aylanganki, uni ifodasini eng kо‗p takrorlanadigan «Iloho omin, topganingiz tо‗yga buyursin!»
degan duoda ham kо‗rish mumkin.
Albatta, tо‗yga sarflangan pul ham milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga xizmat qiladi. Qator
sohalar xizmat kо‗rsatish, san‘atni rivojlanishiga turtki beradi. Lekin bu pullarni ma‘lum bir
maqsadga investitsiya qilish mumkin. Qator iqtisodchi olimlarimizning fikricha shuncha
mablag‗lar tо‗yga emas, biznesga investitsiya qilinganda edi, undan kо‗ra kо‗proq foyda berardi.
Bizda pulni kapital sifatida jamg‗arishga о‗rganilmagan. Bu eng avvalo tajriba yо‗qligi
hamda moliya bozorini rivojlanmaganligidan kelib chiqadi. Moliya bozorida aholi mablag‗ini
saqlash va kо‗paytirishning turli usullarini taklif etiladi. Lekin bunga bizning an‘analarimiz
ham ta‘sir kо‗rsatadiki, pulni jamg‗arishni imkonini kamaytiradi.
Hayotning an‘anaviy uklad tarzi ishlab topilgan pulning katta qismini qon-qarindoshlik
munosabatlari, turli tadbirlar tо‗y, ma‘raka va hokazolarga sarflashga yо‗naltiriladi.
Tadqiqotchilarning sо‗rovnoma asosida о‗tkazgan hisob-kitoblariga kо‗ra turli-tuman tantanalar,
tо‗ylar, tadbirlarga uy xо‗jaligida topilgan
daromadning 19,1%, ya‘ni 1/5 qismi ketar ekan, undan
kо‗proq faqat oziq-ovqatga 33,6% tashkil etadi
56
. Masalan, eng kam mehmon bо‗lsa nikoh
tо‗yida 200 ta bо‗ladi. Eng qizig‗i olingan daromadlardan qatiy nazar dasturxon tо‗kin bо‗lishi
lozim. Undan tashqari tо‗yga boriladigan bо‗lsa, albatta, covg‗a-salom kо‗tarib borish kerak.
Odamlarni kо‗z о‗ngidagi imidji dasturxon tо‗kinligi va tо‗yga kelgan mehmonlar soniga qarar
ekan, albatta, har bir kishi о‗zi haqida tо‗lqinlanib maqtab gapirishlarini
istaydi va shunga harakat
qiladi
Gap ota-onalarni farzandlariga yaxshi tо‗y qilib berishlarida emas, balki tо‗y qilish hayot
mazmuniga aylanganida. Bu an‘ana kelajakda avlodlar ham davom ettiradilar. Qiz bolaga
yoshligidan uy jihozlari yig‗iladi, qarindosh-urug‗lar ham qarab turishmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda xarajatlarni iqtisod qilish, kam xarajat
qilishga intilish turmush tarziga aylangan. U yerda odamlar har narsani iqtisod qilishga harakat
qilishadi. Ular fikricha u yoki bu narsani olish imkoni yо‗qligidan emas, balki ortiqcha sarf
xarajat qiyinchilikka olib kelishi mumkinligini bilishadi. Hap bir kishi faqat о‗ziga ishonadi, agar
yashash uchun mablag‗ manbaidan mahrum bо‗lsa, yordam beradigan faqat о‗zi. Bir qaraganda
bu shafkatsizlik, lekin u insonning о‗zini harakat qilishga, iqtisodiy fikrlashga, tо‗g‗ri qaror qabul
qilishni о‗rganishga majbur qiladi.
Bizda qо‗ni-qо‗shni, qarindosh-urug‗, mahalla hech qachon odamni qiyin paytida
yolg‗izlatib qо‗ymaydilar. Bu о‗zbek xalqining eng yaxshi hislatlaridan biri hisoblanadi. Lekin
bozor iqtisodiyoti har bir insonni eng avvalo, о‗ziga suyanishni о‗rgatishni zarur qilib qо‗yadi.
Lekin hamma aybni isrofgarchiliklarni faqat an‘anaga yuklash ham notо‗g‗ri, eng asosiy
javobgarlik о‗z zimmamizda-Hech kim bizni 400 ta emas, 100 ta mehmon chaqirsak jazolamaydi.
Tо‗ygacha, tо‗ydan keyingi qator odatlarni kamaytirish zarur.
Davlatimiz ham bu masalaga alohida diqqat qaratadi, jumladan, Prezidentning maxsus
farmoniga asosan yurtimizda tо‗ylar, turli marosimlar о‗tkazish, musulmonlarning diniy
bayramlariga, mahalla fondiga katta ahamiyat berilmoqda. Milliy an‘analarga о‗z farovonligi
ravnaqi nuqtai nazardan qarash kerak. Albatta, nima qilishni har bir odamning о‗zi tanlaydi, lekin
ularni nimani tanlashlariga yordam berish kerak.
Tо‗ylar, turli urf-odatlar asosida tantanalar о‗tkazishga nima sababdan tо‗y qilayapsan yoki
tantana, marosim о‗tkazayapsan? deb savol berilmaydi. Tо‗y bu bayram. Tо‗y qilayotgan, men
tо‗y qilib qarindosh urug‗larni, qо‗ni-qо‗shnilarni, tanish-bilishlarni chaqiraman. Ularni xursand
bо‗lishi uchun bayram qilib beraman. Ularning tо‗yida qatnashish biz uchun ham bayram, deydi.
Kо‗pchilik, agar men yaxshi tо‗y qilsam, u halda odamlar meni kambag‗al emasligimni bilishadi,
qizlarini meni о‗g‗limga turmushga berib xavotir olishmaydi. Qizlarimni turmushga berish
osonlashadi. Sababi, ularga agar zarur bо‗lsa, yordam berishimga ishonadilar, degan fikr
yuritishadi. Tо‗y о‗ziga xos reklama. Tо‗y odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, о‗ziga kerakli
odamlar bilan tanishish mumkin va hokazo.
56
Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12
стр. 60.
Iqtisodiy munosabatlardan tashqari insoniy munosabatlar ham borki, ular odamlarni butun
boyligini ifodalab berolmaydi. Insonlarning moliya kapitalidan tashqari hozirgi zamon iborasi
bilan ayttanda «sotsial kapitalga» ham ehtiyoji katta. Odamlar biri-birinikiga borishi-kelishi, bir-
birlari bilan kо‗rishishlari, ular uchun pulga qaraganda ham qadrliroq odamgarchilik, bir-biridan
ma‘naviy ozuqa olish va boshqalarda ifodalanadi. Bunda ma‘lum bir guruh insonlar sotsial aloqa
bilan boqlangan. Ular doimo boshqalarga yordam beradilar va ulardan о‗zlari ham zarur
bо‗lganda yordam kutadilar. Tо‗y, tantana va boshqa marosimlar haqidagi odamlarning fikrini
jamlab quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. Tо‗y bu bayram hamda uni bekorga о‗tkazilmaydi.
Shu bilan birga turli gap-gashtak, tantana, tо‗ylarga
transaksion xarajatlar sifatida qarash
mumkin degan fikrda ham jon bor.
Ma‘lumki, A. Smit mehnat taqsimotini tо‗liq amalga oshirishda bitta tо‗siq borligi, u ham
bо‗lsa, talabning cheklanganli ekanligini kо‗rsatib bergan. R. Kouz va uning shogirdlari,
tarafdorlari yana bitta tо‗siqni aniqladilar. Bu bitimlarni tuzish va amalga oshirishdagi
xarajatlarning kо‗pligidir. Bunday xarajatlarni tо‗rt guruhga ajratish mumkin:
• axborotlarni izlash va shartnoma tuzish
xarajatlari;
• shartnomani bajarish bilan bog‗liq
xarajatlar;
• mulkka bо‗lgan huquqni
himoya qilish xarajatlari;
• rо‗yxatdan о‗tish va ish yuritish xarajatlari.
Daromad topishni juda kо‗p yо‗llari bor, lekin jamiyat uchun eng samaralisi bitta - ishlab
chiqarish xarajatlarini qisqartirish, sifatni yaxshilash va mahsulot turlarini kо‗paytirishga xizmat
qiladigani.
Xuddi shunday tarzda qо‗yilgan maqsadga erishish uchun har bir kishi, oila о‗zi
sarflaydigan transaksion xarajatlarni hisoblaydi. Turli tantana, tо‗y, marosimlar, gap-gashtaklar
о‗tkazish orqali insonlar о‗rtasidagi aloqalar, ular о‗rtasida mehr-oqibatni mustahkamlaydi.
«Mehr- kо‗zda» deydi dono halqimiz. Lekin shu bilan birga bu nomoddiy kapital zarur paytida
moddiylashish imkoniga ega. Masalan, quyidagi narsalar va xizmatlarga aylanishi mumkin:
• ma‘lum bir muddatga ishlatib turishga olingan narsa, ijaraga olinsa anchagina mablag‗
sarflashga tо‗g‗ri keladi;
• qо‗shnidan, qarindoshdan olingan qarz, agar bankda rasmiylashtirilsa ancha qimmatga
tushishi mumkin;
• qо‗ni-qо‗shni, qarindosh-ypyg‗, tanish-bilishning zarur bо‗lganda pul olmay xizmat
kо‗rsatishi;
•
ishga joylashish, ishda karyera qilish va о‗sish va boshqalar.
Odamlarning о‗zi bu rо‗yxatni davom ettirishi mumkin. Undan tashqari sotsial kapital,
sotsial sug‗urta, kredit uyushmalari rolini о‗ynaydi.
Shunday qilib, milliy udumlar, odatlarga turli qarashlarni hisobga olgan holda yondashsak,
hammasini meyorida bо‗lgani yaxshi. О‗quvchi-talabalarni ularga ham ma‘naviy, ham iqtisodiy
jihatdan yondashgan holda qaror qabul qilishga о‗rgatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: