Bularning hammasi jamiyat iqtisodiy madaniyatini iqtisodiy hayotdagi bunyodkor ijodiy
faoliyat va shu faoliyatni amalga oshirishning usul, vositalari hamda samarasining uzviy yaxlitligi
deb ta‘riflash mumkin.
Jamiyat va shaxs iqtisodiy madaniyatlari orasida murakkab uzviy aloqa mavjud. Shaxsning
iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy madaniyatiga kо‗ra shakllanadi. Shu bilan birga undan
о‗zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Masalan, bozor mexanizmi va uni amal qilishni
tushunmaslik yoki unga moslashmaslik oqibatida kishi katta qiyinchiliklarga duch kelishi
mumkin.
Shaxs iqtisodiy madaniyatining о‗sishi, bunyodkorlik imkoniyatlarini ishga solishi,
iqtisodiy faollik, iqtisodiy bilim va tafakkurning о‗sishi jamiyatning ilg‗or iqtisodiy madaniyatini
shakllanishiga olib keladi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda iqtisodiy ta‘lim-tarbiya, shaxsda ma‘lum iqtisodiy
sifatlar, iqtisodiy madaniyagni shakllantirishga qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bir
tomondan jamiyat
taraqqiyoti, ikkinchi tomondan iqtisodiy madaniyatning pastligi va boshqa
omillar tufayli vujudga kelgan ekologik muammolar iqtisodiy ta‘lim-tarbiya va iqtisodiy
madaniyatni shakllantirishning ahamiyatini yanada orttiradi.
Ota-bobolarimizning ilmi yuqori bо‗lmasa ham iqtisodiy fikrlashlari, iqtisodiy tarbiyaliligi,
iqtisodiy madaniyatliligi bilan yuqori turishgan. Agarda e‘tibor bilan qarasak, odatda, yuqori
darajaga yoshligida qiyinchilik kо‗rgan, mehnatni qadrlagan, topilgan pulni qadrini bilganlar
kо‗tarilganlar, inson doimo qiyin holatdan chiqib ketishi uchun harakat qiladi va shu harakati
tufayli о‗z oldiga qо‗ygan maqsadlariga erishadi. Demak, о‗qituvchi ana shu narsani har bir
о‗quvchi, talaba ongiga yetkazishi zarur.
Iqtisodiy madaniyat oiladagi tarbiyadan boshlab shakllanadi, inson hayotining keyingi
bosqichlarida
rivojlanadi, qachonki uning keyingi bosqichlarda uzluksizligi ta‘minlansa.
Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi iqtisodiy tadbirkorlik madaniyatini oshiradi.
Tadbirkorlik madaniyati, avvalo vijdon va diyonatni talab qiladi, yolg‗onchilik, firibgarlik,
turli qing‗ir yо‗llar bilan ish bitkazish, ta‘magirlik va boshqalar tadbirkorlik madaniyatini yо‗qqa
chiqaradi. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik madaniyati juda yuksak.
Soliq xodimlari bilan soliq tо‗lovchi yuridik va jismoniy shaxslar о‗rtasidagi aloqalar soliq
madaniyati va unga rioya qilishni taqozo qiladi. Ayniqsa, yuridik shaxslar uchun soliq hisobotini
topshirish jarayoni haddan tashqari mehnat va vaqt talab qiladigan jarayon bо‗lib, hisobotni
topshirgunga qadar bir necha ish kunini soliq inspeksiyalarida о‗tkazadi. Bu korxona uchun ham,
xodim uchun ham samarali foydalanish mumkin bо‗lgan ish vaqtini yо‗qotish bо‗ladi. Soliq
hisobotlari belgilangan muayyan shakllarda taqdim etiladi, ularni elektron variantda kompyuter
tarmoqlari orqali maxsus dasturlar yordamida soliq inspeksiyalariga taqdim qilinishi mumkin.
Buni soliq tо‗lovchi uchun ham, soliq xodimlari uchun ham afzalliklari borki, u soliq
madaniyatini kо‗tarishda muhim rol о‗ynaydi.
Soliq madaniyati haqida tо‗xtaganda, albatta, unga kiruvchi komponenga hisobotlarni о‗z
vaqtida topshirish, ortiqcha sarflardan saqlanish, soliq tо‗lovlarini о‗z vaqtida tо‗lash, soliq
yukini iqtisodiy о‗sishni ta‘minlashga qaratilishi, turli noqonuniy harakatlarning oldini olish,
mamlakatda xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yо‗l qо‗ymaslik va boshqalarni о‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy yuksalish, taraqqiyotning amalga oshishida ma‘naviyatning roli katta. Ma‘naviyat-
ma‘rifatsizlik molparastlikni, shafqatsizlikni, mensimaslik va boshqa illatlarni keltirib chiqaradi,
mehr-oqibatni, sahovatni yо‗qotadi. Ma‘naviy qashshoqlik moddiy kambag‗allikdan bir necha
barobar og‗irroqdir. Ma‘naviyat borasidagi kamchiliklar, nuqsonlar moddiy turmush
yetishmovchiliklari kabi tezda kо‗zga tashlanmasada, sezilmasdan yig‗ilib borib og‗ir oqibatga
olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunda yana shu narsa aniqlandiki, moddiy farovonlikni kо‗tarilishi, yaxshilanishi
avtomatik tarzda boy ma‘naviy madaniyatga olib kelmas ekan.
Ma‘naviy qashshoqlik esa insonning parokandalikka olib keladi. U esa sо‗zsiz iqtisodiyotga
uning barqaror о‗sishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi.
Ma‘naviyat, kishilarning ma‘naviy faoliyati о‗zida madaniy-ma‘rifiy, mafkuraviy, diniy,
axloqiy, estetik, huquqiy, ilm-fan yutuqlari, kishilarning axloqiy salohiyati, dunyoqarashi,
g‗oyasi, ruxiy kechinmalari, tasavvurlari, qobiliyati, irodasi, e‘tiqodi, tarbiya va boshqa ma‘naviy
istaklar, maqsadlar ehtiyojlarni о‗z ichiga oladi.
Sharqda doimo ma‘naviyatga alohida e‘tibor berilgan. Ma‘naviyatli odamlarning e‘tiqodi
butun, iymoni toza, ruhi pok bо‗ladi. Ular savobni gunohdan, diyonatni xiyonatdan, adolatni
razolatdan ajrata oladigan, insofli, oqibatli, saxovatli, muruvvatli kishilar bо‗lganini tarixdan
bilamiz.
Xalqimiz «pul - qо‗lning kiri», deb bejiz aytmagan. Moddiy boylik о‗tkinchi, uni tejab-
tergab sarf qilmasa, asramasa, qо‗ldan boy berish oson. Ma‘naviy boylik esa bebaho va
tuganmas, uni birovga bergan bilan kamaymaydi.
Iqtisodiy madaniyatni shakllanishida ma‘naviyatning ta‘siri juda katta. О‗qituvchi buni
о‗quvchi-talabalarning ongiga yetkazishi, ma‘naviy yо‗g‗rilgan iqtisodiy madaniyatga ega
kishilarni misol tariqasida kо‗rsatishi kerak. Bunday kishilar har bir tuman, qishloq, mahallada,
albatta, topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: