir  nechta  falsafiy  va  iqtisodiy  maqolalar 

yozdi. 


 

A.Tyurgo  hayoti  va  ijodida  progressiv  chinovnik  Velsen  Gurne  katta  rol 

o’ynadi.  U  Fiziokratlardan   ancha farqla  ravishda  sanoat va savdoning  mamlakat 

ravnaqidagi rolini to’g’ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashxur lassez faire, 

lassez  passyer    (bu  tamoyilga  ko’ra,  iqtisodiyotga  davlat  aralashuvisiz  rivojlani 

kerak)  tamoyili  birinchi  bor  shu  tadqiqotchi  tomonidan  ilgari  surilgan  degan  fikr 

bor.  U  boshqalar  qatori  hunarmanchilikdagi  cheklanishlariga  qarshi  chiqdi,  erkin 

raqobatni qo’llab quvvatladi. 




 

12 


 

A.Tyurgo  Gurne  (u  1759  yilda  vafot  etdi)  bilan  F.Kene  xuzurida  ko’p 

bo’lgan,  Ular  bilan  asosiy  masalalarda  maslakdosh  bo’lsa  ham,  ko’p  sohalarda 

boshqacha 

fikr 

yuritar 


edi. 

A.Tyurgo 

Parijda 

A.Smit 


bilan 

ham 


uchrashgan.A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-70 

yillarda  chop  etilgan).  "Boylikning  paydo  bo’lishi  va  taqsimlanishi  to’g’risidagi 

muloxazalar"  asarida  nisbatan  to’la  yoritilgan.  U  Kene  fikrlarini  faqat  targ’ibot 

qilish  bilan  cheklanmadi,  uni  rivojlantirdi.  U  kapitalistik  ishlab  chiqarish 

munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni isloxotlar o’tqazish yo’li bilan 

yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm 

kobigida vujudga keladi va galaba qiladi degan g’oyani ilgari surdi. Bu kitob aslida 

Parijga o’qishga kelgan ikki Xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq 

tezisdan  iborat  (V.Petti  uslubi),  ammo  bazi  qoidalar  aksioma  (isbot  talab 

qilmaydagan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo’linadi. 

31  ta  tezis  (teorema)  Fiziokratik  g’oyalar  majmuidan  iborat  (o’stoz  F.Kenening 

ta'siri).  Ammo  "sof  mahsulot"  nazariyasi  F.Kenedan  boshqararoq  talqin  etiladi, 

aslini  olganda  bu  yerda  qo’shimcha  qiymat  haqida  gap  boradi  va  bu  mahsulot 

tabiatning  sof  in`omidan  dehqon  mehnati  bilan  yuzaga  keladigan  ortiqcha 

mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer egasi 

tomonidan  o’zlashtiriladi.Keyingi  17  ta  teorema  qiymat,  baho  va  pulga 

bag`ishlangan.  A.Tyurgoning  bu  sohadagi  fikrlari  o’ziga  xos  xarakterga  ega  va 

qiymatning  mehnat  nazariyasidan  ancha  yiroq.  Uningcha  almashuv  qiymati  va 

tovarlar  bahosi  tovarlar  nisbati,  almashuvda  ishtiroq  etayotgan  shaxslar,  sotuvchi 

va  oluvchi  istagining  intensivligi  bilan  aniqlanadi  (marjinalistik  talqin).  Ammo 

A.Tyurgoning bu g’oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi. Oxirgi 52 ta 

teoremada A.Tyurgoning tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy iqtisodiy g’oyalari 

keltiriladi.  Yuqorida  aytilganidek,  Fiziokratlar  jamiyatni  uch  sinfga  bo’ladilar. 

A.Tyurgo  esa  jamiyatni  sinflarga  boshqacharoq  ajratadi,  "unumsiz"  sanoatchilar 

sinfini u ikki qismga bo’ladi:  



 

13 


 

Birinchisiga  tadbirkor  manufakturistlar,  fabrika  egalari  kiradi,  ular  katta 

kapital  egalari  sifatida  namoyon  bo’lib,  o’z  avans,  ya'ni  bo`nak  (avans)lari 

yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. 

 

Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo’lib (ishchilar), ular o’z qul kuchlari 



hisobiga  ish  haqi  oladilar  (ishlab  chiqarish  vositalaridan  maxrum).  A.Tyurgo  ish 

haqini V.Petti  va  F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablaglar asosida 

hal  etadi,  ammo  Kenedan  farqli  ravishda  nega  shunday  bo’lishi  kerakligining 

mexanizmini  tushintirib  bermoqchi  bo’ladi.  Uning  asosiy  dalili  shuki  mehnatga 

talab  taklifga  nisbatan  kamayib  boradi,  ishchilar  o’rtasida  raqobat  boradi.  huddi 

shu  kabi  yer  egalari  sinfi  ham  fabrikantlar  kabi  ikki  razryadga  ajratiladi,  bular 

avans  beruvchi  tadbirkorlar  yoki  kapitalistlar  va  ish  haqi  oluvchi  oddiy 

ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransiyada bu sinflar mavjud edi. 

 

Demak,  A.Tyurgo    bo’yicha  jamiyatda  besh  sinf  mavjud,  bu  haqiqatga 



yakindir.  U  yollanma  ishchida  qul  kuchidan  boshqa  ishlab  chiqarish  vositalari 

yo’qligini  ochib  beradi,  kun  kechirish  uchun  u  o’z  mehnatini  boshqalarga  sotish 

zarurligini  ko’rsatadi.  A.Tyurgoning  bunday  fikrga  kelishida  vaqtning  ham  ta'siri 

bor,  chunki  u  Kenedan  keyinroq  yashadi.  A.Tyurgo  boshqalar  kabi  erkin 

soxibkorlik  mehnatini  qo’llab-quvvatladi,  dehqonchilik  qo’shimcha,  ya'ni  sof 

mahsulot manbai ekanligini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga 

ham ko’p  e'tibor qiladi. U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to’la tahlil 

etdi. Kene kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bunAqlar summasi 

(xom  ashyo,  mehnat  haqi  va  boshqalar)ni  tushungan,  shu  sababli  uning  tizimida 

kapital  jamiyatdagi  sinflar  o’rtasidagi  mahsulotlar  taqsimoti  muammosi  bilan 

uncha  mustaxkam  boqlanmagan.  Kenening  tizimida  foyda  o’rni  yo’q,  kapitalist 

faqat  "ish  haqi  olgan",  bu  -  "ish  haqi"  ning  qanday  vujudga  kelishi  ham  tahlil 

etilmagan.Bu  sohada  A.Tyurgo  ancha  ilgarilab  ketadi.  U  foydani  chetlab  o’ta 

olmayda,  xatto  to’g’ri  tuygu  asosida  uni  tadqiq  etishni  sanoat  kapitalistidan 

boshlaydi;  bu  yerda  foydaning  kelib  chiqishi  haqiqatdan  ham  aniqroq  ko’rinadi, 

vaholanki boshqa Fiziokratlar (Kene ham) "barcha ortiqcha mahsulot yerdan kelib 

chiqadi"  degan  noto’g’ri  aqidagi  asoslanadilar.  U  o’z  ustozlari  va 



 

14 


maslakdoshlaridan  "tabiiy  tartib"  konsepsiyasini  buzayotganligi  uchun  kechirim 

ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin 

qarab chiqadi. 

 

Ammo  uning  o’zi  noo’rindir,  aksincha  u  muammoni  echishga  to’g’ri 



yondoshgan;  yollanma  ishchi  kuchidan  foydalanuvchi  fermer  kapitalist  o’z 

kapitalidan kam deganda huddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer 

egasiga  berishi  kerak  bo’lgan  ma'lum  ortiqcha  (qo’shimcha)ni  ham  olishi  kerak. 

Eng ajoyib teorema 62-tezis bo’lib, unga ko’ra ishlab chiqarishga qo’yilgan kapital 

o’z-o’zidan  ortib  borish  qobiliyatiga  egadir.  Xo’sh,  o’z-o’zidan  ortib  borish 

darajasi  va  nisbatlari  nima  bilan  belgilanadi.  A.Tyurgo  kapital  tomonidan 

yaratiladigan mahsulot qiymati nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo’ladi, 

uning  fikricha,  mahsulot  qiymati  kapital  sarflarini,  shuningdek,  ishchilarning  ish 

haqini  qoplashi  kerak.  qolgan  qismi  uch  qismga  ajraladi:  birinchisi  foyda  bo’lib, 

kapitalist  pul  kapitalining  egasi  sifatida  "hech  qanday  mehnatsiz"  olishi  mumkin 

bo’lgan daromadga teng. Bu osuda foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi 

fabrika  yoki  ferma  ochishga  tavakkal  qilgan  kapitalistning  "mehnati, 

tavakkalchiligi  va  san'atini"  to’lashga  sarf  etiladi.  Bu  tadbirkorlik  daromadidir. 

Shunday qilib, aslida A.Tyurgo  sanoat foydasining osuda va funksional kapitalga 

bo’linishini ko’rsatib berdi.  

 

Foydaning  uchinchi  qismi  rentadir.  U  faqat  dehqonchilikda  band 



kapitalistlar  uchun  mavjuddir.  So’zsiz,  bu  tahlil  iqtisodiyot  fanida  aytilgan 

yangicha  g’oyadir.Ammo  olimning  keyingi  fikrlari  izchil  bo’lmay,  yana 

Fiziokratizm  qobig`iga  qaytadi.  Boshida  foydani  foizdan  chiqarishadi,  bu 

minimum bo’lib, unga har bir kapitalist egalik qilish xuquqiga ega.Agar kapitalist 

idorasida  xotirjam  o’tirmasdan  fabrikaning  faoliyatiga  yoki  qishloq  xo’jaligida 

batrAqlar  ishiga  boshchilik  qilsa,  unga  ma'lum  qo’shimcha,  o’ziga  xos  maosh 

beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng 

oson bajariladigan operasiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga 

topshirishdir.  Endi  qo’shimcha  qiymatning  asosiy  shakli  yer  rentasi  bo’lib  qoldi, 



 

15 


qolgani  esa  uning  hosilalaridir.  Yana  butun  jamiyat  yer  yaratidagn  "ish  haqida" 

o’tirgan bo’lib chiqadi.  

 

Yuqorida  aytilganidek,  A.Tyurgo  nazariyotchi  olim  bo’lishidan  tashqari 



amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri bo’lib ham 

ishladi,  o’zining  bir  qancha  ilg’or  g’oyalarini  ilgari  surishga  intildi.U  birinchi 

bo’lib  davlat  moliyasini  soglomlashtirishga  harakat  qildi,  bu  sohada  ozroq 

muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko’ra yer egaligidan tushadigan daromadlardan  

olingan  soliqlar  tizimi  tugatilish  kerak  edi.  Umuman  va  sanoat  va  savdodagi  odil 

bo’lmagan soliqlarni tartibga solishga kirishdi. U byudjet chiqimlarini cheklashga 

intildi,  bunday  saroy  xodimlarining  ortiqcha  sarf-harajatlarini  keskin  kamaytirish 

mo`ljallandi  va  bu  sohada  ma'lum  yutuqlarga  yerishildi.  A.Tyurgoning    muhim 

muvaffakiyatlaridan  biri  shuki,  u  don  va  unga  erkin  savdoni  kiritdi,  bu  sohadagi 

monopoliyaga  chek  qo’ydi.  Bu  ishlar  nixoyatda  oqir  kechdi,  chunki  feodalizm 

ildizlari  hali  kuchli  edi,  bu  kuchlar  yangilikka  tish-tirnogi  bilan  qarshi  turdi. 

A.Tyurgo  1776  yilning  12  mayida  (yilga  e'tibor  bering,  shu  yili  A.Smitning 

"Xalqlar boyligi" asari  chop etildi) iste'foga chiqishga majbur bo’ldi. Eski tuzum 

davom  etdi,  barcha  ijobiy  ishlar  inkor  etildi,  demak,  hali  ularni  amalga  oshirish 

uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi. Nazariyot va amaliyot bir elkadan 

bosh  chiqarisha  olmadi.1778  yili  A.Tyurgo  Amerikalik  do’sti  Franklinga  atab, 

o’zining  so’nggi  iqtisodiy  asari  bo’lgan  "Soliqlar  to’g’risidagi  esdaliklar"  ini 

yozadi. 



 

16 


 

 

 



Download 214,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish