4. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‟ana va qadriyatlar
Jamiyatni rivojlanishida mamlakat aholisi, ularini о‗ziga xos oldiga qо‗ygan maqsadi,
mо‗ljali xususiyatlari, ma‘naviy merosi, an‘analari va ularni murakkab va chuqur о‗zaro
bog‗liqligi, milliy mentalitet va milliy egoizm asosiy rol о‗ynaydi. Milliy iqtisodiy fikr
yuritishning о‗ziga xos xususiyatlari mavjud bо‗lib, milliy yondashishda madaniy, ma‘naviy
qadriyatlar, an‘analarga tayanishga meros sifatida qarash kо‗zda tutiladi.
Sog‗lom, aql-idrok asosida milliy yondashish iqtisodiy baquvvat millatni kam quvvatlarga
nisbatan bosim о‗tkazishini inkor qiladi. Faqat suveren milliy davlatgina milliy iqtisodiy
tafakkurni shakllantira olishga qodir bо‗ladi. Iqtisodiy fikrlarni rivojlanishi tarixi shuni
kо‗rsatadiki, har qanday nazariya milliy ildizga ega, ya‘ni u milliy iqtisodiyotdagi dalillar asosida
yaratiladi. Milliy iqtisodiyotda amal qilayotgan munosabatlarga, iqtisodiy aloqalarga tayanadi.
Bozor qonunlari ham umumiy sotsial ma‘noga ega bо‗lgan holda о‗ziga xos tomonlari mavjud va
milliy imidjga egaki, mazkur davlat yuritayotgan siyosat orqali ular hisobga olinadi va
strategiyasi belgilanadi.
Sharq xalqlarining muhim xususiyatlaridan biri, uni jamoa ukladiga tayanishi. Bizda juda
kо‗p ishlar mahalla bilan, jamoa bilan, qon-qarindoshlar, qо‗ni-qо‗shnilar, dо‗st-birodarlar yoki
shunchaki tanishlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuning uchun yon-atrofdagilarni fikriga
nihoyatda diqqat qaratiladi. Kо‗pchilik о‗z manfaatidan kelib chiqib fikr yuritadi, lekin shu bilan
birga atrofidagilar nima der ekan deb о‗ylaydi. Ikkinchi tomondan, uning qayg‗usi, shodligiga
yon-atrofdagilar qо‗shilishadi, birgalikda baham kо‗rishadi, yordam berishadi. Bunday hayot
tarzining qator ijobiy tomonlari bor. Masalan, bolalarga ota-onalardan tashqari qо‗ni-qо‗shni,
mahalla kо‗z quloq bо‗lib turadi.
Xalqimizda qadimiy urf-odatlar bor, jumladan, insonni hayot yо‗lini turli bosqichlari bilan
bog‗liq. Farzand kо‗rgan ota terak ekkan, о‗z kasbini о‗rgatgan, qizlarga onalari bichish-tikish,
ovqat pishirish, uy yig‗ishtirish kabi ishlarni о‗rgatgan. Yoshligidan boshlab ota-ona farzandlarini
kelajagini о‗ylagan.
Tо‗y ham bizni madaniyatimizni bir qismi hisoblanadi. Har bir kishi tо‗y qilish, qarindosh
urug‗, elu yurt oldiga dasturxon yozishni istaydi. «Mahallada duv-duv gap» badiiy filmida aynan
ana shu milliy harakter ajoyib tarzda ifodalab berilgan. Hammaning tiliga tushgan tо‗y qilgan ota-
onadan baxtiyorroq odam yо‗q, dunyoda. Biz hammamiz tо‗yga borganmiz. Odatda tо‗y ziyofati,
xursandchilik juda kо‗p oilalar daromadiga qaramay ham katta ziyofat berib tо‗y qilishni orzu
qiladi. Bu orzu о‗zbek xalqining mentalitetiga xos.
Bozor iqtisodiyoti odamlardan yangicha iqtisodiy tafakkur, hayotga, moddiy ne‘matlarga
nisbatan ratsional yondashishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |