Agarda shaxs tafakkuri mos ravishdagi aqidalarga asoslanmasa olingan iqtisodiy bilimlar
unga naf bermaydi.
Albatta, hamma insonlarda tadbirkorlik qobiliyati bir xil emas, psixolog olimlarning
tadqiqotiga kо‗ra riskka moyil bо‗lgan kishilardan hamda intuitiv va tahliliy tafakkuri yuqori
kishilardan kо‗proq muvaffaqiyat bilan ish olib boruvchi tadbirkorlar chiqar ekan.
Bu yerda iqtisodiy jihatdan tarbiyaning ahamiyati shundaki, insonda iqtisodiy tafakkurni
shakllanishi asosida о‗z qobiliyatiga, obyektiv sharoitga, tabiatan berilgan shaxsiy fazilatlariga
kо‗ra faoliyat turini tо‗g‗ri tanlash imkonini beradi.
Hozirgi kunda inson iqtisodiyot sohasida katta hajmdagi axborot va uning nihoyatda katta
tezlikda uzatilishiga duch keladi. Shu bilan birga axborot asimmetriyasi muhim rol о‗ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti klincha olingan axborotlar asosida tezkor qaror qabul qilishni talab
qiladi. Bunday sharoitda intuitiv va tahliliy tafakkurga ega bо‗lish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tafakkurning о‗zi kо‗p jihatdan ana shu tahliliy va intuitiv tafakkurga tayanadi. Inson
voqea-hodisalar oqimini oldindan tasavvur qila olmasa, tо‗g‗ri qaror qabul qilish qiyin.
Intuitsiyada u yoki bu vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi bо‗yicha avval orttirilgan
tajriba namoyon bо‗ladi.
Hozirgi kunda axborotlar iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini belgilovchi asosiy
omilga aylanmoqda. Muayyan axborot zarur qaror qabul qilish doirasini qisqartiradi, bu о‗z
navbatida insonni qat‘iyatsizlikdan ma‘lum darajada xalos qilib, qaror qabul qilishini
tezlashtiradi.
Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti,
uning kuchli jihatlari muhim ahamiyatga ega. Shaxs uchun zarur bо‗lgan fazilatlarni shakllanishi
mentalitet bilan bog‗liq. Masalan, Shark xalqlari uchun uyushganlik, jamoatchilik, Fapb xalqlari
uchun individuallik xos. Ulkan iqtisodiy yutuqlarni Yaponiya, Janubiy Koreya, qator boshqa
Osiyo mamlakatlari uyushganlik hisobiga, AQSH, G‗arbiy Yevropa mamlakatlari esa indi-
viduallik tufayli qо‗lga kiritdi.
Uyushganlik tezkor qarorlarni qabul qilishda о‗zaro munosabatga, hamjihatlik bilan faoliyat
yuritishga kirishishga tayyorlikni aks ettirsa, individuallik insonning о‗z kuchiga tayanish,
tashabbus kо‗rsatish erkinligidir. Amalda ushbu ikki xususiyat о‗zaro bir-biriga ta‘sir kо‗rsatadi,
bir-birini boyitadi.
Bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayonida ma‘naviy barkamol avlod tarbiyasi — iqtisodiy
ta‘lim va tarbiyaning jamiyat hayotidagi nufuzini muntazam oshirib borishni taqozo qiladi. Bu
nafaqat kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishning, balki iqtisodiy islohotlarni
samarali amalga oshirish yо‗lidagi strategik maqsadlarimizni ham bir yо‗la rо‗yobga chiqarib
borishning muhim
sharti deb, о‗ylaymiz
49
.
Bu jihatdan ta‘limga ham yuqori talab qо‗yilmoqda. Hozirgi sharoitda о‗quv dasturlari,
xususan iqtisodiy fanlar bо‗yicha dasturlar, ulardagi mavzular iqtisodiy vaziyat va bozor
talablarini hisobga olish bilan birga yoshlarga ularni qay yо‗nalishda ketishini oldindan kо‗ra
bilishni о‗rgatishini ham hisobga olish kerak.
Mustaqil О‗zbekistonning kelajagi, uning jahondagi ilg‗or davlatlardan biriga aylanishi
yangicha iqtisodiy tafakkurni naqadar chuqur va keng о‗zlashtirib olganimiz, о‗z hayotimiz,
turmush tarzimizning uzviy qismiga nechog‗lik aylantirishimizga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: