18-Mavzu: MASOFAVIY TA‟LIM
Reja:
1. Masofaviy ta'lim
va uning kelajagi
2.Masofaviy ta'limda dars turlarini amalga oshirilishi
3. O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari
4. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi
Tayanch iboralar: Texnologiyalilik,
ijtimoiy teng huquqlilik, baynalminallik;
1. Masofaviy ta'lim va uning kelajagi
Rivojlangan davlatlar amaliyotida masofaviy ta'lim (MT) turli xil modellar, metodlar va
texnologiyalarni o‘z ichiga olib, unda pedagog va o‘quvchi ma'lum masofa bilan chegaralangan
bo‘lib, turli joylarda (klasslar; shaharlar va hattoki mamlakatlar) orasida olib boriladi. Bu holda
talaba va pedagog orasidagi o‘zaro aloqa turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi.
- odatdagi pochta va aloqa yordamida uzatiladigan pechatli va yozma materiallar;
- telefon
tarmoqlari;
- avdio va video yozmalar, o‘quv
radiosi va televideniesi;
- interaktiv dasturli o‘qitish vositalari;
- kompyuterli o‘rgatuvchi
dasturlar;
- lokal va global kompyuter tarmoqlari;
Tabiiyki, u yoki bu o‘zaro aloqaning o‘ziga xos xususiyatlari pedagog bilan tinglovchi
orasidagi mavjud holatlar o‘qitish metodikasi va taktikasi hamda strategiyasi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda MT ning pedagogik va tashkiliy asoslari telekommunikatsion servislar:
elektron pochta, mavzuga bog‘liq jo‘natmalar, elektron jurnallar, USENT konferentsiyalar, ICQ,
veb-konferentsiyalar, e'lon doskalari va boshqalar. Hozirgi paytda turli xil servislar orasida MT
ning eng samaralisi bo‘lib, elektron pochta hisoblanadi.
Masofaviy darslarning ko‘rinishi bir tomondan pedagogik jarayonning xususiyatlari bilan
aniqlansa, ikkinchi tomondan, o‘rgatuvchi markazning – axborot va telekommunikatsion
vositalarning imkoniyatlariga bog‘liq.
Ko‘plab mamlakatlarda masofadan o‘qitishda turli xil darsni tashkil qilish usullaridan va
talabalar kontigentining aniq maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy
telekommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Masofadan o‘qitishning birinchi
navbatdagisi sirtdan o‘quvchi talabalar va malakasini oshirish zarur bo‘lgan texnik xodimlar
uchun amalga oshirilishi bugungi kundagi eng dolzarb muammodan iborat.
Masofadan o‘qitishni amalga oshirishda
birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri
uzatiladigan darsning har tomonlama tarixiy, ilmiy, amaliy muammoli va nihoyat etarlicha
ko‘rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonun yoki texnologik jarayonga bog‘liq bo‘lgan va uning
mazmunini to‘ldiruvchi
aniq va tushunarli ilovalar, ko‘rgazmalar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart.
Ikkinchidan, uzatiladigan ma'lumotning ilmiy ahamiyatli qismlarini etarli darajada
soddadan murakkabga qarab tushuntirish metodikasidan to‘la foydalanilgan holda amalga
oshirish zarur.
Uchinchidan, uzatiladigan kursning dasturiy ta'minoti shu kursning ilmiy va amaliy
ahamiyatlarini va ishlatilish sohalarini har tomonlama yaxshi biladigan ko‘p yillik pedagogik
tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lyashi kerak.
To‟rtinchidan, uzatiladigan kursning stsenariysi shu kurs yoki unga yaqin kurslar bo‘yicha
katta pedagogik mahoratga ega bo‘lgan muallim-dotsent yoki professor tomonidan yozilishi
shart. Bunga sabab katta pedagogik mahorat egasi o‘zining uzoq yillik tajribasi asosida talabaga
ko‘rinmaydigan va savol-javoblarni eshita olmagan talabaga tushunarli va uning bilim darajasiga
mos hamda talaba uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni soddaroq holda keltirish maqsadga
muvofiq. Bundan tashqari, bu ma'ruzaning axamiyatini ochib beruvchi va talabaning esida yaxshi
saqlanib qoluvchi misollar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda, stsenariyning
eng ilg‘or texnologiya asosida katta pedagogik mahorat egasi tomonidan tayyorlanishi maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: