O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 214,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi214,69 Kb.
#206862
  1   2   3
Bog'liq
@iBooks Bot « f.kene va a.tyurgo



O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 



NAMANGAN MUHANDISLIK-IQTISОDIYOT INSTITUTI 

 

«Menejment» fakulteti 

 

«Iqtisоdiyot» kafedrasi 

 

 



“Iqtisоdiy ta`limоtlar tarixi” fanidan 

 

« F.Kene va A.Tyurgolar - fiziokratizm ta'limotining asoschisilari » 

mavzusidagi 

 

 

 

   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tоpshirdi:   

 

 



 

2u-10 gurux talabasi 

 

 

 



 

 

 



 

 

Sh.Soatov 



 

 

 



Qabul qildi:  

 

 



 

kat. o’q. N.Tursunov 

 

 

 



 

 

 



 

 

Namangan 2011 y. 



 


 



MAVZU: 



F.Kene va A.Tyurgolar - fiziokratizm ta'limotining asoschisilari 

 

1. F.Kene - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. 



 

Uning  "Iqtisodiy  jadval"  asaridagi  g’oyalari.  Fransua  Kene.  (1694-1774y) 

har  tomonlama  keng  bilimli  olim  bo’lib,  Versal  yaqinidagi  kambagal  dehqon 

oilasida  dunyoga  keldi.  U  yoshligidan  medisinaga  xavas  qo’ydi.,  qishloq 

jarroxidan  dars  oldi,  medisina  amaliyoti  unga  shuxrat  keltirdi. Dvoryan  unvoniga 

ega  bo’ldi  va  Versal  saroyiga  (Lyudovik    XV  qirol  saroyiga)  o’tdi.  1718  yilda 

vrachlik  kasbini  oldi.1744  yilda  medisina  doktori  ilmiy  darajasiga  yerishdi,  1752 

yildi  esa  Lyudovik  XV  xonadonida  tabiblik  qildi.  Meditsina  va  biologiyaga  oid 

ko’pgina  asarlar  yaratdi.  Eng  muhimi  shuki,  u  60  yoshdan  boshlab  iqtisodiyot 

muammolari  bilan  bevosita  shug`ullana  boshladi.  Shuni  ta'kidlab  o’tish  kerakki, 

F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u 

umrining  deyarli  oxirigacha  yashadi  va  ijod  qildi.  Bizningcha,  bu  yerda  ob'ektiv 

iqtisodiy  informasiya  etarli  bo’lgan  va  olim  ulardan  yaxshi  foydalanib,  o’z 

ta'limotlarini  yaratgan.1766  yilda  Adam  Smit  ham  uningmexmoni  va  suxbatdoshi 

bo’lgan edi. Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan "Komo’s"da F.Kenening 

dastlabki  iqtisodiy  maholalari:  "Fermerlar",  "Don",  "Aholi",  "Soliqlar"  paydo 

bo’ldi.  1758  yilda  uning  asosiy  va  eng  muhim  asari  -  "Iqtisodiy  jadval"  kitobi 

dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida Fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning 

nazariy  va  siyosiy  dasto’rini  ta'riflab  berdi.  Uning  ishini  va  tadqiqotlarini  XVIII  

asrning  ikkinchi  yarmida  Fransiyaning  taniqli  davlat  arbobi  A.Tyugo  (1727-1781 

yy) davom ettirdi. Fiziokratizm g’oyalarini (ayniqsa F.Kene ta'limotini) Dyupon de 

Nemur,  D.Alamber,  V.Mirabo,  G.Letron  va  boshqalar  keng  targ’ib  etdilar. 

Shunday  qilib,  haqiqiy  Fiziokratlar  maktabi  yoki  o’sha  davr  tili  bilan  aytganda 

"iqtisodchilar  maktabi"  tarkib  topdi.  Uning  eng  rivojlangan  davri  XVIII  asrning 

60-70 yillariga to’g’ri keladi. 

 

F.Kene  "Tabiiy  tartib"  konsepsiyasini  ilgari  surdi,  bunda  u  paydo 



bo’layotgan, mustaxkamlanayotgan kapitalizm tizimini tushundi, iqtisodiyot erkin 


 

raqobat asosida rivojlanishi, bozor bahosining stixiyali o’zgarishi, ya'ni davlatning 



aralashuvini  inkor  etadigan  jarayonni  qo’llab-quvvatladi.  Iqtisodiy  rivojlanish 

odamlarning iktak xoxshiga bog’liq bo’lmagan tabiiy jarayon bo’lib, uning ma'lum 

qonuniyatlariga  buysinishi  tan  olish  Fiziokratlarning  so’zsiz  yutuqi  edi.  Bu 

qonunlar ularning fikricha tarixiy bo’lmay, abadiy qonuniyatlar deb qaralgan edi. 

Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik shkli tabiiy va abadiy ishlab chiqrash 

shakli  deb  hisoblangan  (hozirga  rivojlanish  buni  ko’p  jiqatdan  isbotlanmoqda). 

F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo 

boylik  yaratmayda,  demak,  almashuv  jarayoni  hech  narsa  ishlab  chiqarishmayda, 

deb  hisoblagan.  Erkin  raqobat  sharoitida  almashuv    sohasi  keng  miqdorli 

qiymatlarning  almashuvi  ro’y  beradi.  Bu  qiymat  tovarlarda  ular  bozorlarga 

kirmasdan  oldin  ham  mavjud  bo’ladi.  (V.Pettining  tovar  qiymati  faqat  almashuv 

paytida paydo bo’ladi degan fikri noto’g’ridir). Bundan kelib chiqadiki almashuv 

jarayonida  boylik  yaratilmayda  va  foyda  paydo  bo’lmayda.  Almashuvning 

ekvivalentligi  to’g’risidagi  ta'limot  Merkantilistlarning  qarashlarini  inkor  etish 

uchun  nazariy  asos  bo’ldi.  Bu  holat  shu  bilan  birga  Fiziokratlardan  boylik 

manbaini  muomila  sohasidan  tashqaridan  izlashni  taqozo  etdi.  Ammo  F.Kene 

miqdorli  qiymatlarning  almashuvi  sababini  to’g’ri  ishlab  chiqilmagan  edi  va  u 

qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. 

 

Fiziokratlarning asosiy tizimida "sof mahsulot" to’g’risida ta'limot markaziy 



o’rinni  egallaydi.  F.Kene  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  va  ishlab  chiqarish    harajatlari 

o’rtasidagi  farqni  sof  mahsulot  deb  biladi,  boshqacha  qilib  aytganda  bu  ishlab 

chiqarish chiqimlaridan oshikcha mahsulotdir.F.Kene "sof mahsulot" faqat qishloq 

xo’jaligida,  dehqonchilikda  yaratiladi,  bu  sohada  tabiat  kuchlari  ta'sirida  iste'mol 

qiymatlarimiqdori  ko’payadi,  deb  ta'kidlaydi.  Sanoatda  esa  iste'mol  qiymatlari 

faqat  turli  kombinasiyalarga  uchraydi,  mehnat  jarayonida,  dehqonchilikda 

yaratilgan  mahsulotning  shakli  o’zgaradi  lekin  uning  miqdori  ko’paymayda, 

shuning  uchun  "sof  mahsulot"  paydo  bo’lmayda  va  boylik  yaratilmayda  (kuchli, 

ammo noto’g’ri mantik bor). 



 

 



A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda 

bermaydagan  sinf  deb  qaralgan.  Aslida  esa  Fiziokratlar  bu  sinfning  borligini  tan 

oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo’shimcha daromad keltirmaydigan 

sinf deb qaraganlar. A.Tyurgo esa bu sinfga yuqori baho berib "haq to’lanadigan 

sinf"  deb  qaraydi.  Fiziokratlar  qiymatni  iste'mol  qiymatiga,  xatto  tabiat 

mahsulotiga  tenglashtirganlar.  Ularni  faqat  miqdoriy  soha,  ya'ni  ishlab  chiqarish 

jarayonida  olingan  iste'mol  qiymatlarining  ortiqcha  qiymati  (ise'mol  qilingandan 

ortigi)  qiziktirgan.  Bu  narsa  asosandehqonchilikda  aniq  namoyon  bo’ladi  ammo 

F.Kene  ta'limotining  boshqa  tomoni  ham  bor,  uning  fakricha  "sof  mahsulot" 

miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog’liqdir, bu chiqimlarga xom-

ashyo  sarflari,  matyeriallar  va  ish  haqi  kiradi.  Materiallarning  qiymati 

belgilanganligi  tufayli  ish  haqi  tirikchilikning  minimum  harajatlariga  keltirilgan 

ekan,  "sof  mahsulot"  (qo’shimcha  qiymat)  qo’shimcha  mehnatning  samarasi 

sifatida  yuzaga  keladi.  Shunday  qilib,  Fiziokratlarda  qo’shimcha  qiymat 

tushunchasi  qarama-qarshi  xarakterga  ega.  Ular  uni  tabiatni  sof  xadyasi  hamda, 

ya'ni  dehqonlarning  qo’shimcha  mehnati  natijasidir,  deb  qaraganlar  (qo’shimcha 

qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). 

 

Fiziokratlarning 



bunday 

fikrlash 

qiymatining 

ijtimoiy 

tabiatini 

tushunmaslikdan  va  qiymat  tushunchasini  iste'mol  qiymati  bilan  qorishtirib 

yuborish  oqibatida  yuzaga  keldi.  Foyda  tushunchasi  mustaqil  kategoriyaga 

ajratilmagan, xatto inkor etilgan. 

 

Renta  qo’shimcha  qiymatning    yagona  shakli  sifatida  qabul  qilingan  ekan, 



foyda  ishlab  chiqarish  chiqimlarining  faqat  ajralmas  qismi  bo’lishi  mumkin  edi. 

Ular  foydani  ish  haqining  shakli  sifatida  qaraganlar,  foyda  go’yoki  odatdagi  ish 

haqidan  o’zining  kattaroq  miqdori  bilan  farq  qilingan  va  kapitalistlar  tomonidan 

foyda sifatida to’la iste'mol qilingan. 

 

Fiziokratlarning  "unumli"  va  "unumsiz"  mehnat  to’g’risidagi  ta'limoti  "sof 



mahsulot" to’g’risidagi ta'limot bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning mantiqiyi 

davomi  hisoblanadi.  Merkantilistlardan  farqli  ravishda  ular  "sof  mahsulot" 

yaratuvchi  mehnat  unumdor  bo’ladi,  ya'ni  qo’shimcha  qiymatni  yaratadidegan 



 

edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to’g’risidagi masalaga prinsipial tagri to’g’ri 



yondashish  yo’li  edi.ammo  renta  qo’shimcha  qiymatning  yakkayu-yagona  aniq 

shakli  sifatida tan olinganligi  sababli  dehqon  mehnati birdan  -bir   unumli  mehnat 

deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning  boshqa sohalardagi (sanoatda ham)  mehnat 

"unumsiz",  ya'ni  samarasiz  deyiladi.  Bundan  dehqonchilik  mehnatini  boshqa 

mehnat  turlariga  qarshi  qo’yish  asossizdir,  chunki  yollanma  mehnat  ishlab 

chiqarishning qaysi sohasida qo’llanmasin, qo’shimcha qiymat yaratadi, demak bu 

ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir.  

 

F.Kene  "sof  mahsulot"  to’g’risidagi  o’z  qarashlari  asosida  jamiyatni  uch 



sinfga bo’ladi:  

1.  “unumli sinf” (fermerlar, dexqonlar),  

2.  “yer egalari sinfi” (dvoryan, lendlordlar) 

3.  “unumsiz sinf” (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). 

  

Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo’jalik ishchilari 



ham,  fermerlar  ham,  ya'ni  uningcha  "sof  mahsulot2  yaratuvchilarning  hammasi 

kiradi.  Yer  egalari  "sof  mahsulot"  yaratmaganligiga  qaramasdan,  shu  bilan  birga 

bu  mahsulotning  iste'molchilari  hisoblanadi,  chunki  ular  ijara  to’lovi  sifatida 

oladilar.  Samarasiz,  "unumsiz  sinf"  vakillari  esa  dehqonchilikdan  boshqa 

tarmoqlarda  ishlaydi  (sanoat,  savdo,  xizmat  sohasi).  Ular  "sof  mahsulot" 

yaratmaydilar.  Jamiyatning  sinfiy  tuzilishi  to’g’risidagi  bu  ta'limotning  asosiy 

kamchiligi  shuki,  F.Kene  yangi  jamiyatnig  asosiy  sinflarini  ko’ra  bilmayda, 

to’g’rirog`i  bunga  tarixiy  sharoit  halaqit  beradi.  Bu  tizimda  yollanma  ishchilar 

bilan  kapitalistlar  birlashtirilgan.  Fransiyada  o’sha  davrda  kam  bo’lsa  ham, 

proletariat  sinfi  mavjud  edi,  lekin  kapitalistik  munosabatlar  rivojlanmaganligidan 

burjua  jamiyatining  boshqa  sinflarga  qarshi  tura  oladigan  mustaqil  sinfiga 

ajralmagan edi. Sinflar to’g’risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'iy nazar, 

jamiyatni sinflarga bo’lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini 

ko’rsatishga o’rinish ijobiy voqea hisoblanadi. 

 

Fiziokratlarning  muhim  xizmatlaridan  biri  shuki,  ular  kapital  tushunchasini 



tahlil  qilishgan.  Asarlarda  bevosita  "kapital"  so’zi  qo’llanilmagan,  ammo 


 

yerlarning zaxini kochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona 



uchun  ma'lum  tipdagi  avans  boshqacha  ekanligi  aniq  belgilangan.  Chunki 

birinchisiga qilingan qarajat bir necha yilda bir marta bo’lib, o’z-o’zini asta-sekin 

qoplaydi, ikkinchisi yiliga yoki doim bo’lib, har yilgi hosil tufayli qoplangan. Shu 

sababli  F.Kene  ularni  dastlabki  avans  (hozirgi  zamon  nuqtai  -  nazaridan  asosiy 

kapital) va  yillik  avans  (aylanma  kapital) deb  atadi.  Bu g’oya  A.Smit  tomonidan 

rivojlantirildi.bu  o’sha  davr  uchun  buyuk  kashfiyot  edi.  Dehqonchilikda 

qo’llaniladigan  kapitalning  moddiy  elementlariga  qishloq  xo’jaligi  qurollari  va 

inventar,  mol,  urug`lik,  odamlarning  tirikchilik  vositalari  va  boshqalar  kiritilgan. 

F.Kene  Merkantilistlardan  farqli  ravishda  (ular  kapitalni  pul  bilan  aynan  bir  deb 

hisoblaganlar),  pullarning  o’zi  emas,  balki  pulga  olinadigan  ishlab  chiqarish 

vositalari  kapital  hisoblanadi  deydi.  Ammo  kapitalning  bu  moddiy  elementlari 

sifatida,  kapitalistik  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishlatiladigan  ijtimoiy  shaklidan 

ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo’lmagan kategoriya 

deb ko’rsatiladi. 

Ishlab  chiqarish  chiqimlari  (harajatlari)  ni  tadqiq  qilish  orqali  kapitalning 

tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo’ldi, bunda kapitalning (oborot) 

aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlangich avans (bunak) 

hisoblanib  unga  qishloq  xo’jalik  inventari,  qurilish,  mol  va  boshqalarga  ketgan 

sarflar  kiradi,  shulardan  10  %  yillik  amortizasiya  hisoblangan,  yillik  avans  deb 

atalgan  kapitalning  boshqa  qismiga  uruqlik  olish,  asosiy  qishloq  xo’jalik  ishlari, 

ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlangich avans bilan bog’liq kapital sarfi  

ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator) yillar ichida to’la aylansa, yillik avansga 

sarflangan karipital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to’la aylanadi. 

Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to’g’risidagi g’oya berilgan, ammo bu 

tushunchalar  boshqa  so’zlarda  ifoda  etilgan  xolos.  Shunisi  diqqatga  sazovorki, 

F.Kene  kapitalni  asosiy  va  aylanma  kapitalga  bo’lganda  faqat  ishlab  chiqarish 

kapitali bilan boqlangan holda bergan, uni muomila kapitali (savdo kapitali) bilan 

qo’shib  yubormagan.  Shu  sababli  u  pul  va  tovarni  ishlab  chiqarish  kapitalining 

biror  tarkibiy  qismiga  kiritmasdan,  to’g’ri  fikr  yuritgan.  Shunday    qilib, 



 

Fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jiqatdan echishga 



asos soldilar. 

 

F.Kene  iqtisodiyot  tarixida  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  va  yalpi 



ijtimoiy  mahsulot  muomilasini  butunicha  ko’rsatish  uchun  birinchilardan  bo’lib 

o’rinib  ko’rdi.  U  o’sha  davr  jamiyati  fuqarolarini  uch  sinfga  bo’ladi:  birinchisi  - 

unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi  - mulkdorlar sinfi (pomeshchiq, cherkov…) va 

uchinchisi  unumsiz  sinf  (hunarmand,  ishchi  va  savdo  xodimlari).  Bu  jarayon 

sxematik  ravishda  "Iqtisodiy  jadval"da  tasvirlangan.  Unda  mamlakatda  ishlab 

chiqarishilgan  tayyor  mahsulotning  aylanishi  orqali  qanday  taqsimlanishi 

ko’rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash 

uchun shart-sharoitlar yaratiladi.  

 

"Iqtisodiy  jadval"  ning    bir  necha  variantlari  mavjud,  biri  Versalda  1758-



1759 yillarda chop etilgan. Birinchi varinat bo’yicha kapital aylanishi quyidagicha 

ro’y  beradi.  qishloq  xo’jaligida  yaratilgan  jami  qiymat  5  mingga  teng  bo’lib, 

shundan  3  minggi  yerni  ishlashga  ketgan  qarajatdir.Fermerlar  etishtirilgan 

mahsulotning  2/5  qismidan  aylanma  kapital  uchun  foydalanadilar,  1/5  qismi 

unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun 

kerakli  asbob-o’skuna  olinadi.  Bu  yerda  fermerlar  faqat  "boshqarish  uchun  haq 

olganliklari" sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldik esa 

yer egasiga renta sifatida to’lanadi. Yer egalari o’zlarining 2 minglik daromadining 

yarmini  sanoat  tovarlari  olishga  sarf  qiladilar,  "unumsiz  sinf"  2  mingta  xom  - 

ashyo va qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko’rinishda 

ham  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Bunda  3/5  qism  mahsulot  muomilaga  karitiladi, 

undan  huddi  pul  shakligda  ham  foydalanish  mumkin.  Unda  jarayon  boshidan 

fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo’ladilar.Yerdan foydalanish 

xuquqiga ega bo’lish uchun bu summa egalari (yer ularniki) beriladi, ular esa bu 

summani  ozik-ovkat  mahsulotlari  (1  ming)  va  sanoat  tovarlari  (1  ming)  olish 

uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun 

hunarmandlarga  (unumsiz  sinfga)  beradilar,  ular  esa  olingan  2  mingni  qishloq 

xo’jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar 




 

va  1  minggini  sarflaydilar  (qoldiq  2  ming);  shu  yo’l  bilan  boshlangich  holatga 



qaytadilar.  "Unumsiz"  sektorning  sof  mahsuloti  0  ga  teng,  yangi  ishlab  chiqarish 

sikli  boshlanishi  bilan  2  ming  pul  shaklida  yana  yer  egalariga  (renta)  beriladi. 

Barcha aytilgan faktlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo’yicha ham tahlil etish 

mumkin.  Bu  hozirgi  davrdagi  taniqli  iqtisodchi  V.Leontevning  "harajatlar  - 

chiqarishlar" jadvalini eslatadi. huddi Leontev tizimidek ma'lum boylikni yaratish 

uchun  kerakli  barcha  omillardan  cheklangan  aniq  nisbatda  foydalaniladi,  mazkur 

sektorning  mahsulot  qiymati  boshqa  sektorning  umumiy  to’lovlari  bilan  to’la 

qoplanadi  (1-jadvalga  qarang).  Bizning  misolda  uchta  sektor  mavjud  (uning  soni 

ko’p ham bo’lishi mumkin).  

1-jadval 




Download 214,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish