Ishlab chiqarish xarid ihlab chiqarishning bir yillik hajmi
Ishlab chiqarish
Harid
Ishlab
chiqarishning bir
yillik hajmi
I
II
III
Fermerlar
2
1
2
5
Yer egalari
2
0
0
2
Hunarmandlar
1
1
0
2
Yakuniy harid
5
2
2
9
Bu jadval uch tarmoq (sektor) ning o’zaro bog’liqligi ko’rsatib berilgan.
Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror
ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlangich va oxirgi holat teng). hayotda odatda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro’y
beradi. F.Kenening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida
saqlab qolish edi.Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o’ringa kuya olmas edi,
chunki
bu
olimning
dehqonchilikning
ustunligi
haqidagi
Fiziokratik
konsepsiyasiga qarshi chiqarish edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyil-sinflarning
ishlab chiqarish vositalariga munosabatlarini inkor etadi.
9
F.Kenening "iqtisodiy jadvali"da iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari:
uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to’g’risidagi ta'limoti
aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi
sifatidagi sinfiy pozisiyasi ham ko’rinib turibdi. F.Kene takror ishlab chiqarish
jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o’zgarmasligini asos qilib
oladi.Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi. Qishloq xo’jalik yilining
oxiri hosil yigib olish tugallangach davr muomala (aylanish) momentining
boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotning qiymati 5
mlrd.livr (1799 yilgacha amal qilgan, o’sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo’lib, (4
mlrd. ozik-ovkat, 1 mlrd. xom-ashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga)
tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy
kapital ("boshlangich avans") 10 mlrd. livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga
(amortizasiyaga) muqtoj, ya'ni har yili o’zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan
10% yeiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd.,
"sof mahsulot" qiymati 2 mlrd., "unumsiz sinf" o’tgan davr mobaynida ishlab
chiqilgan 2 mlrd. livrlik mahsulotga ega. Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7
mlrd. livrga teng (5mlrd.+ 2 mlrd.). undan tashqari fermerlar qulida naqd 2 mlrd.
pul ham bor (5 mlrd.+ 2 mlrd.+ 2 mlrd=9 mlrd), ular bu summani muomila-
aylanish boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to’lab qo’ygan edilar.
Xo’sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizasiya va aylanish jarayoni
qanday amalga oshadiq "Iqtisodiy jadval" ning shartlariga ko’ra bu jarayon 5
aktdan iborat bo’lib, har biri 1 mlrd. livrga tengdir.
1.
Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd. livrlik ozik-ovkat mahsulotlari sotib
oladilar. Natijada bu operasiyada qishloq xo’jaligi mahsulotining 1/5 qismi
realizasiya qilinadi, yer egalarining mulki muomila sohasidan iste'mol
sohasiga
o’tadi.
2.
Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlari sotib
oladilar."Unumli sinf" shu bilan o’z mahsulotining yarmini realizasiya
qiladi.
10
3.
"Unumli sinf" mulkdorlardan olgan pulga "unumli sinf"dan iste'mol uchun
kerakli mahsulotni oladi. Shu yo’l bilan qishloq xo’jalik mahsulotining
yana 1/5 qismi realizasiya qilinadi.
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan
("unumsiz sinf" dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollari oladi. Ular
asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta tiklash uchun
kerak. Bu operasiya oqibatida ("unumsiz sinf" ning) sanoat mahsulotining
ikkinchi yarmi realizasiya qilinadi.
5.
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz sinf"
"unumli
sinf"dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik xom-ashyosi xarid
qiladi.
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko’ra sinflar o’rtasida 3
mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsuloti va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari
realizasiya qilindi. "Unumli sinf" ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha
sinflar o’rtasidagi muomilaga kirmayda, u faqat shu sinf doirasida aylanadi.
(Jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishi jarayonida sarflangan urug` va oziq-ovqat mahsulotlari o’rnini qoplaydi.
"Unumli sinf" tomonidan sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning
sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd. livrlik muomila
(aylanish) natijasida "unumli sinf" qo`liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana
keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo`liga kelib tushadi. Shunday
qilib yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun
zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy takror ishlab
chiqarish uchun mos keladi. Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni
F.Kene qirol maxkamasidan olgan bo’lishi aniq. "Iqtisodiy jadval"da takroriy
ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda
ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko’plab indivudial aktlar sinflar
o’rtasidagi muomilaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o’rtasidagi muomila F.Kene
tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomilani) takror ishlab chiqarish
11
jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti
sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F.Kenening ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to’g’risidagi
g’oyalar ishchillik va ilmiylik yo’q. Sanoatchilar "unumsiz sinf" ishlab chiqarish
vositalaridan maxrum etilgan va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash
imkoniyati yo’q. Ammo F.Kenening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta
natural ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekanomik zanjiridir.
Undagi g’oyalar bo’lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo’lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |