kechagi va ertangi kun o‗rtasida o‗ziga xos ko‗prik bo‗lishga qodir g‗oyani, men jamiyat
mafkurasi, deb bilaman»
12
.
Istiqlol boshqalarga tobe bo‗lmay, o‗z erki bilan yashash, o‗zini o‗zi idora etish, erkinlikni
ifodalaydi. Milliy istiqlol g‗oyasi milliy mafkurada aks etib, o‗zligimizni anglash, muqaddas
an‘analarimiz, halqimizning tarixan shakllangan ezgu niyatlari, orzulari, jamiyatimiz oldiga
qo‗yilgan maqsad va vazifalarni bir butun qilib qamrab olgan.
Milliy istiqlol g‗oyasi, falsafiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, madaniy va boshqa
qarashlar xalqning tub manfaatlari va hayot farovonligi shart-sharoitlarini bir butun holda
ifodalanishi bo‗lib, iqtisodiy g‗oya esa xalqning tub iqtisodiy manfaatlarini ifodalaydi.
Iqtisodiy g‗oya iqtisodiy nazariyalar,
konsepsiyalar, ma‘naviy qarashlar asosida shakllanadi.
Milliy istiqlol g‗oyasining asosini esa iqtisodiy g‗oya tashkil etadi. O‗zbekistonning barcha
aholisi manfaatlariga har jihatdan mos keladigan, ularni munosib turmush kechirishi uchun
kafolat bo‗la oladigan, milliy an‘analar va madaniyatning rivojlanishi, ma‘naviy, axloqiy
qadriyatlarning qayta tiklanishini ta‘minlaydigan yo‗l ijtimoiy yo‗naltirilgal bozor iqtisodiyotiga
o‗tish yo‗lidir. Uni tanlashimizdan maqsad yoki boshqacha aytganda o‗z oldimizga qo‗ygan
iqtisodiy g‗oya «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‗naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq
tashqi siyosatga ega bo‗lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo
etishdan iboratdir»
13
.
Bunday pirovard maqsad iqtisodiy g‗oya va uni amalga oshirish uchun qilinayotgan eng
avvalo,
xalq manfaati, farovon turmush sharoitini yaratishga qaratilgan.
Demak, har birimiz ana shu g‗oya atrofida birlashib, uni amalga oshirish yo‗lida harakat
qilishimiz darkor. Buning uchun esa uni chuqur anglashimiz zarur. Bu bir tomondan iqtisodiy
bilimlarni chuqur, har tomonlama o‗rganishni, ijodiy izlanish, tadqiq qilishni talab etsa, ikkinchi
tomondan uni kelajagimiz - yosh avlodni chuqur anglab yetishiga erishish talab qilinadi.
«Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar» asarida Prezidentimiz
mafkuramizning bosh g‗oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat
ekanligini ko‗rsatadi. Uning asosiy g‗oyalari sifatida Vatan ravnaqi, yurt xavfsizligi, komil
insonni tarbiyalash va hokazolarni ko‗rsatish mumkin.
Aynan yoshlarga ana shu g‗oyani yetkazish, uni chuqur anglash va amalga oshirish uchun
yagona kuch bo‗lib birlashishni tashkil etishda Iqtisodiy tarbiya nazariyasi o‗ziga xos muhim
o‗rin egallashi kerak.
Milliy mafkuraning bosh g‗oyasining asosi ham iqtisodiyotga, uning taraqqiyotiga borib
taqaladiki, u ham yoshlarda iqtisodiy mafkurani shakllantirishning naqadar muhim ekanligini
ko‗rsatadi.
Shu bilan birga uni ma‘naviyat bilan naqadar bog‗likligini esdan chiqarmaslik kerak.
«Ma‘naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma‘naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u
qalban va vijdonan aql va qo‗l bilan mehnat qilishi kerak»
14
.
Yoshlar tarbiyasiga e‘tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma‘naviy sohada
quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:
* insonparvarlik g‗oyalariga sodiqlik;
* milliy istiqlol g‗oyasiga sodiqlik;
* ma‘naviyat
va axloqiylikni qayta tiklash;
* qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san‘atni bilish hamda
ko‗paytirish.
* hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish.
«Sir emaski, har bir davlat har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan,
harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyagi bilan, balki birinchi navbatda o‗zining yuksak-
madaniyat va ma‘naviyati bilan kuchlidir»
15
.
12
I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet.
13
I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet.
14
I.A.Karimov ―О‗zbekiston о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li‖. T.: О‗zbekiston, 1992, 7-bet.
15
I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 5-bet.
Ta‘lim-tarbiya masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqligiga z‘tibor qaratib,
«Ma‘naviy va axloqiy poklanish imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi
chinakkam insoniy fazilatlar o‗z-o‗zidan kelmaydi hammasining zamirida tarbiya yotadi»
16
deb,
ta‘kidlaydi Prezidentimiz. U o‗zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q» asarida «Aql-zakovatli,
yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‗ygan maqsadlarga erisha
olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi» deb ko‗rsatadi
17
.
Mamlakatimiz rahbariniig yoshlarni barkamol yetuk qilib tarbiyalashdagi ko‗rsatmalari va
bildirgan fikrlarini jamiyat taraqqiyotida ta‘lim-tarbiya qanday rol o‗ynashi haqidagi qarashlariga
barcha fanlar, jumladan, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanida murojaat qilish ijobiy natijalarga olib
keladi, chunki aynan ana shu jumlalar bilan u yoki bu muammo, masalani asoslab berish, uning
naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatib berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: